Bir butunlik qonuniyati – tabiatda barcha komponentlar va hodisalarning
o‗zaro bir-birlari bilan bog‗lanib ketib, bir butun tabiiy muhitni hosil qilganligi.
Tabiatda uning barcha qismlari, hamma elementlari, hodisalar o‗zaro bog‗lanib
ketgan hamda muayyan muvozanatda turadi. Tabiatdagi biror komponent, element
o‗zgarsa, bu o‗zgarish boshqa komponentlarga ham ta‘sir etib, butun tabiiy muhitni
o‗zgarishga olib keladi. Tabiatga puxta o‗ylanmay ko‗rsatilgan ta‘sir ko‗pincha
salbiy oqibatlarga olib keladi.
Botqoqlik – doimo yoki uzoq vaqt zax bo‗lib yotadigan joy. Botqoqlikda
ba‘zan 0,2-0,3 m qalinlikda torf qatlami bo‗ladi. O‗simliklarning ildizlari torf
ostidagi qatlamga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa bo‗lsa botqoqlashgan yerlar
deb ataladi. Botqoqlik o‗rmonn kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarda va
o‗tloqlarni uzoq vaqt suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o‗t qoplashi
natijasida hosil bo‗ladi.
Buloq, ch a sh m a – yer osti suvlarining yer yuzasiga tabiiy holda chiqishi.
B. suvli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolgan joylar – vodiylar, soylar jarlar, tog‗
yonbag‗irlari, tog‗ etaklarida bo‗ladi. B. lar bosimli va bosimsiz bo‗ladi.
Burmalanish – Yer po‗stida yon tomondan bo‗ladigan kuchli tektonik bosim
ta‘sirida qatlamlarning bukilib, burmalar hosil qilishi. B. natijasida burmali tog‗lar,
ular orasida botiqlar – tektonik vodiylar paydo bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |