О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


rasm. O’simlik dunyosi ob‘ektlari va uni ekologik-xuquqiy muhofaza qilish vazifalari



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə33/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106

rasm. O’simlik dunyosi ob‘ektlari va uni ekologik-xuquqiy muhofaza qilish vazifalari


O’simlik dunyosi ob‘ektlaridan foydalanish umumiy va maxsus yo’nalishda olib boriladi. Umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan xayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi. Qonunning 7-moddasiga ko’ra, jismoniy shaxslar chorvachilik extiyojlari uchun yovvoyi ozuqa maxsulotini tayyorlash va chorva mollarini o’tlatish kabi xuquqlarga egadirlar. O’simlik dunyosidan maxsus foydalanish yuridik va jismoniy shaxslarni ishlab chiqarish va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun xaq evaziga ruxsatnomalar asosida berib qo’yishdir. Maxsus foydalanish Qonunning 7-modda 4-qismida berilgan bo’lib, ularga: ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari; texnik va dorivor xom-ashyoni tayyorlash; oziq-ovqat maqsadlari uchun tayyorlash; daraxt va butalarni kesish; ilmiy- tadqiqotlar olib borish; madaniy-ma‘rifiy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish, rekratsion va estetik maqsadlarda foydalanish; tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish kabi faoliyat turlari kiradi.


Soliq kodeksining 31 moddasiga muvofiq, o’simlik dunyosidan foydalanishda, yangi tashkil qilingan dehqon va fermer xo’jaliklari ikki yil muddatga, ilmiy-tadqiqot va ekologik vazifalarni bajaruvchi tashkilotlar, madaniy-ma‘rifiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish maqsadlarini ko’zlagan notijorat yuridik shaxs maqomidagi jamoa uyushmalari esa tegishli xaq tulashdan ozod qilinadilar.
O’simlik dunyosini doimiy va vaqtincha (uzoq muddatli-10 yilgacha, qisqa muddatli-3 yilgacha) foydalanishga berib qo’yiladi. Foydalanish me‘yorlari (Qonunning 9-moddasiga binoan) Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va Respublika Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda hamda qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
O’simlik dunyosi ob‘ektlaridan foydalanuvchilar Qonunning 10-moddasiga ko’ra quyidagi xuquqlarga egadirlar.

  • berib qo’yish shartlariga muvofiq foydalanish;

  • belgilangan tartibda olingan maxsulotni tasarruf etish;

  • buzilgan xuquqlarini tiklatish va yetkazilgan zararni qoplatish.

Ularga qo’yidagi majburiyatlar yuklatiladi:

  • belgilangan qoidalarga rioya etish;

  • oqilona foydalanish;

  • muhofaza qilish va takror yetishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • yong’in xavfsizligiga rioya etish, unga qarshi choralar ko’rish va yong’in chiqqan taqdirda uni o’chirish choralarini ko’rish;

  • foydalanganlik uchun o’z muddatida xaq to’lash va qonun xujjatlarida belgilangan boshqa xuquq va majburiyatga egadirlar.

Davlatning siyosiy, ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash aloxida bir tabiiy, texnogen va boshqa xavfsizlik holatlari yuzaga kelgan holda, foydalanuvchilarning faoliyati davlatning umumiy va maxsus vakolatlangan organlari tomonilan cheklab qo’yilishi, to’xtatib turilishi yoki man etilishi mumkin.
Qonunning 11-moddasiga muvofiq, aloxida muhofaza etiladigan ayrim tabiiy hududlar (qo’riqxona, qo’riqlanadigan zonalar, tabiat yodgorliklari)da o’simlik dunyosidan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Qizil kitobga kiritilgan o’simliklardan foydalanish man etiladi. Lekin qonunda Vazirlar mahkamasining ruxsati bilan noyob va yo’q bo’lib ketayotgan o’simlik dunyosidan foydalanish, ular bilan savdo qilish, chetga olib ketish amalga oshirilishi mumkin. Bunday holatda Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining taqdimnomasi va Fanlar akademiyasining xulosasi kerak bo’ladi.
O’simlik dunyosidan foydalanuvchi shaxslarning umumiy va maxsus turdagi foydalanish tartibi Qonunning 12-18 moddalarida batafsil ko’rsatib o’tilgan.
Xo’sh, qanday hollarda shaxslarning o’simlik dunyosi ob‘ektlaridan foydalanish xuquqi bekor qilinadi? Unga Qonunning 19-moddasida hamda boshqa ekologik me‘yoriy xujjatlarda ko’rsatilgan holatlar asos bo’lishi mumkin. Masalan:

  • o’simlik dunyosidan foydalanish xuquqidan voz kechilganda;

  • belgilangan foydalanish muddati tugaganda;

  • yuridik shaxs faoliyati tugatilganda;

  • o’simlik dunyosi ob‘ektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror yetishtirish qoidalari, me‘yorlari va boshqa talablari buzilganda;

  • o’simlik dunyosi ob‘ektlarida foydalanganlik uchun xaq belgilangan muddatda to’lanmaganda;

  • foydalanish ta‘sirida tabiiy o’simliklar turkumida asliga qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlar xavfi tug’ilganda;

  • er uchastkalari davlat va jamoat extiyojlari uchun olib qo’yilganda va hokazo.

O’simlik dunyosidan foydalanish tartibi zamon talabiga mos ravishda doimo o’zgarib, takomillashib va rivojlanib borishi tabiiy xoldir.

    1. O’rmonlardan foydalanishning ekologik xuquqi. Kishilar o’rmonlardan doimo foydalanar ekanlar, bir paytning o’zida ular o’rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’rishga majburdirlar.



O’rmonlardan foydalanish xuquqi deb o’rmonlarning foydali xususiyatlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning o’z xo’jalik va boshqa hayotiy extiyojlarini qondirishlari uchun qonun xujjatlarida belgilangan tarzda foydalanishlari tushuniladi.

Ekologik xuquqning printsiplaridan kelib chiqqan holda va «O’rmon to’g’risida»gi qonunning 19,30-moddasiga binoan, o’rmondan foydalanish ma‘lum xaq evaziga (maxsus foydalanish) yoki bepul (umumiy foydalanish) amalga oshiriladi. To’lovlar miqdori va ularni undirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va unga doimo qo’shimcha hamda o’zgartirishlar kiritib turiladi.


O’rmonlardan foydalanish doimiy va vaqtinchalik bo’ladi. Doimiy foydalanish uchun o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, vaqtinchalik esa (qisqa muddatli-3 yilgacha, uzoq muddatli-10 yilgacha) o’rmon xo’jaligiga kirmagan yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Ushbu foydalanish xuquqi O’rmon xo’jaligi Bosh boshqarmasining bo’linmalari yoki ular vakolat bergan tashkilot, muassasa yoki korxonalar tomonidan beriladi. O’rmondan maxsus foydalanishga litsenziya yoki chipta asosida yo’l qo’yiladi.
«O’rmon to’g’risida»gi qonunning 30-moddasiga muvofiq, o’rmondan doimiy foydalanuchilar muayyan xuquq va majburiyatlarga egadirlar. O’rmon fondi uchastkasidan belgilangan tartibda doimiy foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga egalar:

      • mustaqil xo’jalik yuritish;

      • suv, yer va yer osti boyliklaridan foydalanish;

      • yo’l ochish;

      • o’rmon maxsulotlarini joylashtirish uchun maydonchalar jixozlash;

      • ishlab chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlarini qurish;

      • tayyorlangan maxsulotga va uni sotishdan olingan daromadga mulkdor bo’lish;

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin