Xuquqlari:
tabiiy zaxiralardan qonun xujjatlarida belgilangan tarzda foydalanish va foydali xususiyatlarini ishga solish;
erlarni sug’orish, zaxini qochirish, agrotexnika va melioratsiya ishlarini o’tkazish;
qishloq xo’jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug’orish (limitlarga muvofiq ravishda).
Majburiyatlari:
belgilangan maqsadda oqilona foydalanish;
tuproq unumdorligini oshirish;
ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni qo’llash;
o’z xo’jalik faoliyati natijasida xududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik;
erlarni muhofaza qilishga oid Yer kodeksining 79-moddasida ko’rsatilgan va quyida yoritib o’tiladigan tadbirlarni amalga oshirish;
foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish, xalq xo’jaligi kommunikatsiyalarini o’tkazish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq hamda o’rmon xo’jaligi yerlarini, ularga ehtiyoj qolmagandan keyin, o’z hisobidan qishloq va o’rmon xo’jaligi yoki baliq xo’jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish hamda atrofidagi yer uchastkalarining tabiiy holatiga zarar yetkazmaslik va h.k.
rasm. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni xuquqiy ta‘minlash yo’llari.
Yuqorida sanab o’tilgan xuquq va majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishi uchun davlat kafolat sifatida xizmat qiladi. Ushbu kafolat qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xuquqlarini tiklash, yetkazilgan zarar (jumladan, boy berilgan foyda)ni qoplash, kadastr bahosi teng bo’lgan yer uchastkasini boshqa joydan ajratib berish va inshoot hamda binolarni qurib berish, qayta sotib olish kabilardan iboratdir.
Yer fondi toifalari bo’yicha ekologik-xuquqiy qoidalar. O’zbekistonda yerlarni ekologik-xuquqiy muhofaza qilish talablari sakkiz toifadagi yer fondi uchun ham alohida o’rnatilgan. Bularning ichida eng ko’p tarqalgan (25,8 mln.ga yoki umumiy yer fondining 58%) qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning ekologik-xuquqiy holati nafaqat Yer kodeksi (6-bob, 43-58 moddalar), Tabiatni muhofaza qilish, Qishloq xo’jalik kooperativi (SHirkat xo’jaligi), Fermer xo’jaligi, Dehqon xo’jaligi, Korxonalar, Mulkchilik, Qishloq xo’jalik korxonalarini sanatsiya qilish kabi o’nlab qonunlar hamda «Yerlardan samarali foydalanishni oshirish to’g’risida»gi Prezidentning 1994 yil 24 noyabrdagi Farmoni,
«O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni sifat va pullik bahosini belgilashning vaqtinchalik metodikasi» (1998 yil 6 avgust), «O’zbekiston Respublikasida tuproq bonitirovkasi ishlarini olib borish va ma‘lumotlarini tasdiqlash» (1998 yil 18 may. 732-sonli VMK) kabi o’nlab me‘yoriy xujjatlar asosida ham o’rnatilgan.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarga uning ehtiyojlari uchun berib qo’yilgan va ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar kiradi. Mazkur yer fondiga nafaqat xaydalgan yerlar, balki pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko’p yillik dov-daraxtlar (bog’lar, tokzorlar, tutzorlar) bilan qoplangan yerlar, jumladan, qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ichki xo’jalik yo’llari, kommunikatsiya, o’rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlar ham kiradi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning eng qimmatlisi sug’oriladigan yerlar hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlar-qishloq xo’jaligida foydalanish va sug’orish uchun yaroqli bo’lgan, suv resurslari shu yerlarni sug’orishni ta‘minlay oladigan sug’orish manbai bilan bog’langan doimiy va muvaqqat sug’orish tarmog’iga ega bo’lgan yerlardir. Ularning umumiy maydoni 4,3 mln.ga bo’lib, butun tovar qishloq xo’jalik maxsulotining 95% dan ortig’ini beradi. Shuning uchun ham O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning alohida ekologik-xuquqiy maqomi belgilangandir.
Yer kodeksining 44 moddasiga ko’ra, sug’oriladigan yerlarni sug’orilmaydigan yerlar sirasiga o’tkazish, aloxida zarurat tug’ilganda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishga holda, viloyat hokimining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Kadastr bahosi o’rtacha tuman bonitet balidan (sifat ko’rsatkichidan) 20% ko’p bo’lsa, «alohida qiymatga ega bo’lgan unumdor sug’oriladigan yerlar» jumlasiga kiradi va ularni sug’orilmaydigan yerlar jumlasiga o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarori kerak bo’ladi.
Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanilayotgan shirkat xo’jaliklari, dehqon va fermer xo’jaliklari, fuqarolar, jamoa bog’dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligini yuritayotgan shaxslar o’z yer uchastkalaridan belgilangan maqsadlarda qishloq xo’jalik tovar maxsulotlarini ishlab chiqarish xuquqiga egadirlar. Lekin ular biznes rejalarda tuproq unumdorligini yaxshilash va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari shart. Mulkchilikning qaysi shaklida bo’lishidan qat‘i nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga (Yer kodeksining 49-58 moddalarida ko’rsatilganidek) yer berish tartibi tuproqlarning ta‘biiy iqlim sharoiti, ekologik holati va kelajak istiqbollari hamda mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga qarab o’rnatiladi.
Aholi punktlari (shaharlar, aholi qo’rg’onlar va qishloq aholi punktlari) yerlarining sifat va son ko’rsatkichlariga ko’ra, uning ichida daraxtzor va alohida muhofaza etiladigan hududlar uchun aholini toza atrof-muhitga bo’lgan talabini qondirish maqsadida yerlar ajratiladi. 2002 yil 4 apreldagi Shaharsozlik kodeksining 36, 47, 51-moddalarida aholi punktlari hududlarini rivojlantirish tarixlarida atrof-muhitni muhofaza qilish, rekreatsion zonalarni yaratish, shahar atrofi yashil hududlarini barpo qilish majburiy holat qilib kiritilgan. Shahar va aholi punktlarini qurish va rivojlantirish loyihalari (Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonunning 11-moddasiga ko’ra) mutaxassis ekologlarning xulosalash ob‘ekti hisoblanadi.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlarda ularning atrof tabiiy muhitga yetkazadigan zararini kamaytirish, tabiiy-texnogen xodisalar va jarayonlardan buzilishining oldini olish uchun yashil muhofaza polosalari va zonalarini barpo etish talab qilinadi.
Alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan tabiatni muhofaza qilish maqsadida mo’ljallangan yerlar ajratilib olinadi. Yer kodeksining 72-moddasida ushbu yerlarni ajratish, berish va ularni muhofazalashning umumiy talablari berilgan. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risidagi qonunda esa ushbu talablar kengaytirilgan va aniqlashtirilgan tarzda ifoda etilgan. Mazkur matnning VII bobida biz alohida muhofaza etiladigan hududlarning ekologik-xuquqiy tartiboti haqida atroflicha to’xtalib o’tamiz.
Sog’lomlashtirish, rekratsiya va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda ham atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish aholining salomatligini tiklash, dam olishini yuqori darajada uyushtirish va tarixiy yodgorliklarning saqlab qolinishini ta‘minlash uchun ham kerakdir. Aks holda, ushbu maqsadlarni amalga oshirishning iloji ham bo’lmaydi.
O’rmon, Suv va suvdan foydalanish to’g’isidagi qonunlar Yer kodeksining 10-bob 76-
78 moddalariga muvofiq o’rmon fondi, suv fondi va zaxira yerlardan foydalanishning ekologik-xuquqiy nomralari o’rnatilgan. O’rmon va suvning o’zi ekologik tizimda turuvchi tabiiy ob‘ekt hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni bus-butun saqlash ekologik-xuquqiy talabning bir qismidir.
Yerdan foydalanishda nazoratning ekologik xuquqiy javobgarligi Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat nafaqat davlatning maxsus vakolatlangan organlari (Tabiatni muhofaza qilish va Yer resurslari davlat qumitalari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bosh boshqarmasi, Davlat sanitariya nazorati, mahalliy davlat hokimiyati organlari) balki jamoat va nodavlat tashkilotlarning nazoratidan ham iboratdir.(5-rasm)
Yer nazorati –erlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid, yer qonun hujjatlari talablarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda vakolatlangan idoralar va shaxslar tomonidan tekshirish.
Davlat yer nazorati (inspektsiyasi) esa davlatning mahalliy hokimiyat va maxsus vakolatli organlarining yer munosabati qatnashchilari (sub‘ektlari)ning yer uchastkalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir faoliyatlarini tekshirish. Ushbu faoliyat tegishli davlat organlarining Nizomlariga muvofiq amalga oshiriladi va yer nazorati inspektorlariga muayyan vakolatlarni beradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-121 moddalari va «Prokuratura to’g’risida»gi qonunning mohiyatidan kelib chiqqan holda davlatning maxsus nazoratini Bosh prokuror va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar.
Prokuror nazorati deb prokuratura tomonidan yer munosabatlari sub‘ektlari (jumladan, davlat organlari va mansabdor shaxslar) faoliyati yer qonun xujjatlariga mosligini tekshirishga aytiladi.
Fuqarolik jamiyatida har bir ijtimoiy munosabatlar kishilarning uyushgan qismi tomonidan ham tekshirilishi nazarda tutiladi. Jamoat yer nazorati-erlarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish borasidagi yer qonunchiligi talablariga rioya etishni nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan tekshirish. Yer nazorati ikki xil shaklda olib boriladi-axborotlash va jazolash.
Yer nazoratining axborotlash shakli-ogoxlantiruvchi va jazolovchi choralarni qo’llash maqsadida davlat nazoratining yer munosabati sub‘ektlarining yer qonunchiligi talablarini bajarilishlariga doir zaruriy ma‘lumotlarni yig’ish va ularni umumlashtirishga qaratilgan tekshirish turi..
rasm. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishi nazorat qilish.
Yer nazoratining jazolash shakli-erlarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish bo’yicha qonun talablarini bajarmaydigan va ularga rioya etmaydigan xuquqbuzarlarga nisbatan davlatning majburlov choralarini qo’llashga qaratilgan tekshirish turi.
Yer nazoratini amalga oshirishning umumiy qoidalari Yer kodeksining 84-85 moddalarida aks ettirilgan. Unda ekologik-xuquqiy talablar bo’yicha tekshiruv ishlarini olib borish prioritet (birdamchi) me‘yor sifatida berilgandir.
Yer qonunchilik talablarining buzilishi yer munosabati qatnashchilarini yuridik javobgarlikka tortishga asos bo’la oladi.
Yer nazoratini olib borish yer egalari, foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarga yetkazilgan zararni, jumladan, ekologik zararni qoplash (Yer kodeksi, 86-modda), qishloq va o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o’rnini qoplash (Kodeksining 87- moddasi), yuridik javobgarlik sanktsiyalarini qo’llashga (Kodeksning 90-moddasi) xamda o’zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarib olishga asos bo’la oladi.
1 jadval
Dostları ilə paylaş: |