О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə8/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Ekologik-xuquqiy mexanizm-ekologik munosabatlarning xuquqiy jixatdan tartibga solinishini ta‘minlovchi qismlar (zvenolar) tizimi.

Qismlar yig’inidisi emas, aynan qismlar tizimidir. Masalan, avtomobilni me‘yorl holdagi harakatini ta‘minlash uchun uning elektr, yog’lash, yonish, yurish kabi bir qator qismlarini bir me‘yorda va bir paytning o’zida ishlashini ta‘minlash talab etiladi. Aks holda avtomobil “xavfli mashina” yoki “quruq temir” ga aylanadi.


Ekologik xuquqda ham ekologik xuquqiy me‘yorlar “tishsiz qonunlar”ga aylanmasligi va kishilar tomonidan inson etilmasligi (“xuquqiy negilizm”) uchun ekologik-xuquqiy mexanizm yaratiladi.
Ekologik-xuquqiy mexanizm muayyan davlatning ekologik siyosatiga, ekologik dunyoqarashiga, qurilish va boshqarish shakliga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. “Bizning pirovard maqsadimiz, -degan edi Prezidentimiz I.Karimov, - ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir”. Ekologik munosabatlarni xuquqiy tartibga solish mexanizmi O’zbekistonda aynan ana shu tamoyillarni inobatga olgan tarzda tuzilishi va unga monand ravishda harakat qilishi, maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ekologik munosabatlarni xuquqiy tartibga solish unga xuquqiy ta‘sir etish, uni amalga oshirish, takomillashtirish va rivojlantirish orqaligina olib boriladi. Chunki zamon o’zgargan sari odamlar ham o’zgarib boradilar, atrof tabiiy muhit ham o’z “o’zgaruvchanlik” xususiyatini yo’qotib qo’ymaydi.

Ekologik-xuquqiy mexanizm zanjirining “xalqa”lari quyidagilardan iborat:


      1. Ekologik xavfsizlikni ta‘minlovchi konstitutsiyaviy me‘yorlarni o’rnatish va ekologiyalashtirilgan qonunlarni qabul qilish;

      2. Ekologik qonunlar ijrosini ta‘minlovchi qonun osti me‘yoriy xujjatlarni tezkor ravishda ishlab chiqish;

      3. Kafillik me‘yorlarini yaratish;

      4. Ekologik-xuquqiy munosabatlarni tashkillashtirish;

Ekologik xavfsizlikni ta‘minlovchi konstitutsiyaviy me‘yorlar-qat‘iy (imperativ) me‘yorlardan iborat bo’lib, Konstitutsiyamizning 50,54,55,100-moddalarida aks ettirilgan. Ular bozor iqtisodiyotiga o’tib borayotgan mamlakatimizning ekologik siyosatini mujassamlashtirgan tarzda ifodalaydi.


Ekologik xavfsizlik esa kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondira oladigan toza, sog’lom va qulay atrof tabiiy muhit holatidir.

Ekologiyalashtirilgan qonunlarni qabul qilish, Konstitutsiyada belgilangan imperativ me‘yorlarni kengaytirilgan tarzda ekologik qonunlarda ifodalash. Ushbu me‘yor va qoidalar “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”ni qonunda yaqqol ifoda etilgan bo’lib, ular to’rt ko’rinishdagi me‘yorlardan iborat: printsip, birlamchi, imperativ, kafillik.


Ekologiyalashtirilgan printsip me‘yorlar- Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 4-moddasida ifoda etilgan. Ular ekologik munosabatlarni qanday qoidalar asosida xuquqiy tartibga solish kerakligini ko’rsatadi.
Ekologiyalashtirilgan birlamchi me‘yorlar-tabiat unsurlari-er, suv, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, o’simlik va xayvonot dunyosini, birinchi navbatda, davlat-jamoa- fuqarolarning qaysi bir xayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun yo’naltirilishi kerakligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasiga binoan yerlar birinchi navbatda qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatilishi kerak. Chunki yer, xususan, tuproq fuqarolarning ozuqa-ovqatga bo’lgan birlamchi talabini qondiradi. Suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi qonunning 21-moddasiga binoan esa suv, avvalambor, aholining ichimlik suvga bo’lgan extiyojlarini qondirish uchun xizmat qilishi lozim. «O’rmon to’g’risida»gi qonun esa o’rmonlarga, birinchi navbatda, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash manbai sifatida qaraydi.
Ekologiyalashtirilgan imperativ me‘yorlar-kishilarni o’rab turuvchi atrof tabiiy muhitga ta‘sir etuvchi barcha harakat yoki harakatsizliklarni qat‘iy me‘yorlab qo’yadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi «CHiqindilar to’g’risida»gi qonunning 19-22 moddalarida chiqindilar (ishlab chiqarish yoki iste‘mol qilish jarayonida xom ashyo, materiallar, homaki maxsulotlar, boshqa buyumlar yoki maxsulotlarning hosil bo’lgan qoldiqlari, shuningdek, o’zining iste‘mol xususiyatlarini yo’qotgan tovarlar) ekologik-sertifikatsiyalanishi, ularni tashish, olib kirish, saqlash va ko’mib tashlashga doir talablar qat‘iy belgilangan. Bu belgilangan me‘yorlar hamma uchun majburiy-imperativ talablar hisoblanadi.
Ekologiyalashtirilgan kafillik me‘yorlar-imperativ me‘yorlarning bajarilishini ta‘minlovchi me‘yorlar va qoidalar. Kafillik me‘yorlarini yaratish ekologiyalashtirilgan qonun xujjatlarining amal qilishini ta‘minlashdan iborat. Ular iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘rifiy-madaniy, sanitar-gigienik nazoratning yuridik jihatdan ta‘sir etuvchi yo’lni ko’rsatadi. Ushbu ta‘sir etish yo’li protsessual xuquq me‘yorlarida rag’batlantiruvchi yoki jazolovchi choralarni qo’llashda, xuquqbuzarlarga nisbatan iqtisodiy, ma‘naviy va moddiy noqulayliklarni keltirib chiqarishda namoyon bo’ladi.
Ekologik-xuquqiy munosabatlarni tashkillashtirishda davlat va uning organlari nodavlat tashkilotlar, o’zini o’zi boshqaruv idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar hamda ular o’rtasida yuzaga keladigan, yagona ekologik maqsadlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan harakatlarini muvofiqlashtirishga qaratiladi. Masalan, shaharsozlikda uy-joy va kommunal xizmat ko’rsatish shoxobchalarini yaratish muayyan darajada ekologik xavfsizlik talablarini bajarish orqali olib boriladi. Bu talablar hamma xo’jalik yurituvchi hamda boshqa faoliyat olib boruvchi korxona, tashkilot, muassasa va shaxslardan yagona maqsad sari o’z rejalarini tuzish va ularni tatbiq qilishga undaydi. Aks holda shahar aholisining hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirish imkoniyati bo’lmaydi. Shaharlarda yangi uy-joy massivlarini ko’kalamzorlashtirish nafaqat daraxt yoki buta ko’chatlarini yetishtiruvchilardan, balki
suvchilardan ham, jamoat xavfsizligini ta‘minlovchilardan ham, va hattoki, fuqarolarni ekologik ongi hamda madaniyatiga ta‘sir etuvchi mutaxassislardan ham hamjamiyatlikni, ularning bir paytda va o’zaro kelishilgan tarzda harakat kilishlarini talab etadi. Bu esa yagona ekologik-xuquqiy mexanizmning ajralmas qalkalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

    1. Ekologik-xuquqning tizimi. Ekologik xuquqning tizimini ta‘riflashdan avval


«tizim» so’ziga aniqlik kiritib olishni lozim deb bilamiz. Tizimlar nazariyasi tadqiqot doirasida umumilliy hisoblanib, uning mavjudligi uchun va mantiq-metodologik apparat va umumlashgan model ishlab chiqildi. Tizimlar nazariyasining asoschisi A. A. Bagdanov (1873-1926) hisoblanib (yunoncha tecton-quruvchi), XX asr boshlarida asosiy printsiplarni ifodalagan va uni tektologiya deb atagan. G’arb adabiyotlarida umumiy tizimlar nazariyasining muallifi sifatida, biolog L.Fon Bertalanfi (1937) tan olingan. (Muradov Sh.O. va boshqalar, 2004.)
Ekologik xuquqning tizimi fan tariqasida alohida, o’quv predmeti sifatida alohida bir qismlarga va institutlarga ajratilishi mumkin. Chunki fanda tizimlash ekologik-xuquqiy tadqiq qilish qonuniyatlari asosida, ta‘limda esa o’qitish qonuniyatlari asosida tuziladi.
Ekologik xuquqning tizimi ko’pgina xuquqshunos olimlar tomonidan ikki qismga ajratish orqali tuziladi-umumiy va maxsus qism. Lekin xuquqshunoslikda xuquq sohasi tizimini uch qismga-umumiy, alohida, maxsus ajratish ham bor. Biz bu amaliy tajribadan foydalangan holda Ekologik xuquqni uch qismga ajratishni maqsadga muvofiq deb bilamiz (1-rasm). Birinchidan-Ekologik xuquqning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ta‘lim berishda tizimli yondashuv va mahalliy-milliy-xalqaro xuquq me‘yorlarini moslashtirish yoki uyg’unlashtirish zarurligi. Bu degani O’zbekistonda ekologik munosabatlarni tartibga solish hamda ekologik xavfsizlikni ta‘minlash uchun regional va global xuquqiy-ekologik munosabatlarni amalga oshirish. Aks holda biz bu ezgu niyatlarimizga erisha olmaymiz, zero qushnilarning noekologik munosabatlari bizning ekologik munosabatlarga bevosita ta‘sir etadi. Yangi «Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi» aynan ekologik globallashuv yo’lini targ’ib etmoqda.
Ikkinchidan-Ekologik xuquqning alohida qismi alohida bir tabiiy ob‘ektlar bo’yicha ekologik - xuquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalarini ko’rib chiqadi. Xalqaro ekologik masalalar yoki ilg’or «ekologiyalashtirilgan» mamlakatlarning tajribasini bilmay va solishtirmay turib, ta‘lim jarayonini zamon talabiga mos ravishda amalga oshirildi, deb aytolmaymiz.
Uchinchidan-xalqaro ekologik xuquqni aynan milliy ekologik xuquq nuqtai nazaridan qarash va aynan ekolog-xuquqshunoslar tomonidan o’qitilishi mantiqan to’g’ri bo’lsa kerak.
Xuquqiy tizim go’yoki «uy» ga o’xshaydi. Uning «ustunlari» -qismlari bo’lsa, institutlari-terilgan «g’ishtlari»dir. Ekologik xuquq ikki ustundan ko’ra uch ustunda tursa,
«mustahkam» va turli «ofatlarga bardoshli» bo’ladi, deb o’ylaymiz.
Yuqorida keltirilgan dalillar asoslangan holda, biz ekologik xuquqni uch qismga ajratib olamiz-umumiy, alohida va maxsus qismlar.

Ekologik xuquqning umumiy qismi-Ekologik xuquqning umumnazariy asoslarini tadqiq qiluvchi va ta‘lim beruvchi institutlarining ma‘lum bir ketma-ketlikda joylashgan tuzilmasi.


Umumiy qism umumiy ekologiya va xuquqshunoslikning umume‘tirof etilgan masalalaridan boshlanib, ekologik javobgarlikkacha bo’lgan institutlarni o’z ichiga oladi. Ushbu institutlar qolgan ikki qism uchun nazariy asos bo’la oladi.

Ekologik xuquqning alohida qismi mazkur xuquq sohasi ob‘ektlarini alohida-alohida tadqiq qiluvchi va ta‘lim beruvchi institutlarining ma‘lum bir ketma-ketlikda joylashgan tuzilmasi.



Ekologik xuquqning maxsus qismi ayrim davlatlarda va xalqaro ekologik xuquqda ekologik munosabatlarning tartibga solinishiga doir institutlarining ma‘lum bir ketma-ketlikda joylashgan tuzilmasi.
Bu institutlarning tarkibi va uning joylashish tartibi ekologik xuquq ob‘ektlarini qay darajada va nimalarga asosan guruhlashtirishga bog’liqdir.

Bu o’rinda, avvalambor, umumiylikdan xususiylikka tomon borish printsipiga amal qilgan holda Ekologik xuquq institutlaridan ayrim mamlakatlarning Ekologik xuquq institutlariga tomon borish yoki to’xtalib o’tish o’rinli, deb o’ylaymiz.






Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin