O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


О„zbekistonning eng yangi tarixini о„qitish va о„rganish tizimining tashkil etilishi



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə6/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

О„zbekistonning eng yangi tarixini о„qitish va о„rganish tizimining tashkil etilishi.


Mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan о‗tmish voqeligi xususida tarixiy adolat qaror topdi, tarixni ilmiy va xolisona о‗rganish imkoniyati yuzaga kelib, 2020-2021 о‗quv yilidan boshlab oliy ta‘lim tizimiga ―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ fani kiritildi.


О‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixini chuqur о‗rganish juda dolzarb vazifa ekanini, bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, mustaqilligimizni mustahkamlash haqida tо‗xtalar ekan, о‗sib kelayotgan yosh avlod istiqlolimiz tarixini chuqur о‗rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishilmaganini tushunib, anglab yetishi zarurligini doimo ta‘kidlagan edi (Karimov I.A. Inson xotirasi - boqiy, qadr-qimmati - ulug„. // “Xalq sо„zi” gazetasi, 2012 yil 10 may.).
О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning ―О‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik kо‗rish va uni о‗tkazish tо‗g‗risida‖gi Qarorida ham ―tarixan qisqa davrda mamlakatimizning о‗tgan asr oxirida
keskin ijtimoiy muammolar girdobiga tushib qolgan, aholining hayot darajasi bо‗yicha sobiq SSSRda eng oxirgi о‗rinlardan birini egallagan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez sur‘atlar bilan о‗sib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylanganini ochib berish‖ masalasiga alohida urg‗u bergan edi (О„zbekiston Respublikasi Prezidentining “О„zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik kо„rish va uni о„gkazish tо„g„risida”gi Qarori // "Xalq sо„zi" gazetasi, 2014 yil 2 iyul).
Shu nuqtai nazardan, О‗zbekistonning eng yangi tarixini chuqur о‗rganish, bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni, ta‘lim-tarbiya hamda ma‘naviy-marifiy faoliyatning butun tizimini yanada yuqori bosqichga kо‗tarish muhim ahamiyatga ega. Bu tarix fani oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Yangi tarixni о‗rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butun jahon tadqiqotlari tizimida ustuvor о‗rinni egallab kelmoqda. Bu ―tarixdagi Inson‖ mavzusini tadqiq qilish, boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni о‗rab turgan dunyodagi rolini о‗rganishdir. Eng muhim vazifa, eng yangi tarixni metodologik va ilmiy asosga tayangan holda tadqiq etishdan iborat. Biz metodologik asosni chuqur anglab yetsak, tarixni siyosiylashtirish, qalbakilashttirish va buzib kо‗rsatish kabi salbiy holatlarning oldini olgan bо‗lamiz.
О‗zbekistonning eng yangi tarixini tizimli о‗rganish dolzarbligi tufayli 2012 yil 27 yanvarda О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-1694) bilan О‗zbekiston Respublikasi Oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi huzurida О‗zbekistonning eng yangi tarixi bо‗yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan edi. Jamoatchilik kengashi va uning ishchi organi bо‗lgan muvofiqlashtiruvchi Markaz о‗zining 5 yillik faoliyati davomida istiqlolning dastlabki chorak asrida amalga oshirilgan ishlar aks etgan turli mavzulardagi monografiyalar, tо‗plamlar va ilmiy jurnallarni nashr etish ishini boshqarib, ularning ilmiy-uslubiy va metodologik mazmunini muvofiqlashtirib bordi.
2016-2017 yildan mustaqil О‗zbekiston о‗zining yangi rivojlanish pallasiga kirdi. Oldingi yillarda amalga oshirilgan tub-ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi о‗laroq ijtimoiy hayotda sodir bо‗layotgan tub о‗zgarishlarni yangicha talqin qilish tarixiy zaruratga aylandi.
О‗zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va о‗qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, о‗quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta‘lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta‘lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar о‗quvchilarida, oliy ta‘lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi ―Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi О‗zbekistonning eng yangi tarixi bо‗yicha Jamoatchilik kengashi О‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi О‗zbekistonning eng yangi tarixi bо‗yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi.
Jamoatchilik kengashi О‗zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va о‗qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, о‗quv-metodik adabiyotlar, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar sifatini oshirishga kо‗maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi etib belgilandi.
О‗zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli о‗rganishni tashkil etish, О‗zbekistonning eng yangi tarixi bо‗yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bо‗lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga
ulkan hissa qо‗shgan о‗zbek xalqining tarixiy о‗tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yо‗l qо‗ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
-demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ―о‗zbek modeli‖ mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni saqlash bо‗yicha keng kо‗lamli ishlarni, hozirgi dunyoda О‗zbekistonning roli va о‗rnini chuqur о‗rganish va yaqqol ochib berish;
-ilmiy, о‗quv, о‗quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda О‗zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi О‗zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‗liq holda kо‗rib chiqishni ta‘minlash;
-О‗zbekistonning eng yangi tarixi bо‗yicha ilmiy, о‗quv va о‗quv-metodik adabiyotlar, о‗quv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, о‗quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bо‗yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
-fuqarolarda tarixiy xotira, milliy о‗zlikni anglash, yuksak ma‘naviyat, xalqning tarixiy an‘analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yо‗naltirilgan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga kо‗maklashish;
-О‗zbekiston tarixi bо‗yicha zamonaviy chet el ilmiy va о‗quv adabiyotlarini о‗rganishga yо‗naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi О‗zbekistonning tarixiy о‗tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar tо‗g‗risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi.
О‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi О‗zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bо‗yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilandi.
О‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, О‗zbekiston Respublikasi Oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda О‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi «О‗zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali muassislari qilib belgilandi.
Mazkur Qarorda О‗zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda о‗rganishni tashkil etish, shuningdek, u tarixiy-madaniy merosga ega bо‗lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qо‗shgan о‗zbek xalqining tarixiy о‗tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga yо‗l qо‗ymaslikka yо‗naltirilgan bо‗lib, hujjatda О‗zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga о‗quv, ilmiy, о‗quv- metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bо‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda О‗zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mingaqaviy jarayonlar bilan, ayni vaqtda, hozirgi О‗zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‗liq holda kо‗rib chiqishni ta‘minlash kabi vazifalar belgilab berilgan.
О‗zbekistonning eng yangi tarixini bilish shu mamlakat har bir fuqarosi, shuningdek, har bir soha mutaxassisi uchun jahon tarixi tizimida Vatanimiz tarixining XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi muhim voqealarini, davlatimiz taraqqiyotining о‗ta muhim yо‗nalishlarini bilish va teran anglab yetishga, yangi strategik davrda О‗zbekistonning zamonaviy dunyodagi о‗rni va roli hamda davlatimiz rahbari olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ustuvor vazifalari haqida tasavvur hosil qilishga kо‗maklashishi lozim.
О‗zbekistonning yangi tarixi bо‗yicha ilmiy adabiyotlar yaratish dolzarbligining yana bir jihati shundan iboratki, globallashuv sharoitida О‗zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlar ta‘siriga tushib qolishi mumkin. Bu mafkuralardan ba‘zilari mustaqil О‗zbekiston va uning siyosatini ongli ravishda parokanda qilishga yо‗naltirilgani yaxshi ma‘lum. Shu bois, ilmiy va о‗quv fani sifatida О‗zbekistonning eng yangi tarixi о‗z ichiga axborot xavfsizligi tizimining bir qismi sifatida ana shunday kuch va oqimlarga qarshi targ‗ibotni olishi shart. Bundan tashqari,
О‗zbekistonning eng yangi tarixi – konstruktiv tarixiy xotira, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiruvchi vosita hamdir
Tarix, huquq, iqtisod va falsafa sohalari mutaxassislarining maxsuli bо‗lgan ushbu fanda xronologik yondashuv asosida, mustaqil davlatchilikning tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot, yangicha huquq tizimining shakllanishi, tashqi siyosat, milliy munosabatlar va madaniyatga oid masalalar batafsil yoritiladi. О‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va amaldagi О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevlarning davlat rahbari sifatidagi keng qirrali faoliyatlariga alohida о‗rin beriladi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlab о‗tganidek: ―Oldimizga qо‗ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bо‗ladigan milliy g‗oyani rivojlantirishimiz zarur.
Xususan, milliy о‗zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini о‗rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qо‗llab-quvvatlashimiz lozim.
О‗tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bо‗lishi zarur.
Afsuski, yurtimiz tarixini о‗rganishda о‗tgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi.
Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San‘atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy о‗quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur.
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‗urur va iftixor tuyg‗ularini kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak‖ (Qarang: Mirziyoyev SH.M. Niyati ulug„ xalqning ishi ham ulug„, hayoti yorug„ va kelajagi farovon bо„ladi. Asarlar 3- jild. -T.: “О„zbekiston”. 2020. 24-25 b.)

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin