O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


II BOB. ABDURAUF FITRATNING MA’RIFATPARVARLIK FAOLIYATI VA ULARNING AHAMIYATI



Yüklə 126,28 Kb.
səhifə11/14
tarix02.01.2022
ölçüsü126,28 Kb.
#50972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
abdurauf fitratning marifiy qarashlari

II BOB. ABDURAUF FITRATNING MA’RIFATPARVARLIK FAOLIYATI VA ULARNING AHAMIYATI.

2.1. Fitratning Turkiston maorifi va ma’rifatini rivojlantirish va millat ehtiyojiga xizmat qildirish borasidagi faoliyati.


Fitrat o‘zining Turkiston maorifini rivojlantirish va uni millat extiyojiga xizmat qildirish sohasidagi ma’rifatchilik faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda olib bordi:

  • o‘z asarlarida ma’rifatni targ‘ib etish va xalqni ma’rifatga chorlash;

  • yangi usul maktablar tashkil etidi va ularda ta’lim-tarbiya berishda ishtirok qilish, ular uchun darsliklar yozish;

  • gazeta va jurnallar chiqarish, matbuot organlari orqali ma’rifat tarqatish;

  • teatr truppalari tashkil etish orqali ma’rifat va madaniyat tarqatish, truppalarga dramalar yozish;

  • chet ellarga talabalar yuborib, mahalliy mutaxassislar tayyorlanishiga rahbarlik kilish;

  • o‘tmish adabiy va badaniy merosni to‘plash, tahlil va targ‘ib etish;

  • ko‘plab olimlar va muallimlarga ustozlik kilish;

  • xalqni ma’rifatli qilishda o‘qituvchining rolini ko‘rsatish, o‘qituvchilik kasbini ulug‘lash.

Fitrat o‘zining ilmiy va badiiy ijod sohasidagi dastlabki qadamlarini ma’rifat izlash va xalqni ma’rifalta da’vat etishdan boshlaydi. Barcha ilg‘or jadidlar kabi xalqni ilmli, ma’rifatli qilib, hayotni, jamiyatni yangilashga intiladi.

Adib o‘zining "Munozara" va "Xind sayyohi qissasi" kabi dastlabki publitsistik asarlarida ma’rifatning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi, shuningdek madaniyat rivojidagi hayotbaxsh roliga katta ahamiyat beradi.

Buxoroda ilm-fan, o‘qish va o‘qitishning zamonaviy asosda yo‘lga qo‘yilishini, sog’lom va faniy asoslarga ega bo‘lishini marifatli hayot uchun kurashda eng qudratli qurol deb biladi.

Lekin amirliqda ilm-fan, o‘qitish va o‘qish sohasida qoloqlik hukm surayotganligi, o‘quv usullarining eskirganligi sababli xalqqa haqiqiy ma’rifat tarqatish ancha mushkul ish edi. Shuning uchun ma’rifatparvar Fitrat o‘sha davr maktabi va o‘qitish usullarini tubdan isloh qilish talablari bilan chiqadi.

Ilm-fan va madaniyat sohasida xalqimizning orqada qolish sabablarini ham ko‘rsatib berishga harakat kiladi. Adibning fikricha, buning birinchi sababi maktablarda dunyoviy fanlarning o‘qitilmasligi va diniy aqidalarning buzib talkin etilishidadir. Fitrat din hech qachon xalqni nodonlikka chaqirmagan, lekin hukmron tabaqalar din talablarini buzib ko‘rsatib, xalqni dunyoviy bilim olishdan chalg’itib kelgan, - degan xulosani chiqardi. U dunyoviy fanlarga qarshi bo‘lgan mutaassib ruhoniylarni qoralaydi, ularni tafsir, kalomi sharif, payg‘ambar hadislarini yaxshi tushunmagan kishilar deb biladi. O‘zining asarlarida ilmga da’vat qiluvchi hadislardan ko‘plab keltiradi. Masalan, "Ilm agar Chinda bo‘lsa ham uni tilab o‘qingiz", "Bilmaganlar bilganlarga tenglasha olmaydilar" va boshqalar.

Ikkinchi sabab, turli fan va ilmga doir nodir asarlarimizning ayrim hukmdorlar qo‘liga tushib qolib, bu hukmdorlar nodir asarlarning qadriga etmaganliklari oqibatida yo‘qolib ketgan yoki g‘arb sayyoh va savdogarlariga arzon-garovga sotib yuborilganligida deb biladi.

Fitrat qoloqlikning asosiy sabablaridan yana birini mustamlakachilik siyosati ekanligani aytib o‘tadi. Mustamlaka holiga tushishimizga esa mamlakatdagi boylik va saltanat uchun o‘zaro janjallar, turli tabaqalar o‘rtasida hamkorlikning yo‘qligi sabab bo‘lgan deb hisoblaydi.

Mustamlakachi chor hukumati o‘lkamizga Evropa madaniyatini olib kelishi, mamlakatning rivojlanishiga yordam ko‘rsatishi lozim edi, lekin u yerli aholining ilm-fani, milliy madaniyati yuksalishiga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Fitrat Evropaning madaniy millatlari bilan qo‘shila olmaganligimiz va ular bilan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalar o‘rnata olmaganligimizga sabab ham mustamlakachilik siyosati ekanligini aytib o‘tadi.

Chor hukumati - mahalliy xalqlarning milliy qadriyatlari, hissiyotlari, diniga qarshi kurashadi, millatning o‘zini anglashiga olib keluvchi har qanday faoliyatini to‘xtatishga intaladi. Millatga o‘zligani anglatishda yangi maktablar, gazeta va jurnallarnnng roli muhim ekanligani bilgan chor ma’murlari bu sohada ishlarni butunlay taqiqlashga intiladi. Buni Fitratning quyidagi fikrida ko‘rish mumkin: "Bizning diniy va milliy hissiyotlarimizni o‘ldirmoq tilaga bilan Osturmov kabi mutaassib po‘plarning idorasinda gazeta chiqarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz va diyonatimizni onglatmoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar va gazetalar bog‘landi"25.

Bu haqda jadid o‘qituvchilaridan biri Mirmuhsin Shermuhamedov shunday yozgan edi: "Tabiiy Turkistonga maorif inspektori qilib belgilangan, kart missioner Ostroumovning ta’siri ila bizda ... muntazam maktab, madrasa ochila olmas edi. Kart missioner bunga chichroq (iflos) bir qasd ila qarshi keladir edi. Zero, tartibli bir maktab va madrasada o‘qib chiqqan shogirdlarda diniy, milliy his-tuygular bo‘lur edi. Ular missionerning pichroq maslakiga xizmat etmasdilar".

Chor hukumati yangi usul maktablar ochilishiga qarshilik ko‘rsatish bilan birga o‘lkada rus-tuzem maktablarini ochgan edi, bu maktablarda



25 Fitrat A. Turkistonda ruslar.// Sharq yulduzi. 1992 yil №4 38-b

o‘qitishning maqsadi esa mahalliy xalqdan o‘zlari uchun tilmoch va xizmatkorlar tayyorlashdan iborat edi.

Turli qarshiliklarga qaramasdan marifatparvar jadidlar yangi usul maktablar ochishni to‘xtatmadilar, biri yopilsa, ikkinchisini ochib turdilar.

Buxoroda xam yashi maktab 1908 yili ochildi. A.Fitrat yangi maktab ishlarida faol ishtirok etdi. Bu maktablarga chor hukumati ham, amirlik ham qarshi chiqa boshladi. Buni Fitratning quyidagi so‘zlaridan ko‘rish mumkin: "Yangi maktab masalasiga qatnashganlarimiz darhol maktab ochishga, bolalarni o‘qitishga borildilar. Istibdod hukumati bu maktablarning natijasini maktabchilarimizdan ham yaxshiroq bilar ekan. Darhol bu maktablarga qarshi harakatga kirishdi. O‘zining elchilaridan bo‘lgan bir necha masapani maydonga chiqarib, "maktabni kofir qilish" to‘g‘risida so‘z tarqatdi. Natijada albatta maxtabni yopdilar".

Muhammadsharif So‘fizoda Chustdan badarga qilinib, salkam 20 yilcha yurtma-yurt sargardon kezishga majbur bo‘ladi. Abdulla Avloniy "daxriy", "munofiq"qa chiqariladi. Siddiqiy Ajziy 5-6 ming kishi huzurida Ulugbek madrasasi jom’sida "kofir" deb e’lon qilinadi. Toshkentlik Mirmuhsin Shermuhamedov Eski Jo‘va bozori rastalarida sazoyi qilinadi. Qo‘qonda Xamza ochgan maktablar yopilib, o‘zi ta’qibga olinadi. Lekin ta’qiblarga qaramasdan yangi maktablar, uning tarafdorlari ko‘payib boraveradi.

Chor hukumati bu maktablarga qarshi kurashda ulamodan foyda- lanishga intiladi. Ulamo esa zamondan xabarsizligi va din talablarini yaxshi tushunmaganligi sababli, chorizmning yangi maktab bolalarni dindan chiqaradi, degan aldoviga ishonib, yangi maktablarga qarshi chiqadi, maktablarni va undagi o‘qituvchilarini "kofir" qilib turadi. Xalqning ko‘pchilik qismi ham hukumatning aldovlariga uchib, yangi maktablarni

dinga qarshi maktab ekan deb o‘ylaydilar va yangilik tarafdorlariga ishonchsizlik bildiradilar. Lekin yangi maktab afzalliklari tezda ko‘zga tashlanib qoladi.

Jadidlar o‘zlarining ma’rifatga chaqiruvchi g’oyalarini matbuot orqali targ’ib qilishga ham intiladilar.

Buxoro jadidlari yarim ochiq ishlaydigai "Ma’rifat" nonli shirkat tashkil etadilar. Bu shirkatning shahar passajida Ibn Sino nomli kitob magazini va kutubxonasi bo‘ladi. Bularda amirlik siyosatiga zid bo‘lgan kitoblar ham yashirincha sotilgan yoki kishilar kugubxonaga kelib ularni o‘qiganlar.

"Ma’rifat" jamiyati 1912-1917 yillar mobaynida ma’rifat tarqatish va matbaachilik sohasida ancha ishlarni amalga oshiradi. Buxoro ziyolilaridan Fitrat, Ayniy, Sharifjon Mahmud, Xakim Buxoriy kabilarning hukumat siyosatiga zid bo‘lgan asarlarini Turkiston shaharlari va chet ellarda nashr qildirib, xalqqa tarqatadi. Yangi maktablar uchun darsliklar nashr ettiradi.

Fitrat matbuot organlari orqali ham ma’rifat tarqatishga intiladi. Uning ma’rifatga chorlovchi ko‘plab maqolalari Buxoroda o‘zbek tilida chiqadigan "Turon", tojik tilida chikadigan "Buxoroyi Sharif" gazetalarida, Samarqandda chiqadigan "Oyna", "Alanga" jurnallarida, keyinchalik "Qizil O‘zbekiston" gazetasi, “Maorif va o‘qituvchi” jurnalida chiqib turadi.

Adib matbuotning xalqqa ma’rifat tarqdtishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunadi va o‘zi ham matbuot organlari ishida ishtirok etadi. U ma’rifatparvar yozuvchilar Vasliy, Behbudiy, Siddiqiy, kabi o‘zbek va tojik ziyolilari bilan hamkorlikda Samarqandda "Xurriyat" gazetasi ishlaydi. Gazetaga muharrirlik qiladi. Ko‘plab dolzarb mavzulardagi maqolalarini shu gazetada nashr ettiradi.

Turkistonda "Taraqqiy", "Xurshid", "Sadoyi Turkiston", "Oyna" kabi

jadid gazeta va jurnallarining tashkil topishida ham Fitratning xizmatlari katga bo‘ladi.

Uning tashabbusi bilan va muharrirligi ostida 1920 yil 9 aprelda “Tong” jurnali chiqa boshlaydi, lekin uning faoliyati uzoqqa bormaydi, 15 mayda 3-soni chiqib to‘xtab qoladi.

Fitrat teatr san’ati orqali ham xalqqa madaniyat va ma’rifat tarqatishga intiladi. Xujjat asrov materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, u 1914 yillarda Buxoroda havaskor teatrchilik ishini yo‘lga qo‘ygan. O‘zi sahnada rollar o‘ynagan. Teatrdan tushgan pullarni 1914 yil urushda jabr ko‘rgan musulmonlar foydasiga o‘tkazgan. Bunday ishlari uchun Buxoro qushbegasidan martaba olib, dovruga elga yoyilgan. Teatr truppalari uchun dramalar yozib bergan. Uning "Chin sevish", "Arslon" kabi dramalari o‘sha paytlardayoq sahnada qo‘yilgan. Fitrat 1923 y. VLanskiyni teatr ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun Buxoroga taklif etadi.

Adib 1918 nil aprelida Toshkentga kelib, bu erda o‘qituvchilik kiladi. Uning bu erdaga eng katta ishlaridan biri "Chig‘atoy gurungi"ni yo‘lga qo‘ygani bo‘ldi. U jamiyat safida madaniyatimiz tarixida aloxida o‘ringa ega bo‘lgan o‘tmish merosimizni o‘rganish va ulardan xalqni baxramand etish, avlodlarni ajdodlarning o‘lmas ruhiyati bilan bog’lashda katta xizmat qildi.

1921 yil 10 avgustda hukumatning farmoni bilan Buxoroda ochilgan Sharq musiqa maktabining tashabbuskori ham Fitrat bo‘lib, u maktabga o‘z hovlisini hadya etadi.

Alloma Fitrat 1921 yili Buxoroda F.Xo‘jaev tashabbusi bilan tashkil etilgan ilmiy jamiyat ishlarida ham faol qatnashadi. Bu jamiyat nodir kitoblarni to‘plash ishi bilan shugullanardi. Jamiyat harakati tufayli Buxorodaga eng boy kugubxona - amir kutubxonasining bir qismi, Buxoro qozikaloni Sharifjon Mahdumning 300 tomlik kutubxonasi va amir

Abdulahadning ukasi taxt vorisligiga da’vogar Siddiqjon (taxallusi Xashmat) ning to‘plagan kitoblari davlat mulkiga aylantiriladi.

Fitrat mumtoz adabiyotni e’zozlash, o‘rganish bilan birga ularni kelajak avlodlarga ham etkazishga harakat qiladi. Professor N.Karimov "Kutadgu bilig"ninhg topilishi" risolasida asarning Namangan nusxasi topilishida Fitratning roli haqida ayrim lavhalar keltiradi. Asar qo‘lyozmasining Respublika kitob jamgarmalaridan biriga sotilishi, uning ilmiy o‘rganilishi va dunyo yuzini ko‘rishi ham Fitrat nomi bilan bogliq. Adib noyob qo‘lyozmalarni chet el valyutasiga sotib yuborishga qarshi chiqadi.

1921 yil noyabrdan 1923 yil iyunigacha Fitrat Buxoro XR ning maorif noziri lavozimida ishlab barcha o‘zbek, tojik va boshqa millatlarning bolalari uchun yanga maktablar ochish, o‘qituvchilarga metodik qo‘llanmalar tayyorlashda katta ishlar olib boradi.

1921 yili Buxoroda 11 ming o‘quvchilarnii bag‘riga olgan 175 maktab bor edi. 1923 yili Fitratning bevosita rahbarligida yana 40 ta boshlangach va o‘rta maktab, 12 ta internat, 4 ta musiqa maktablari ochildi. 1922 yili mazkur maktablarni o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida Buxoro va Chorjo‘y shaharlarida xalq o‘qituvchilar institutlari tashkil etdi.

1923 yil 4 martda Buxoro maorifchilarining birinchi qurultoyi bo‘lib, unda Fitrat "Maorif ishlari" xususida ma’ruza qiladi. Shu davrlarda ota- onalarning bolalarini maktabga berishga, o‘qitishga qiziqishi pasayganini ko‘radi. Bu ishni zo‘rlik ishlatish bilan hal etib bo‘lmasligini ma’ruzasida ta’shlaydi: "Zotan qurol kuchi bilan bir millatni yuq etmak kulay, bor etmak mumkin emasdir. Qurol kuchi bilan hech bir jamoani madaniyat sari jo‘natib bo‘lmaydir. Shuning uchundirkim, so‘nggi kunlarda maorif nazorati bu masalani bitirmakchi bo‘ldi. Talabalarning davomini tamin etmak uchun boshqa yo‘l tushunildi. Har maktabda o‘qigon talabalarniyag otalari,

volidalari chaqirilib, shul maktabda bir majlis yasaldi. Majlisda to‘plangan otalar o‘z oralarindan uch kishilik komissiya sayladilar. Mana shul uch kishilik otalar komissiyasiga topshirildikim: bunlar maktab foydasini ham xalq oldinda xam nazorat oldinda ham mudofaa etsunlar. Talabalar kelmaganda o‘zlari turli tadbirlar bilan keltursinlar" .

Fitrat qizlar maktablarini ko‘paytirish, qizlarni ko‘proq maktablarga jalb etish, ishlar ittifoqi bilan olib boriladigan ishlarni kuchaytirish, qisqa muddatli savod kurslari ochish, rus tili maktablarini ochish, mehnat maktablarini isloh qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tadi. U xotin-qizlarni o‘qitish masalalariga alohida e’tibor beradi. Jamiyatni nodonliqdan qutqarish uchun avvalo xotin-qizlarni ma’rifatli qilish kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun 1923 yili 3 ta qizlar maktabi tashkip etadi.

U yoshlarni chet tillarni o‘rganishga da’vat etadi. Mamlakatni rivojlantirish uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo‘lish lozim deb biladi. Hatto yoshlarni chet ellarga borib o‘qib kelishga da’vat etadi: "Boshqa tomondan Buxoroning zehni o‘tkir yigitlarini, yoshlarini Ovro‘poga yuborib, tib ilmini o‘rgatishsin". Bu fikrni u 1911- yildayoq aytib, talabalarni Evropa shaharlarida o‘qib kelishlari uchun ketadigan harajatlar miqdorini, bu harajatni madrasaning vaqf puli hisobidan berish mumkinligini, shu yo‘l bilan 1 yilda 10 ta talabani faqat tib ilmini o‘rganish uchun chet elga yuborish mumkinligini hisoblab beradi. Bu 10 ta talaba to‘rt yilda o‘qishni tugatib kelgach, yana 10 ta talabani yuborish mukinligini ta’kidlaydi. Shu yo‘l bilan o‘zimizdan mutaxassislar tayyorlashni taklif etadi.

Jadidlardan yana biri Abdulhamid Cho‘lpon hatto qizlarni ham chet eldarga yuborishni taklif qiladi: "O‘zbekning erkin yigitlari emas, tutqun qizlari ham isyon boshlasa, o‘zi uchun eng totli bo‘lgan elidan, ota-onasidan kechib, minglab chaqirim erga ketsalar, odam qatori haqqini, turtin emasdan,

urilmasdan, so‘kulmasdan o‘z huquqini ortug‘i bilan qozona olamiz. Eski turmush o‘lim to‘shagida"26.

Fitrat chet elga talabalar yuborish haqidagi fikrlarini o‘zi Buxoro xalq maorifi noziri bo‘lib ishlagan davrda amalga oshiradi. U 1922-1923 yillarda Turkistondan Germaniya, Turkiyaga talabalar yuborish, u erdagi ilg‘or Evropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika sirlarini o‘rganish, yangi Buxoro XR va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi mahalliy milliy kadrlar tayyorlash tashabbuskori va tanlovchilaridan biri bo‘ldi. Shu davrdagi Buxoro xalq respublikasi raisi Fayzullo Xo‘jaev, Turkiston Sho‘rolar respublikasi rahbarlari Turor Risqulov, Abdulla Rahimboev, Nazir To‘raqulovlar bilan birga Olmoniyaga o‘qishga jo‘natadi. Buxoro milliy hukumati 46 nafar va Turkiston tomonidan Olmoniyaga tahsil olish uchun turli shaxarlardan jami 60 dan ortiq o‘quvchilar yuborildi, ularning ichida 8- 10 yoshli bolalar ham bor edi. Ularning boshlang‘ichdan oliy maktabgacha tahsil olishi ko‘zda tutiladi. Bolalar olmon oilalariga joylashtiriladi. Buxoro hukumati talabalar nazorati uchun "Buxoro kultur komission"i tuzadi. Talabalarning Olmoniyada yashashi, o‘qishi, tarbiyasidan xabar olib turiladi.

Fitrat va Buxoro hukumati talabalarning kelgusidagi tahsili uchun Olmoya bankiga dollar o‘tkazadi. Olmoniyadaga o‘zbeklar "Ko‘mak" nomli o‘zbekcha jurnal chiqarishadi.

Fitrat keyin ham o‘zining xalqqa madaniyat va ma’rifat tarkatish sohasidagi faoliyatini davom ettirdi. 1918-1920 yillarda partiya matbuotida, sovet maktablari va o‘quv yurtlarida xizmat qiladi. Faqat adabiyotdan emas, algebra va geometriyadan ham dars beradi.

Fitratning tashabbusi bilan boshqa shaharlardan Cho‘lpon, Uyg‘ur va



26 Cho’lpon Abdulhamid Sulaymon. Istiqlol uchun kurash. Sovet O’zbekistoni.-T: 1990. 138-b

ko‘plab ijodiy xodimlar Buxoroda ishlash uchun taklif etiladi. U 1923-24 yillarda Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi. U bu yillari Lazarev nomidaga jonli Sharq tillari institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi, shu erda va Leningrad universitetida ma’ruza o‘qiydi. Leningrad universiteti uni klassik adabiyot namoyondalari to‘grisidagi tadqiqotlari uchun professorlikka tavsiya qiladi. Jonli Sharq tillari institutining ilmiy Kengashi unga professorlik unvoni berish haqidagi tavsiyani tasdiqlaydi.

Adib Moskvadan qaytgach, Samarqandda yashaydi. 1924 yili Sa- marqand xoreografiya o‘quv yurtida, 1925 yildan turli madaniy-oqartuv, o‘quv va ilmiy tadqiqot institutlarida ishlaydi. 1924 yili Samarqand pedakademiyasi tashkil topgach, shu yerda o‘zbek adabiyoti tarixi va o‘zbek tilidan dars beradi. Yangi o‘zbek alfaviti komitetida (1926); Buxoro va Toshkent o‘qituvchilar institutlarida; 1931-1933 yillarda O‘zbekiston madaniy-kurilish ilmiy-tadqiqot institugi, 1934-1937 yillarda esa til va adabiyot ilmiy oliygohida ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugullanadi.

Professor Fitrat o‘sha yillardayoq akademik A.Samoylovich, Smalov, E.E.Bsrtelslar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyodagi mahalliy millatlardan sharqshunos olimlar, muallimlar tayyorlash ishiga yaqindan yordam beradi. Yahyo G‘ulomov, Ibrohim Mo‘minov, Oybek, Xodi Zarifov, Izzat Sulton, Homil Yaqubov, Rahim Hoshim kabi taniqli adabiyotshunos va olimlarga bevosita yoki bilvosita murabbiylik qiladi.

1934 yil O‘zbekiston fanlar komiteti qoshida tuzilgan mustaqil ilmiy- tadqiqot institutlariga aylangan ilmiy muassasalarda taniqli olimlar Og’ajon Hoshim, G‘ozi Yunusovlar bilan birga yosh adabiyotshunos va tilshunos olimlarga o‘zbek tili adabiyoti tarixi va fors tilidan dars beradi.

Ma’rifatparvar Fitrat xalqni nodonlikdan, yurtni qashshoqlik, zulm va asoratdan kutqazishda o‘qituvchining o‘rni juda katta ekanligini tushunadi.

Xalqqa madaniyat va ma’rifat tarqatishning ahamiyati katta ekanligini tushunadi. Xalqqa madaniyat va ma’rifat tarqatish sohasida ham asosiy hal qiluvchi kuch o‘qituvchi deb biladi. U xalqqa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan, yorug‘ yo‘llarga boshlaydigan, g‘aflat uyqusidan uygotadigan, uning ongini ochadigan ham o‘qituvchi ekanligin aytib, o‘z she’rlarida o‘qituvchini tarannum etadi. O‘qituvchi o‘z ilmi bilan, ma’rifat nuri bilan butun Turkistonni ham bu og‘ir kunlardan chiqarib, yorug kunlarga etkazib borishiga ishonadi. Fitrat o‘qituvchini "ma’rifat arsloni", deb ulug’laydi. "O‘qituvchilar yurtiga" she’rida o‘qituvchi va ilmni dunyoni o‘zgartiruvchi kuch sifatida ta’riflaydi.

SHunday qilib, ma’rifatparvar Fitrat o‘z faoliyati davomida xalqni ma’rifatli qilish, nodonlikdan qutqarish, madaniyat tarqatish va shu orqali mamlakatni yuksaltirish uchun intildi. U dastlabki asarlaridayoq ma’rifatning jamiyat rivojidagi ahamiyatini ko‘rsatish bilan birga xalqni ma’rifatga da’vat etdi.

Fitrat Turkistonda maorif yuksalishiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Xalqni nodonlikdan kutqarishda yangi usul maktablarning o‘rnini muhim deb bilib, bunday maktablarni tashkil etish va ularda ta’lim-tarbiya berishda ishtirok etdi. Musiqa maktabi tashkilotchisi bo‘ldi. O‘quv muassasalari uchu darslik va qo‘llanmalar yozdi, nashr ettiradi.

Fitrat milliy o‘zligimizni anglashda o‘tmish adabiy va madaniy merosining ahamiyatini muhim deb bilib, uni chuqur o‘rganib taxlil etib xalqqa yetkazib beradi. Xalqning madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishda ham o‘tmish meros asos bo‘ladi deb hisoblaydi.

U Turkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun keng ilmiy bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar kerakligini tushunib, mahalliy millat vakillaridan chet ellarga o‘qishga yuborish ishlariga boshchilik qiladi.

Olim turli o‘quv yurtlarida ishlab, ko‘plab mutaxassislar tayyorylash ishida faol ishtirok etadi. Turkistonning madaniy va ma’naviy yuksalishi uchun tinmay kurashadi.



Yüklə 126,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin