O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


I BOB. ABDURAUF FITRAT MA’RIFIY QARASHLARI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-MILLIY



Yüklə 126,28 Kb.
səhifə7/14
tarix02.01.2022
ölçüsü126,28 Kb.
#50972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
abdurauf fitratning marifiy qarashlari

I BOB. ABDURAUF FITRAT MA’RIFIY QARASHLARI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-MILLIY


ASOSLARI
    1. Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, jadidchilik g‘oyalari va ularning Fitrat dunyoqarashi shakllanishiga ta’siri.


O‘tmish merosni o‘rganish - tarix ne’matlarini kelajak sari ildam yo‘l bosishi uchun yo‘lchi yulduzdir. O‘z tarixini asragan va o‘tmishini chuqur bilgan xalq qudratli hisoblanadi. Ayniqsa, xalq ozodligi va yurt istiqloli uchun qurbon bo‘lgan qahramonlar jasorati, millat ravnaqi yo‘lida kurashgan ilm-fan sohiblarining faoliyati har bir avlod uchun tuganmas xazinadir. Mustaqil O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda O’zbekiston Respublika birinchi Prezidenti I.A.Karimov xalq qudrati aks ettirilgan tarixiy merosni o‘rganishga alohida e’tibor berib, shunday degan edi: "Vatanimizning boy tarixi bilan tanishib chiqqach, uning butun ulug‘vorligini, mahobatini ko‘rasiz va tushunib olasiz"5.

Vatanimizning o‘z millati va Vatani uchun kurbon bo‘lgan qahramonlari qatorida jadid harakatining vakili Abdurauf Fitrat ham bo‘lib, uning ijodiyoti o‘zining naqadar boy va mazmundorligi bilan o‘tmish tariximizni bezaydi.

Fitrat yashab o‘tgan davr XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu davrda, ya’ni XIX asrning 60-90 yillari davomida Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olib, bu erda o‘zining mustamlakachilik rejimini o‘rnatgan edi. O‘zbeklarning bir qismi Buxoro amirligi va Xiva xonligi tarkibida qolib, qolganlar esa Rossiya imperiyasining mustamlaka o‘lkasi bo‘lgan Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.

Bu davrda Turkistonda yangi ishlab chiqarish elementlari paydo bo‘lib,






5 Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida. -T.: O‘zbekiston, 1994 15-b.

tovar-pul munosabatlari katta ahamiyat kasb eta boshladi. Markaziy Osiyoga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi boshlandi. Lekin Turkistonda kapitalizmning rivojlanishi chor hukumatining iqtisodiy siyosati tufayli majruh bir ko‘rinishda edi.

O‘zbekistonda sanoat yakka ustalarning mayda hunarmandchiligidan iborat edi. Lekin o‘lkaga Rossiyaning zamonaviy texnika bilan jihozlangan korxonalarida tayyorlangan mollarning keltirilishi bilan mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari bozori sina boshladi. 1871 yili Toshkentda 311 ta mustaqil ko‘nchilik korxonasi bo‘lsa, 1892 yilga kelib ulardan 66 tasi qoldi6.

Turkistonda ko‘plab paxtaga ishlov berish korxonalari ochiladi. Sanoat va ishchilar soni tez o‘sa boshlaydi.

Ko‘plab temir yo‘llar qurilib, temir yo‘l ishchilari soni ham ko‘paydi. Lekin ishchilarning ahvoli borgan sari og‘irlashib boradi. Ish kuni 17-18 soatga etadi. Ish haqi esa kam to‘lanadi. 1904 yili 15 yoshli bolaga kuniga 15-20 tiyin, o‘smirga 30-50 tiyin, katta yoshli kishiga 60 tiyindan 1 so‘mgacha, ayollarga 35-60 tiyin to‘langan7. Mahalliy ishchilarning ish haqi ruslarnikidan bir yarim-ikki barobar kam bo‘lgan.

Chor hukumati qishloq xo‘jaligiga ham bir qator o‘zgarishlar kiritdi. Qishloq xo‘jalik rayonlarini ixtisoslashtirish boshlandi. Qishloqda sinfni tabaqalanish chuqurlashib, yersiz xo‘jaliklar ko‘paya boradi.

Rossiya Turkistonni o‘zining paxta bazasiga aylantirish ishlarini boshlab yuboradi. O‘lkadagi banklarning ahamiyati osha boradi. Sudxo‘rlar paydo bo‘lib, butun dehqonchilik savdo-sudxo‘rlik sarmoyasining qo‘liga o‘tib qoladi. Dehqonlar sudxo‘rga qaram bo‘lib qola boshlaydilar. Natijada




6 O’zbekiston xalqlari tarixi: 2 jild. Fan.-T: 1994 158-b

7 O’zbekiston xalqlari tarixi: 2 jild. Fan.-T: 1994 153-b

yersiz qolgan dehqonlar soni orta boradi.

Ayniqsa, Buxoro amirligida xalqning ahvoli juda og‘ir edi. Ular ikki tomonlama zulm ostida eziladilar. Dehqonlar xilma-xil soliq to‘lashta majbur edilar. Ba’zi viloyatlarda hatto, o‘zi etishtirgan hosilning uchdan bir qismini soliqlar uchun to‘laganlar. Dehqonlardan qarzlari evaziga yerini, bor narsalarini tortib olganlar.

1895 yili Buxoroda "Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi" ta’sis etilib, amirlik tashqi siyosat va savdoda Rossiyaga qaram bo‘lib qolgan edi.

Shaharda ishchilarning, qishloqda dehqonlarning, umuman barcha mehnatkash xalqning axvoli kundan-kun og‘irlashib boradi.

O‘lkadagi bunday sharoit, xalqning og‘ir ahvoli vatanparvar Abdurauf Fitratni befarq qoldirmadi. U ham ilg‘or ziyolilar qatori ma’rifatchilik va islohotchilik yo‘lidan bordi. Uning dunyoqarashi jadidchilik g‘oyalari asosida shakllandi.

Turg‘unlik yillari davomida jadid harakatiga turlicha qarashlar bo‘lib, ko‘pincha xalq bilan hamnafas bo‘lgan jadidizmni reaksion g‘oyaviy harakat sifatida qoralanib, unga bir tomonlama baho berildi. Jadid harakatining rahbarlarini "xalq dushmani", "millatchi" sifatida ayblab, ularni hayot yo‘lidan mahrum etildi.

Tarix fanlari doktori, professor Homid Ziyaev hamda Ozarbayjon fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Aziz Mirmuhamedovlar jadidchilik muammosining Ozarbayjon bilan ham aloqadorligi mavjudligini ta’kidladilar. Bu harakatning Ozarbayjon, Turkiyadagi rivojida A.Fitratning o‘rnini alohida tilga olib o‘tdilar.

Jadidlar xalqqa madaniyat va ma’rifat tarqatish yo‘lini maktab va madrasalarni isloh qilish, yangi usul maktablari ochish, tijoratni keng yo‘lga qo‘yish, dunyoviy madaniyatdan bahramand bo‘lish, gazeta va jurnallar

chiqarish, teatr, kutubxonalar barpo etishdan iborat deb biladilar.

Ular "Taraqqiy" (1906), "Samarqand" (1913-1915), "Sadoyi Turkiston" (1914-1915), "Oyna" (1913-1915), "Buxoroi Sharif" (1912-1913), "Umid"

(1910-1914), Sadoyi Farg‘ona" (1914-1915), "Turon" (1912-1913) kabi matbuot organlarini tashkil qiladnlar.

Jadidlar yangi usul maktablarida ilmiy bilimlar bilan bir qatorda din va islomning o‘qitilishi to‘g‘risida ham alohida gamxo‘rlik qiladilar. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijtimoiy va adabiy faoliyatida ham dunyoviy va diniy masalalar uygunlashib ketadi. Uning ommabop asarlarida ham ma’rifatparvarlik va shariat ikkalasi birlikni tashkil etadi.

Xukumat jadidlarga qarshi kurash yo‘lida ba’zi mahalliy boy, ulamo, mullalarni ham o‘ziga sherik qilib olib, ular orqali jadidlarga zarba berishga intildi. Jadidlarga qarshi kurash borgan sari kuchayib bordi, lekin jadidlar har qanday sharoitda ham o‘z faoliyatlarini to‘xtatmadilar.

Chor hukumati musulmonlar maorifining asosini tashkil etishi lozim bo‘lgan birinchi va asosiy prinsip - uni ruslashtirish, ikkinchi bosh prinsip esa diniy jihatlarni buzish bo‘lishi lozimligini ta’kidlar edi. Inqilobdan keyin ham bu qarashlar saqlanib qoldi, teng huquqlilik, milliy erkinlik masalalarida ham jiddiy o‘zgarish bo‘lmadi. Turkiston Muxtor jumhuriyati rahbariyatida ham deyarli mahalliy millat vakillaridan yoq edi. Shu kabi sabablar jadidlarni o‘z millatining huquqi, kelajagi va ozodligi uchun kurashni davom etgarishga majbur etdi.

Buyuk adib Abdurauf Fitratning ma’rifiy qarashlari shakllanishiga ham o‘lkadaga sharoit va jadidchilik katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning butun ijodi, hayoti va faoliyati jadidchilik bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi.

Abdurauf Abdurahim o‘g’li Fitrat 1886 yili amirlikning poytaxti Buxoro shahrida tug‘iladi: "Fitrat" Abduraufning adabiy taxallusi bo‘lib, bu

so‘z, tugma iste’dod degan ma’noni anglatadi. Uning otasi Abdurahimboy o‘zbek, onasi Bibijon tojik edi. Fitratning otasi dindor, o‘qimishli shaxs bo‘lib, olam kezish, tijoratni yaxshi ko‘rgan, savdogarchipik bilan shugullangan. U kasbi yuzasidan oilasini tez-tez tashlab ketar, hatto 1904 yildan 15 yil muddatga Qashqarga o‘tib ketadi. Fitratning onasi Bibijon nozik ta’b, savodli ayol bo‘lib, farzandlari tarbiyasi bilan asosan shu kishi shugullangan. Oilada Abduraufdan tashkari yana ikki farzand - ukasi Abduraxmon va singlisi Mahbuba bo‘lgan. Onasi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo‘lib etishishlari uchun harakat qiladi.

Abdurauf dastlab maktabda, so‘ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil oladi. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur o‘rganadi.

XX asr boshlarida butun Sarqda bo‘lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikrda jiddiy uygonish boshlanib, jadidchilik harakati keng yoyiladi. Buxoro jadiddarining o‘ziga xos tomonlari bor edi. Fayzullo Xo‘jaev Turkiston jadidlari bilan Buxoro jadidlarini farqlamoq kerakligini uqtirib o‘tgan edi: "Bu farq rus Turkistoni bilan yarim mustaqil Buxoroda vujudga kelgan xo‘jalik munosabatlar o‘rtasidagi farqdan kelib chiqadi... - Turkiston jadidlari oshkora ish olib bordilar. Amir istibdodining og‘irligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qildi"8.




Yüklə 126,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin