O’zbekistonRespublikasibirinchi Prezidenti I.A.Karimov ham vatanparvarlikni o‘tmish ajdodlarimizdan o‘rganishga da’vat etdi: "Vatanni ardoqlash, uni yomon ko‘zlardan va harakatlardan asrab-avaylash, himoyalash, kerak bo‘lsa, ona yurtimiz uchun jonimizni ham fido qilishdek buyuk insoniy fazilatlarga o‘rganmogamiz lozim... Biz ona O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’ni shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog‘imiz darkor"24.
24 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. -T.: O‘zbekiston, 1996. 83-b
Fitratning vatanparvarligi ham I.Karomov aytganlaridek, yoshlarimiz uchun muhim o‘rnak va namuna bo‘la oladi.
Buyuk faylasuf Xegel: "Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga tayyor ekanliklarida aks etadi" , - degan edi: Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘p qirrali ijod sohibi bo‘lgan Fitratni ham Xegel aytgan xalq qahramonlaridan biri deb hisoblash mumkin. U o‘z jonini Vatan ozodligi yo‘lida fido qildi. Vatan uchun o‘lmoqni o‘z tirikligi deb bildi.