O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


O‟zbekiston Respublikasida



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə30/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

O‟zbekistonRespublikasidaо„tkazilganPrezidyentliksaylovlari

Saylov о„tkazilgan sana

Nomzodlar

Nomzod kо„rsatgan siyosiy Partiya

I.Karimovga berilgan ovozlar foizi - %

1991-yil

Islom Karimov

  1. XDP

  2. Kasaba Uyushmalari

86 %

29-dekabr




Federatsiyasi




Salay Madaminov

―Erk‖ demokratik
partiyasi

13 %

2000-yil 9-yanvar

Islom Karimov

―Fidokorlar‖

91,9 %

Abdulhafiz Jalolov

XDP




2007-yil 23-dekabr



I.Karimov

О‗z LiDep

81,9 %

D.Toshmuhammedova

―Adolat‖ SDP




A.Rustamov

XDP




A.Saidov

Tashabbuskor guruh




2015-yil 29-mart

I.Karimov

О‗zLiDep

90,39 %

A.Saidov

―Milliy tiklanish‖




Xotamjon Ketmonov

XDP




Narimon Umarov

―Adolat‖




2016-yil 4-dekabr



Shavkat Mirziyoyev

О‗zLiDep

88,61 %

Xotamjon Ketmonov

XDP

3,73 %

Narimon Umarov

―Adolat‖

3,46 %

Sarvar Otamurodov

―Milliy tiklanish‖

2,35 %



O„zR OMning tashkil etilishi, O„zbekiston parlamentarizmi asoslarining shakllanishi va rivojlanishi. Mustaqillik qo‗lga kiritilgan dastlabki kunlardayoq O‗zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Ammo bir ijtimoiy tizimdan ikkinchi tizimga o‗tish sharoitida bu jarayon g‗oyat murakkab kechishi aniq edi.
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqichlilik tamoyili asosida olib borildi. Aks holda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik va hokimiyatlar muvozanati yo‗q paytda endigina faoliyatini boshlayotgan yosh parlament demokratik institut doirasidan chiqib ketib, siyosiy inqiroz keltirib chiqaruvchi vositaga aylanishi mumkin edi. Bunday sharoitda qonunchilik ikkinchi darajali vazifaga aylanadi, u faqat siyosiy kurashni davom ettirish yoxud lobbilar faoliyati uchungina ishlatiladigan qo‗g‗irchoqqa o‗xshab qoladi. Bunday parlamentdan elning, xalqning kor-holiga yaraydigan, milliy manfaatlarga javob beradigan, yetti o‗lchab bir kesilgan, chuqur o‗ylangan qonun va qarorlar kutish qiyin bo‗lib qoladi. Shunga ko‗ra, parlament hokimiyatlarni taqsimlash tizimida to‗laqonli ish yuritishi uchun shunday sharoit yaratish zarur ediki, bir tomondan, u hokimiyatning barcha tarmoqlariga ma‘lum darajada ta‘sir o‗tkazadigan, ikkinchi tomondan, davlat tizimi ichida ham, davlat bilan fuqarolik jamiyati o‗rtasida ham, ochiq va har qanday qarama-qarshilikni yengib o‗ta oladigan siyosiy mahkamaga aylansin. Eng muhimi mamlakatga ishchan, qobiliyatli, qonunchilik va vakillik vazifalarini to‗liq ado eta oladigan, jamiyatni ajratib tashlaydigan emas, balki bunyodkorlik yo‗lida odamlarni, fuqarolarni jipslashtira oladigan parlament kerak edi. Zero, mamlakat oldida ulkan yangi demokratik davlatchilikni yaratishdek vazifa turardi. ―Parlamentdagi o‗rinlar uchun partiyalar kurash olib borsa, qandaydir tartib ko‗zga tashlanadi. Bordi-yu, har bir deputat uni, ovozini kim sotib olishini kutayotgan bo‗lsa, bu nihoyatda dahshatli. Ana shunday parlamentning qo‗lidan har narsa kelishi mumkin. Shuning uchun ham men jamiki g‗oyalar, ijtimoiy qatlam va manfaatlar mujassamlangan parlament tarafdoriman‖ (Karimov I.A. O„zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: O„zbekiston, 2011. B. 291.), deb ta‘kidlagan edi mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov.
O‗zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990-1994 yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004 yillarda OM nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan,
―Adolat‖ sotsial-demokratik partiyasidan, ―Vatan taraqqiyoti‖ partiyasidan, ―Milliy tiklanish‖ partiyasidan deputatlar bor edi. Parlament fraksiyalari ilk bor tashkil etildi. Bundan tashqari,
deputatlarnint ma‘lum bir qismi Qoraqalpog‗iston parlamenti, viloyatlar hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashlari tomonidan saylandi. Shunga ko‗ra, fraksiyalar bilan bir qatorda parlament faoliyatida hokimiyatlarning vakillik organlaridan kelgan 120 deputatlik bloki ham bor edi. Deputatlarning yarmidan ko‗pi yilda 4 marotaba bo‗ladigan O‗zR OM sessiyalari vaqtida qonunchilikni amalga oshirib, avvalgi ish o‗rinlarida o‗z vazifalarini ado etardilar. OMning muntazam va samarali ish faoliyatini uning Kengashi (prezidiumi), qo‗mitalari, komissiyalari, shuningdek, doimiy asosda ishlaydigan deputatlar ta‘minlab turardi.
Bu davrda demokratik parlamentarizm madaniyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratildi, professional deputatlar, parlamentda xizmat qiluvchi yuksak malakali xodimlar tarbiyalandi, parlamentning obro‗-e‘tibori ortdi, qonunchilikning ilmiy bazasi ham rivojlana boshladi. Parlament mexanizmining ravnaqi, bir qator parlamentlik vazifalarining kuchaytirilishi, parlamentga qo‗shimcha vakolatlarning berilishi turli nazariyalardan kelib chiqib emas, balki to‗plangan tajriba asosida amalga oshirildi.
Parlament faoliyatini kuchaytirishga, shu jumladan, qonunchilik jarayonini to‗la professionallashtirishga, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning sifatini yanada oshirishga bo‗lgan ehtiyoj ikki palatali parlament tizimiga o‗tishni taqozo etardi. Bundan tashqari, taqsimlangan vakilliklarga ham ehtiyoj tug‗ildi, ya‘ni quyi palata partiyalar vakillari bilan shakllantiradigan, yuqori palata joylardagi hokimiyat organlari vakillari (Qoraqalpog‗iston, Toshkent shahri va viloyatlardagi deputatlarning mahalliy kengashlaridan 6 kishidan) va mamlakat Prezidenti tayinlaydigan fan, san‘at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat hayotida katta amaliy tajribaga ega bo‗lgan alohida xizmat ko‗rsatgan eng obro‗li fuqarolardan iborat 16 nafar deputat (jami 100 nafar senator) bilan to‗ldiriladigan bo‗ldi (Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10 j. -T.: O„zbekiston, 2002. B. 184).
Bu o‗zbek parlamentarizmi tarixidagi muhim davr edi, zero, aynan mana shu davrda qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organining ishida birmuncha yuksak professional darajani ta‘minlashga doir imkoniyatlar aniqlab olindi. Bundan tashqari, bu davr murakkab tuzilmali parlamentga, hokimiyatning barcha shahobchalarida barqarorlik va ish meyorlarini saqlagan holda qonunchilik, davlat boshqaruvi va tashqi siyosat sohasida o‗tish Konstitutsiyaviy hokimiyatning parlamenti darajasiga bosqichma-bosqich o‗tish eng to‗g‗ri yo‗l ekanligini ham tasdiqladi.
OM 2001 yil 6 dekabrda qabul qilgan ―O‗zR referendumini o‗tkazish to‗g‗risida‖gi qaroriga ko‗ra, 2002 yil 27 yanvarda referendum o‗tkazildi. Uning yakunlari asosida
―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‗g‗risida‖gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning huquqiy asoslarini belgilab berdi.
2002 yil 12 dekabrda OMning 10-sessiyasida ―O‗zR OMning Senati to‗g‗risida‖ va ―O‗zR OMning Qonunchilik palatasi to‗g‗risida‖gi Konstitutsiyaviy qonunlar hamda ularni amalga oshirish to‗g‗risida qarorlar qabul qilindi. 2003 yilning 24 aprelida esa ―O‗zR Konstitutsiyasiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖ Qonun qabul qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida to‗plangan parlamentarizm tajribasi, o‗zbek xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda, ishlab chiqilgan ushbu qonunlar ikki palatali parlamentimiz vakolatlari va faoliyatining tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi.
Shunday qilib, mamlakatimiz tarixida ilk bor O‗zR OM 2005-yildan ikki palatadan Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.
Mamlakat parlamentining bosib o‗tgan yo‗lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etar ekanmiz, uni uchta asosiy davrga bo‗lish mumkin. Birinchi davr - 1991-1994 yillar, ikkinchi davr - 1995- 2004 yillar, uchinchi davr - 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Birinchi davr 1991-1994 yillar. O‗tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‗lgan oxirgi 12-chaqiriq Oliy Kengash deputatlari davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning xuquqiy negizi bo‗lgan O‗zR Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning
suverenitetini mustaxkamlashga qaratilgan ―O‗zRning davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida‖gi
―O‗zR Prezidenti saylovi to‗grisida‖gi, ―O‗zRning Davlat bayrog‗i to‗g‗risida‖gi, ―O‗zRning Davlat gerbi to‗g‗risida‖gi, ―O‗zRning Davlat madhiyasi to‗g‗risida‖gi, ―O‗zRning davlat tili haqida‖gi, ―O‗zR OMga saylov to‗g‗risida‖gi va mustaqilligimizni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan nihoyatda muhim bo‗lgan bir qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o‗n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentabrda O‗zR OMga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o‗tkazish to‗g‗risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo‗lib o‗tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‗p partiyaviylik asosida o‗tkazildi.
Ikkinchi davr 1995-2004 yillar. Oliy Kengash o‗rniga O‗zRning bir palatali parlamenti OM shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) OM tarkibida O‗zbekiston Xalq demok- ratik partiyasidan 69 nafar, ―Adolat‖ sotsial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti‖ partiyasidan 14, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 7 nafar deputat bo‗lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko‗rsatilgan shaxslar tashkil etdi.
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) OMga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo‗lib o‗tdi. Ikkinchi chaqiriq OMda 11 nafar deputatni birlashtirgan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega bo‗lgan "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasi, 34 nafar deputatni tashkil etgan "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ruyxatga olindi. Keyinchalik "Vatan taraqqiyoti" va "Fidokorlar" partiyalari bitta "Fidokorlar" partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq OMning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraksiyalari a‘zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraksiyani tashkil etdilar.
Uchinchi davr 2005 yildan hozirgi paytgacha. Milliy parlamentarizm rivojlanishining uchinchi davri OM Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‗shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali OM deputatlari va senatorlari amalda o‗z ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining mazkur tarixiy anjumanida O‗zbekiston Rsspublikasi Prezidenti Islom Karimov jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilash yuzasidan dasturiy ma‘ruza qilib, mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilish bo‗yicha asosiy vazifalarni ilgari surdi. OM Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‗shma majlisida Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, "Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‗yicha 2002 yil 27 yanvarda o‗tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‗g‗risida"gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bugungi kunga kelib, OM palatalari faoliyatining huhuqiy asoslari to‗la shakllandi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyatning salohiyati o‗sib, sifat jihatdan o‗zgardi. Bu yillarda ko‗p partiyaviylik asosida konun chiqaruvchi hokimiyatga saylovlar natijasida O‗zbekistonda zamonaviy qonun chiqaruvchi hokimiyat qaror topdi.
Ta‘kidlash joizki, ikki palatali parlament tashkil etilgach, O‗zRda qonun chiqaruvchi xokimiyat o‗z taraqqiyotida yangi pog‗onaga ko‗tarildi. Eng asosiysi, garchi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo‗lsada, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraksiyalarida oldindan ko‗rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini e‘tiborga olish amaliyoti shakllandi.
O‗zbek milliy parlamenta faoliyatida ham demokratik davlatlarning parlamentlariga xos bo‗lgan xususiyatlar, vakillik, qonunchilik, hokimiyat ustidan nazoratni amalga oshirish,
shuningdek, davlatning ichki va tashqi siyosatida asosiy yo‗nalishlarni belgilashdek universal vazifalar namoyon bo‗ldi. Mana shu vazifalarning amalga oshirilishi barobarida xalq hokimiyatchiligi va davlatning qonuniyligini ta‘minlash, davlatning demokratik, dunyoviy, ijtimoiy va huquqiy xususiyatlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
―Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiyalashda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish haqida"gi Konstitutsiyaviy qonun hamda "O‗zR Konstitutsiyasining ba‘zi moddalariga (89-modda; 93-moddaning 15-paragrafi; 102-moddaning 2-qismi) o‗zgartishlar kiritish to‗g‗risida"gi Qonun loyihalarining sharhlarida qayd etiladiki, "Bu borada ayrim xorijiy mamlakatlar davlat-huquqiy, siyosiy tizimida yangitdan saylangan parlamentda mutlaqo ko‗pchilik o‗rinni egallagan partiyaning hukumatni shakl- lantirish huquqini qo‗lga kiritishi va uning yetakchisi yoki vakili Bosh vazir lavozimiga da‘vogarlik qilishini nazarda tutadigan tajriba ham mavjud. Bunday model demokratik rivojlanishning uzoq yo‗lini bosib o‗tgan va elektorati yetarli darajadagi yuksak siyosiy va ijtimoiy tafakkurga ega bo‗lgan davlatlardagina ko‗llaniladi.
Bir so‗z bilan aytganda, mamlakatda parlament islohotlarining rivojlantirilishi masalasi ikki palagali parlamentning tashkil topishi va uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tobora mavqei oshib borayotganligida aniq namoyon bo‗layotganini kuzatish mumkin. Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi, uning faoliyat yuritishi masalalariga doyr huquqiy asoslarning, shuningdek, saylovlarning demokratik andozalar asosida yanada takomillashtirilib borilishi, nihoyat, nomarkazlashtirish, ma‘muriy islohotlarning jadallik bilan olib borilishi mamlakat siyosiy modernizatsiyalashuv jarayonining asosini tashkil etdi.
2019 yilda Parlament nazoratining ta‘sirchan shakllaridan biri bo‗lgan Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini ko‗rib chiqishga alohida ahamiyat berish, bu ishni yuqori professional darajada yo‗lga qo‗yish uchun OM qoshida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi.
2019 yil 22 dekabrda O‗zbekistonda Xalq deputatlari tuman, viloyat va shahar Kengashlariga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar bo‗lib o‗tdi. 2020 yil 20 yanvar kuni SH.M.Mirziyoyev O‗zR Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (―Parlament xalq irodasining haqiqiy ko‗zgusi bo‗lishi zarur‖) va O‗zR Oliy Majlisi Senatining birinchi majlislarida (―Senatorlik tashabbuskorlik va fidoyilik demakdir‖) alohida alohida ma‘ruzalar qilib, unda parlamentning bugungi islohotlar jarayonidagi faoliyat yo‗nalishlariga e‘tibor qaratdi (Qarang: Mirziyoyev Sh.M. Milli tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -T.: “O‟zbekiston”. 2020. 3-50 betlar.).
O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatiga e‘tibor qaratar ekan,
―qonunchilikni yangilashdan maqsad – faqat qonun qabul qilish emas, aksincha, yangi qonunlar ertaga odamlarga qanday amaliy naf berishi, ularning hayotini qanday yengillashtirishi haqida bosh qotirishdan iborat bo‗lmog‗i lozim‖ deb ta‘kidlab o‗tdilar.
Xullas, mamlakatimizda milliy parlamentni shakllantirish jarayoni qisqa bo‗lsa-da, tarkibiy-tuzilmaviy va sifat jihatidan muhim bosqichni bosib o‗tdi. Barcha sohalarda bo‗lgani kabi bu yo‗nalishda ham Prezident Islom Karimov rahnamoligida jahon xalqlari erishgan ijobiy tajribalar bilan birga, mamlakatimiz, xalqimizning o‗ziga xos xususiyatlari, mentaliteti, shart- sharoitlari, tarixiy anana va qadriyatlari hisobga olindi. Ayni paytda parlament rivojining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi "o‗zbek modeli"ning hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi.



Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin