Suv resurslaridan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz?
Suvdan foydalanuvchilarning xuquqlari nimadan iborat?
Suvni ekologik-xuquqiy muhofaza qilish deb nimaga aytiladi?
Suv qonunchiligiga oid javobgarlik va tegishli yuridik jazo qanday hollarda qo’llaniladi?
Suv resurslarini nima uchun ekologik-xuquqiy muhofaza etish zarur?
Suv ob‘ektlariga nimalar kiradi?
Suvga oid munosabatlarda umumiy va maxsus davlat boshqaruv organlarining funktsiyalari qanday?
Suvlarni ekologik-xuquqiy muhofaza qilishning xuquqiy asoslarini keltiring?
Suvdan foydalanuvchilarning xuquqlari nimalardan iborat?
Suvdan foydalanuvchilarga qanday majburiyatlar yuklatiladi?
Markaziy Osiyoda suv muammolari va ularning ekologik-xuquqiy yechimi qanday?
Qanday suv ob‘ektlardan foydalanish O’zbekistonda xalqaro-xuquqiy me‘yorlar asosida tartibga solinadi?
Jinoyat kodeksida suvga oid xuquqbuzarliklar uchun qanday sanktsiyalar o’rnatilgan?
Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish talablarini aytib bering.
Suvdan foydalanish me‘yorlari bormi?
ma‘ruza
Mavzu: YER MUNOSABATLARIDA EKOLOGIK-XUQUQIY QOIDALAR
Reja:
Yerga ekologik-xuquqiy munosabatlarning mazmuni va mohiyati
Yerlarni xuquqiy muhofaza qilishning umumiy qoidalari Yer fondi toifalari bo’yicha ekologik-xuquqiy qoidalar Yerdan foydalanishda nazoratning ekologik xuquqiy javobgarligi
Adabiyotlar: 5, 12, 18, 20, 35,
Tayanch iboralar: gumus, konservatsiya, rekreatsiya, transplantatsiya, eroziya
Yerga ekologik-xuquqiy munosabatlarning mazmuni va mohiyati
Yerlarni muhofaza qilish deb ulardan belgilagan maqsadda oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o’rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo’jalik oborotidan va aloxida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo’yilishining oldini olish, ularni zararli antropogen ta‘sirdan himoya qilishga qaratilgan xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimiga aytiladi.
Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy xosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning tabiiy hudud va mintaqaga xos xususiyatlarini e‘tiborga olgan tarzda atroflicha yondashish asosida amalga oishiriladi.
Yer kodeksining 79-modda 4-qismiga binoan yer munosabati qatnashchilari, ya‘ni yer egalari, foydalanuvchilar va ijarachilar:
hududni oqilona tashkil etadilar, ya‘ni yerlarni yer fondi toifalari va yer uchastkalariga ajratishda, avvalambor, ularni muhofaza qilish nuqtai nazaridan qaraydilar;
( tuproq unumdorligi, tuproq osti «ona jinslar» ni xossa va xususiyatlari kabi zaruriy tabiiy jarayonlarning kechuvini ta‘minlaydilar;
( yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlanishdan, qayta shur bosishdan, qaqrab qolishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
( hosildan qolgan qishloq xo’jalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji bo’lmasa, bu yerlarni konservatsiya (saqlab solish) qiladilar;
( buzilgan (jarlangan, o’pirilgan, yemirilgan, texnogen buzilgan) yerlarni qaytadan ekinzorlarga aylantiradilar, ularning unumdorligi va boshqa foydali xususiyatlarini (xossalarini) oshiradilar;
( yerlarni buzish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni amalga oshirish chog’ida tuproqning yuqori unumdor (chirindiga boy qatlami 20-30 sm) qatlamini sidirib oladilar (transplantatsiyalaydilar), undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.
Davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari esa, ushbu ekologik-xuquqiy talablarning bajarilishi yuzasidan dastur, reja, loyixalar ishlab chiqadilar, chet el sarmoyasini kiritadilar va uni amalga oshirish uchun butun kuch va idroklarini sarflashlari ham qonunga oshirish uchun butun kuch va idroklarini sarflashlari ham qonunchilikda aks ettirilgan.
Masalan, 1999-2005 yillarda O’zbekiston Respublikasining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini amalga oshirish tadbirlarida o’pirilishlar, ko’chki va sel kelish xavfini baholash uchun davlatning tegishli organlariga Respublika byudjetidan 26 mln.sum ajratilgan. Atrof-muhit monitoringiga esa idoralar va korxonalar mablag’laridan 1,3 mlrd. sumdan ortiq mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan.
2003 yilga kelib O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning yarmidan ko’pi sho’rlangan, tuproqda chirindi miqdori (gumus) 30-50% kamaygan, 30 mln.gektar yerda suv va shamol eroziyasi o’z salbiy oqibatlarini ko’rsatmoqda, cho’l va chala cho’l mintaqalarida yer degradatsiyasi, tog’ oldi hududlarda esa cho’llanish jarayoni ketoqda. Respublikamizda jon boshiga to’g’ri keladigan ekin maydoni 0,22 gektardan 0,17 gektarga tushib qoldi. Aholisi jadal sur‘atlarda (12 yil ichida 5 mln. kishiga ko’paygan, bu degan so’z Turkmanistondan yoki Qirg’izistondan ko’p axoliga shu davrda o’sgan) o’sib kelayotgan O’zbekistonda yer va suv muammosi o’ta muhim va dolzarbdir. Shuning uchun ham bizda yerlarni muhofaza qilishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Ob‘ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda yuqorida qayd qilingan yerlarni muhofaza qilish tadbirlarni nazarda tutish, ularni ekologik-ekspertizalash, yer tuzish va ularni ilmiy asosda joylashtirish Yer kodeksining 80-moddasiga muvofiq talab etiladi.
Kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslantirish hamda ifloslangan yerlardan 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi qonunning 11- moddasiga binoan oldini olish va Yer kodeksining 81-moddasiga asosan foydalanish tartibi o’rnatilgan.
Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun, albatta, moddiy va moliyaviy baza bo’lishi kerak. Yer kodeksining 82-moddasida ko’rsatilgan talablar bo’yicha Davlat byudjetidan, maxalliy hokimiyat byudjetidan, ekologik jamg’arma, xalqaro ekologik jamg’arma, loyiha, grant kabilarga millionlab so’m miqdorda mablag’ ajratilmoqda. Birgina
mahalliy ekologik davlat jamg’armalariga 2001yilda 254 mln. so’m kelib tushgan, lekin sarflangan 237,4 mln. so’mdan 135 mln. so’m tashkiliy va ma‘rifiy ishlarga sarflanishini ijobiy holat deb bo’lmaydi. Afsuski, ekologik to’lov va soliqlardan tushayotgan mablag’ning 80% davlat byudjetiga, atigi 20% mahalliy tabiatni muhofaza qilish jamg’armalariga tushishi yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarning moliyalanishini kamaytirib yubormoqda. Chet davlatlarda ekologik to’lov va soliqlardan tushadigan mablag’-Rossiyada 60:40, germaniyada esa 50:50 nisbatdadir.
Yerlarni xuquqiy muhofaza qilishning umumiy qoidalari. Yerga oid munosabatlar nafaqat yer qonunchiligi (Yer kodeksi, 3 modda), balki ekologik qonunchilik («Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida», 17-modda) asosida ham tartibga solinadi. Modda va energiya almashinuvi hamda organizmlarning ozuqa zanjirida tuproqning o’rni beqiyosligini inobatga olgan holda, «tuproq to’g’risida» alohida qonun qabul qilish va uni Konstitutsiyamizning 55 –moddasiga asosan alohida bir tabiiy ob‘ekt sifatida e‘tirof etish lozim.
Yer munosabatlarini tartibga solishda Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari Yer kodeksining 4-7 moddalarida aks ettirilgan. Ammo qolgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarning yerga oid vakolatlari yer qonunchiligida to’liq berilmagan.
Yer qonunchiligida yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning xuquqiy ta‘minlash yo’llari 4 rasmda ko’rsatilgan. Yerlarni ekologik-xuquqiy muhofaza qilish, avvalambor, ularning son, sifat va miqdor ko’rsatkichlari hamda aholining yerga bo’lgan talabini qondirish nuqtai nazaridan toifalarga ajratiladi. Yer kodeksining 2-bobi yer fondi toifalarini ushbu ko’rsatkichlarga ko’ra 8 qismga ajratib beradi. o’nta to’rtinchi toifa- tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar alohida ajratib olingan. Yer toifalarining birini ikkinchisiga o’tkazish, uning qimmatiga hamda davlat-jamoat ahamiyatiga qarab boshqarish markaziy va mahalliy davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Har bir toifa uning kadastr ko’rsatkichlariga qarab, yer uchastkalarini egallash, foydalanish va mulkchilik qilish maqsadida bo’lib beriladi.
Yer fondi va yer uchastkalari ajratilgandan so’ng, ularda yer tuzish ishlari olib boriladi.
Yer tuzish (Yer kodeksining 12-moddasiga ko’ra)-erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo’jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimidir.
Yer tuzish ishlari 1999 yil 11 noyabrda tasdiqlangan «Asosiy Nizom»ga muvofiq olib boriladi. Yer tuzish ishlari davlat yer kadastri (Davlat kadastrlari to’g’risidagi qonun) va yer monitoringini (Yer kodeksi, 14-modda) olib borishga asos bo’la oladi.
Yer tuzish, kadastrni yuritish va monitoringni olib borish jismoniy va yuridik shaxslarning Yer kodeksining 16-moddasida aks ettirilgan yerga nisbatan bo’lgan xuquqlarini aslo inkor etmaydi. Faqatgina egallovchi yoki foydalanuvchilarning majburiyatlarini ham aniqlashtiradi. Unga binoan har bir shaxs yer uchastkasidan mulk xuquqi, umrbod egalik qilish va meros qilib qoldirish, doimiy, muddatli yoki birgalikda foydalanar ekan ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan yerga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdir. Bunday ekologik talab yer uchastkasini realizatsiya qilish (egalik qilish va foydalanish uchun berish), ijara (shartnoma asosida xaq evaziga muddatli egalik qilish va foydalanishga berish), qidiruv ishlari (geologik suratga olish va qidirish, geodeziya va shu kabilar), imorat qurish, yakka tartibda uy-joy qurish hamda uni obodonlashtirishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
Yerlardan oqilona va samarali foydalanish, unga yetkazilgan antropogen zararni qoplash, tuproq unumdorligini ko’tarish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida yerdan maxsus foydalanganlik uchun to’lovlar o’ndirib olinadi. Yer to’lovi yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida yer solig’i yoki ijara xaqi sifatida o’ndirib olinadi. Yer solig’i stavkalari (Soliq kodeksining 96-98 –moddalariga binoan) yer uchastkasining sifati, joylashgan manzili va suv bilan ta‘minlanganlik darajasiga qarab belgilanadi.
Yer uchastkasini saqlashda ekologik talablar Yer kodeksining 29-moddasida bayon etilgan. Ularga: yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o’zgartirmaslik, yer unumdorligi saqlash va oshirish; irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora- tadbirlarini amalga oshirish; tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan, tuproq qatlami, noyob o’simliklarni, tabiat yodgorliklarini asrash. Ushbu ekologik talablar yer uchastkasining xuquqiy maqomiga kiritiladi va tegishli qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
O’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish xuquqida ham foydalanuvchilar ixota daraxtlarini ekish va tabiatni muhofaza qilishga taaluqli boshqa ob‘ektlarni barpo etishga ruxsat beriladi.
Yer kodeksining 36-moddasiga binoan jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkasiga bo’lgan xuquqlari ushbu moddaning 7-bandi-er uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda (uch yil davomida kadastr bahosidan kam hosildorlikka erishilganda), 8- bandi-tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda bekor qilinadi yoki tegishli davlat organining taqdimnomasiga binoan olib qo’yiladi.
Davlat va jamoatning ekologik xavfsizligini ta‘minlash uchun yer uchastkasi yoki uning bir qismi yer egasining roziligi yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishli tuman, shahar, viloyat yohud Vazirlar Mahkamasining qarori bilan olib qo’yilishi mumkin. Agarda yer uchastkasi Yer kodeksining 37, 41-moddalarida ko’rsatilgan shartlar asosida mulk qilib sotib olingan bo’lsa, ekologik nuqtai nazardan ham davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olinadi.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va mulkdorlarning ekologik xuquqlari va majburiyatlari Yer kodeksining 5-bob, 39-42 moddalarida aks ettirilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |