Gersin burmalanishi – paleozoy erasining devon davri o‗rtalaridan mezozoy
erasining trias davri o‗rtalarigacha davom etgan tog‗ hosil bo‗lish bosqichi.
Gidrosfera (yunoncha gidro – suv, sfera – shar) – Yer sharining okean va
dengizlar, daryo va ko‗llar, qor va muzliklar, atmosferadagi suvlar va yer osti
suvlaridan iborat suv qobig‗i. Gidrosferaning 96,5% i okean va dengizlarga, 17% i
yer osti suvlariga, 1,7% i muz va qor suvlariga to‗g‗ri keladi. Bundan tashqari,
atmosfera va tirik organizmlar tarkibida oz miqdorda suv bor. Gidrosferaning
umumiy hajmi 1386 mln. kub km.
Daryo vodiysi – yer yuzasida uzunasiga cho‗zilgan qiyosan kambar
soylik. D V-lari oqar suvlarning ishi natijasida vujudga kelgan bo‗lib, daryo
oqadigan tomonga nishab va ko‗pincha egri-bugri bo‗ladi.
Daryo havzasi – biron-bir daryo sistemasiga suv keladigan maydon, hudud.
D. h-ni ko‗pincha daryoning, suv yig‗adigan havzasi deyiladi.
Delta – daryoning dengizga yoki ko‗lga quyilish joyida suvda oqib kelgan
jinslarning cho‗kib to‗planishidan hosil bo‗lgan tekislik.
Dostları ilə paylaş: |