Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi.
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo‗lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‗rsatuvchi mezondir.
Xalqaro huquq normalarining tan olinishi. O‘zbekiston o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritgan kundan e‘tiboran, inson huquqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‗lidan bordi. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‗g‗risida Oliy Kengash Bayonoti‖ da O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e‘tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ―Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi‖ (1948-yil 10-dekabr), ―Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‗g‗risida xalqaro Pakt‖ (1966-yil 19-dekabr), ―Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro Pakt‖ (1966-yil 19-dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O‘zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo‗shildi.
O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson huquqlari bo‗yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‗ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha‘ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‗yildi.
Konstitutsiyada qonunlashtirib qo‗yilganidek, O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‗lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat‘i nazar,
qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog‗iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7-bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta‘riflab berilgan:
Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo‗ladi hamda o‗zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo‗riqlanadigan muqaddas qadriyatdir.
Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
―Fuqarolik kodeksi‖ (1995-yil 21-dekabr), ―Fuqarolarning murojaatlari to‗g‗risida‖ (1994-yil 6- may), ―Fuqarolar muhofazasi to‗g‗risida‖ (2000-yil 26-may), ―Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida‖ (1998-yil 1-may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
Dostları ilə paylaş: |