Bitiruvmalakaviyishningamaliyahamiyati. Abdurauf Fitratning ma’rifiy-pedagogik g‘oyalari, ta’lim-tarbiya mazmuni, mohiyati, amalga oshirish yo‘llari haqidagi ko‘rsatmalari milliy pedagogika fani rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi. Tadqiqotdagi nazariy fan va xulosalar, ilmiy metodik tavsiyalar oliy o‘quv yurtidagi ta’lim-tarbiya jarayoni va pedagogika fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Mazkur tadqiqot natijalaridan olimlar, oliy o‘quv yurti, o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchilari, talabalar foydalanishlari mumkin. Tadqiqot materiallari asosida maxsus kurs, seminar, fakultativ mashg‘ulotlar va turli tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi; “Kirish”, 2 bob , to’rt paragraf, “Xulosa” va “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati”dan iborat. Ishning hajmi 65 sahifani tashkil etib, uni yozishda turli manbalardan foydalanildi.