Yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining maxsulotlari.
O’zbekistonda yovvoyi turdagi sut emizuvchi xayvonlarning 6 turkumi mavjud bo’lib, ulardan 6 turi hasharotxo’rlar, 20 turi qo’lqanotlilar, 2 turi quyonsimonlar, 37 turi kemiruvchilar, 24 turi yirtqichlar, 8 turi tuyoqlilardir. Parranda yoki qushlarning-424, suvda va quruqlikda yashovchilarning-3, sudralib yuruvchilarning-59, baliqlarning-83, umurtqasizlarning-58 turi mavjud.
Yovvoyi hayvonlar yakka, oila, gala yoki to’da bo’lib yashaydilar. Ularning bunday hayot kechirishlari minglab yillar davomida evolyutsion tarzda davom etib kelgan. Ularning yashash muhitining buzilishi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo’la oladi. Shuning uchun xayvonot dunyosini ekologik-xuquqiy muhofaza qilish tartibi ularning galalari va to’dalari hamda yashash faoliyatining mahsuli (in va uyalari) bo’yicha ham olib boriladi.
Alohida muhofaza etishga muhtoj bo’lgan hayvonot dunyosi, ya‘ni Qizil kitobga kiritlgan turlariga doir ijtimoiy munosabatlar davlatning xuquqiy jihatdan katta e‘tirof berish ob‘ekti bo’lib xisoblanadi.
Xayvonot dunyosi ob‘ektlarini muhofaza qilish maqsadida Konstitutsiyamizning 50, 54-moddalaridan kelib chiqqan holda va «Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 5-moddasiga binoan jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi xuquq va majburiyatlar belgilangan:
Ushbu qonuniy xuquq va majburiyatlarning fuqarolar va ularning jamoalariga yuklatilishi O’zbekistonda demokratik davlatchilik elementlarini shakllantirish va fuqarolik jamiyatini qurishning yana bir muhim yo’li xisoblanadi.
Xayvonot dunyosidan foydalanuvchi va uni muhofaza qiluvchi sub‘ektlar faoliyatini davlat tomonidan yetarli darajada ekologik-xuquqiy tartibga solish, uning nazorat tizimini yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Davlatning mazkur masalada ekologik-xuquqiy nazorati esa xayvonot dunyosi kadastri – monitoringi – nazorati – ekspertizasi tizimi orqali olib boriladi.