3-MAVZU: О„ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING E‟LON QILINISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
Reja:
О„zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yо„l tutishi.
О„zbekiston davlat mustaqilligining e‟lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma‟qullanishi.
Mustaqil О„zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning о„rni va roli.
Tayanch iboralar.
Davlat tili to‟g‟rishdagi qonun. Referendum. Prezidentlik instituti. Navruz. Vijdon erkinligi. Milliy qadriyatlar. Mustaqillik Deklaratsiyasi. GKCHP (Favqulodda holat). Davlat suvereniteti. Davlat mustaqilligi asoslari to‟g‟risidagi qonun.
Adabiyotlar.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston‖. 2021.
Karimov I.A. О‗zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida. -T.: ―О‗zbekiston‖. 2011.
Жўраев Н. Агар огоҳсен. Портретга чизгилар. Сиѐсий эссе. -Т.: ―Ёзувчи‖. 1998.
Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. -Т.: 2001.
Мустақил Ўзбекистон тарихининг дастлабки саҳифалари (даврий тўплам) №3. ЎзФА Тарих институти. -Т.: ―Шарқ‖. 2000. 224 б.
Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари // Масъул муҳаррир Д.А. Алимова. -Т.: ―Шарқ‖. 2001.
Тарихий хотира ва мустақиллик. -Т.: ―Fan va texnologiya‖. 2016. 80 б.
Шарифхўжаев М. Истиқлол истиқболлари. -Т.: ―Ўзбекистон‖. 1994.
Ўзбекистон тарихи. Иккинчи китоб (1939-1991 йиллар). -Т.: ―O‘zbekiston‖. 2019. 428-459 бетлар.
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. - Т.: ―Fan va texnologiya‖. 2014.
Қобилов Ш.Р. Мустақиллик ғойибдан келган эмас ... -Т.: ―Ўқитувчи‖. 2012.
Қувватов Н.Б. Ўзбекистонда ўтиш даври ва жамият тараққиѐти. -Т.: ―Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти‖. 2013.
О„zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yо„l tutishi.
1980-yillarning о‗rtalaridan boshlab Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi deb nomlangan davlat о‗zining sо‗nggi kunlarini boshidan kechirayotgan edi. 1985 yildan ushbu mamlakat raxbari bо‗lgan M.S.Gorbachev tomonidan inqirozdan chiqish uchun ishlab chiqilgan “Qayta qurish” siyosati tamomila teskari natija berib, butun ittifoq, jumladan О‗zbekistonda ham ijtimoiy muammolar battar chuqurlashib bordi. Markaz rahbariyati о‗zini siyosiy tuzumni isloh qilayotgandek kо‗rsatish uchun ittifoq konstitusiyasini qayta ishlab chiqishga qaratilgan dasturni ishlab chiqa boshladi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat‘iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‗ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar. Ular o‗z yerlari, suvlari, o‗rmonlari va yerosti boyliklariga, ko‗pdan ko‗p korxonalariga o‗zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari, 90-yillarning boshlarida ko‗pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‗zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo‗lib o‗tgan KPSS MQ sining plenumida so‗zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‗rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‗yishni ko‗zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‗g‗risida o‗z fikrini bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o„zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo„yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz―, – degan edi.
Hali davlat mustaqilligi e‘lon qilinmasdan oldin Islom Karimov rahbarligida О‗zbekiston taraqqiyotining mustaqil yо‗li tamoyillari ishlab chiqilib, amalga oshirila boshlandi. Islom Karimov tomonidan XX asrning 80-90-yillari davomida chiqarilgan farmonlar va uning taklifi bilan respublika Oliy Kengashi hamda hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar va qarorlar bevosita siyosiy, iqtisodiy mustaqillikni ta‘minlashga qaratildi. Bu jarayonlarning aniq ifodasi 1989 yilda о‗zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi, 1990 yil 24 martda Prezidentlik institutining joriy etilishi xalqqa milliy ma‘naviyat, an‘analar va urf-odatlarning qaytarib berilganligi bо‗ldi.
Mustaqillik arafasida, ya‘ni 1989 yilning 19 oktabr kuni о‗zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Soveti sessiyasi muhokamasiga qо‗yilgani ham davlatimiz rahbari Islom Karimov nomi bilan bog‗liq. О‗sha qaltis siyosiy-ijtimoiy sharoitda о‗zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi keskin va murosasiz bahs va tortishuvlarga sabab bо‗lgan. О‗sha vaqtda ayrim siyosiy guruhlar О‗zbekiston sharoitiga mutlaqo tо‗g‗ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg‗a surgan, shuning hisobidan о‗ziga obrо‗ topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog‗liq muammolar orqali milliy tuyg‗ularni rо‗kach qilib, ulardan g‗arazli maqsadlarda foydalanish mumkin edi.
Islom Karimovning о‗sha paytdagi har tomonlama puxta о‗ylangan, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan vazminlik siyosati orqali yagona tо‗g‗ri yо‗lni topishga erishildi. Natijada xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bо‗lmish ona tilimiz о‗zining qonuniy maqomi va himoyasiga mustaqillikka qadar 1989 yili 21 oktabrida ega bо‗ldi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e‘tiborga olishni istamas, to‗g‗rirog‗i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta‘siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo‗yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari,
keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e‘lon qildilar.
Garchand О‗zbekistonning davlat mustaqilligi yuridik tarzda 1991 yil 31 avgustdan e‘tirof qilinsa-da, mustaqillik uchun intilish, kurash ancha avvalroq boshlangan edi. U bir necha bosqichlarda amalga oshdi, deyish mumkin.
Birinchi bosqich 1990 yil 24 martda mustaqillik yо‗lidagi juda muhim hamda mas‘uliyatli qadam qо‗yildi. Shu kuni о‗n ikkinchi chaqiriq О‗zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida Ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bо‗lib О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi joriy etildi. Bu tarixiy voqea edi. Shu о‗rinda aytish joizki, bundan о‗n kun oldin, ya‘ni 14 mart kuni SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi syezdida SSSR Prezidenti lavozimini ta‘sis etish tо‗g‗risidagi qonun qabul qilinib, Mixail Sergeyevich Gorbachev bu vazifaga saylangan edi.
SSSR tarkibida (hududida) ikkinchi Prezidentning paydo bо‗lishini Markaz va uning rahbariyati qanday qabul qilganliklarini bugun tasavvur qilish qiyin emas, albatta.
1990 yil bahorida Islom Karimov Gorbachyovcha qayta qurish boshi berk kо‗chaga kirib qolganini anglab yetdi. О‗sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida bunday odamlar kamdankam edi. Rossiya va boshqa ittifoqdosh respublikalarda tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar О‗zbekistonda ham yuz berishiga yо‗l qо‗ymaslik uchun qatiy choralar kо‗rish kerak edi. О‗zbekistonda hokimiyatning ozgina bо‗lsa-da zaiflashuvi respublika ichida millatlararo nizolar yangidan boshlanishi, ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli 1990 yil martida, Gorbachyov va uning atrofidagilar norozi bо‗lishiga va qarshilik kо‗rsatishiga qaramay, О‗zbekiston Oliy Kengashi respublika Prezidenti lavozimini ta‘sis etdi va unga Islom Karimovni sayladi. Mamlakat ahli о‗sha vaqtda harakati tobora susayib, chо‗kayotgan kemaga о‗xshab qolgan KPSSga bundan buyon kо‗r-kо‗rona ergashmasligini, kо‗p millionli xalq kommunistik mafkura tazyiqiga uchramasdan, о‗zining mustaqil davlatida yashashni istayotganligini о‗z Prezidenti Islom Karimov orqali ochiq-oydin aytdi.
Dostları ilə paylaş: |