KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek: “Har qaysi millat birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir"1 Shuning uchun istiqlolimizning dastlabki kunlaridanoq ma’naviyatimizni tiklash va yuksaltirishga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga katta e’tibor berib kelinmoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham “milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual me’rosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy, axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” ko‘zda tutilgan2.
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o‘tmish merosimiz va qadriyatlarimiz alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, vatani va xalqi ozodligi uchun kurashgan, millat ma’naviyatini yuksaltirish uchun xizmat qilgan ilm va fan sohiblarining faoliyati har bir avlod uchun yo‘lchi yulduzdir. Porloq kelajak uchun intilayotgan har bir xalq o‘z tarixini e’zozlab, undaga boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozim.
Xalq merosining ahamiyati va uni o‘rganishga O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov alohida ahamiyat berib, shunday degan edi: "Xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir katta xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz kerak. Ajdodlar vasiyatiga sodiq va munosib bo‘lishimiz kerak"3.
1 Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T., 1997. 13-b
2Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T., 1997.
3Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida. -T.: O‘zbekiston, 1994. 8-b
Fitratning ma’rifatchilik faoliyatida, jadidchilik harakatining ta’siri katta bo‘ldi. Jadidlar ruslarni Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga aralashuvini to‘xtatish, jamiyat taraqqiyotini yangi yo‘nalishga solib yuborish maksadida maorif, matbuot, din, san’at sohalarida islohotlar o‘tkazishni taklif etishdi. "Ular axloq-odob, e’tiqod, adliya, sog‘liqni saqlash sohalarini qayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirish, xotin-qizlar ahvolini, ijtimoiy-madaniy turmushning barcha jabhalarini yaxshilash g‘oyalarini o‘rtaga tashladilar"4. Jadidlarniig dasturlarida yangicha g‘oya, yangicha tafakkurga asoslangan ma’rifatchilik harakati birinchi o‘rinda turardi.
Alloma Fitrat ham ma’rifatchilik yo‘lidan borib, Turkiston maorifini yuksaltirish va uni millat ehtiyojiga xizmat qildirish uchun kurashadi. O‘lkadagi mavjud eski maktab va madrasalarni, ulardagi o‘qitish usullarini isloh qilishni talab qiladi. Jadid ziyolilari bilan birgaliqda yangi usul maktablarni tashkil etishda, ularda ta’lim-tarbiya berishda ishtirok etadi. Adib yangi maktablar va boshqa ta’lim muassasalari uchun darslik va qo‘llanmalar yozadi. U o‘zbek tili qoidalarini ishlab chiqish va adabiyot tarixini yaratishga, Turkiston matbuoti, dramaturgiyasi, teatr va musiqa san’ati rivojiga munosib hissasini qo‘shadi.
Dostları ilə paylaş: |