O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə33/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

O„zR Konstitutsiyaviy sudi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O„zRning Konstitutsiyasida Konstitutsiyaviy sudni ta‟sis etish nazarda tutilgan bo„lib, 1995 yil 30 avgustda "O„zRning Konstitutsiyaviy sudi to„g„risida"gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaviy sud ishini yuritish vositasida sud hokimiyatini mustaqil va xolis tarzda amalga oshiruvchi Konstitutsiyaviy nazorat sudlov organi hisoblanadi. U, ayni vaqtda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaviyligiga oid ishlarni ko„radi.


2003 yil avgustda "O‗zRning Konstitutsiyaviy sudi to‗g‗risida"gi Qonunga mamlakatda amalga oshirilayotgan parlament islohoti, ikki palatali parlamentga o‗tilishi munosabati bilan qator o‗zgartishlar kiritildi.
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish O‗zbekiston uchun mutlaqo yangi huquqiy institut bo‗lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat chiqargan hujjatlarning Konstitutsiyaviyligi to‗g‗risidagi ishlarni ko‗rish yo‗li bilan O‗zR Konstitutsiyasining ustuvorligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan.
Konstitutsiyaviy darajadagi sud ishlarini yuritish deganda, keng ma‘noda, O‗zRning Konstitutsiyaviy sudi bilan boshqa huquq subyektlari o‗rtasidagi, Konstitutsiyaviy sudga taalluqli ishlarni ko‗rib chiqish va hal etish bilan bog‗liq protsessual harakatlarni hamda shu asnoda yuzaga keladigan Konstitutsiyaviy protsessual munosabatlarning majmuini Konstitutsiyaviy qonun hujjatlari normalari bilan tartibga solish tushuniladi. Tor ma‘noda aytganda esa, O‗zR Konstitutsiyaviy sudining o‗ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
-ixtisoslashtirilgan organ tuzish;
-Konstitutsiyaviy sudning qarorlari umum majburiylik xususiyatida bo‗lishi;
-odil sudlovni amalga oshirishning mustaqil protsessual shakli;
-sudyalarning o‗ta yuqori malakali tarkibi.
O‗zRning Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida tarkib topganiga uncha ko‗p bo‗lgani yo‗q. Konstitutsiyaviy sud, umuman olganda, O‗zbekistondagi ham sud hokimiyatining, ham davlat hokimiyatining muhim bo‗g‗inlaridan biri, uning qarorlari milliy huquq tizimida tobora salmoqli o‗rin egallamoqda. Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning huquqiy asoslari "O‗zRning Konstitutsiyaviy sudi to‗g‗risida"gi O‗zR Qonuni bilan belgilangan. Bu asoslar Konstitutsiyaviy sudning 2004 yil 30 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«O‗zR Konstitutsiyaviy sudining reglamenti»da mufassal bayon etilgan.
Reglamentda belgilanganidek, Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning asosiy vazifasi fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarini himoya etish maqsadida ishlarni to‗g‗ri va vaqtida ko‗rib chiqishdan iborat.
O‗zR Konstitutsiyasining 109-moddasi hamda "O‗zRning Konstitutsiyaviy sudi
to‗g‗risida"gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud:

  • O‗zR qonunlari va O‗zR OM palatalari qarorlarining, O‗zR Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‗zRning davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‗zR Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

  • Qoraqalpog‗iston Resiublikasi Konstitutsiyasi O‗zRning Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‗iston Respublikasi qonunlari O‗zRning qonunlariga muvofiqligi to‗g‗risida xulosa beradi;

  • O‗zRning Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

  • O‗zRning Konstitutsiyasi va konunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‗rib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga nomuvofiq deb topilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar z‘lon qilingan paytdan yuridik kuchini yo‗qotgan deb hisoblanadi. "O‗zRning Konstitutsiyaviy sudi to‗g‗risida"gi Qonunga binoan Konstitutsiyaviy sud:

  1. o‗ziga berilgan qonunchilik tashabbusi huquqini OM da amalga oshirish haqidagi;

  2. Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlarini to‗xtatib qo‗yish to‗g‗risidagi;

  3. Konstitutsiyaviy sud Reglament to‗g‗risidagi;

  4. Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy maslahat kengashi haqidagi masalalarni ham ko‗rib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sudning barcha qarorlari, xulosalari va boshqa to‗xtamlari ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilinadi, shu paytdan kuchga kiradi. Konstitutsiyaviy sud qarori uzil- kesil hisoblanib, shikoyat qilinmaydi. Lekin bu Konstitutsiyaviy sudning qarori umuman qayta ko‗rib chiqilishi mumkin emas ekan, degan ma‘noni anglatmaydi. Jumladan, "O‗zRning Konstitutsiyaviy sudi to‗g‗risida"gi Qonunning 58-moddasida Konstitutsiyaviy sudning qarori, basharti, qaror qabul qilish paytida Konstitutsiyaviy sudga malum bo‗lmagan yangi muhim holatlar ochilib qolgan bo‗lsa yoki ushbu qarorni qabul qilishda asos bo‗lgan Konstitutsiyaviy norma o‗zgargan bo‗lsa, o‗z tashabbusi bilan qayta ko‗rib chiqishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud qarorida sud ishini yuritishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan deb, e‘tirof etgan taqdirda ham qayta ko‗rib chiqilishi mumkin.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin