Tayansh iboralar: Geografik qobiq, landshaft, landshaft sferasi, yaruslilik,
abiogen, biogen, antropogen. Jonsiz tabiat, tabiat zonasi, zonallik, amaliy
geografiya, tabiiy geografik rayon, landshaft, landshaft zonasi.
Tabiiy geografiya - geografik qobiqni, uning tarkibiy tuzilishi, rivojlanish va
hududiy bo‘linish qonuniyatlarini o‘rganadi. Geografik qobiq sayyoramizning
moddiy tarkibi va tuzilishiga ko‘ra murakkab qismi bo‘lib, troposferani, litosferani
ustki qismini butun gidrosfera va biosferani o‘z ichiga oladi.
Geografik qobiq bir butun sistema bo‘lib, Yer sharining boshqa qismlaridan sifat
jihatidan farq qiladi. Uning bir butunligi alohida tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
uzluksiz modda va energiya almashinib turishida namoyon bo‘ladi. Geografik
qobiqninng o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, Yer sharining faqat shu
qismida moddalar bir vaqtning o‘zida uch xil holatda uchraydi. Uning yana bir
xususiyati shundan iboratki, aynan geografik qobiqda Quyosh energiyasining
yutilishi va transformasiyalanishi natijasida ko‘p qirrali jarayonlar sodir bo‘ladi.
Tabiiy geografiyaning predmeti yoki tadqiqot ob‘ekti to‘g‘risida quyidagi to‘rtta
tushunchani ajratish mumkin:
Tabiiy geografiyaning ob‘ekti haqidagi birinchi eng keng tarqalgan tushuncha bu
«geografik qobiq» tushunchasidir. Bu tushunchani dastlabki namoyondasi
P.I.Brounov (1910) dir. U bu haqdagi o‘zining dastlabki fikrlarini o‘zining tabiiy
geografiyada tuzgan dasturida bildirgan. Uning fikrisha, tabiiy geografiya Yerning
qiyofasini, ya‘ni, Yerning turli hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi
qobig‘ini o‘rganadi. Bu qobiq o‘zaro tutashgan va aloqada bo‘lgan qobiqlardan
tashkil topgan. P.I.Brounov bu sferalarning barshasi bir-biri bilan ta‘sirda bo‘lib,
Yerning qobig‘ini tashkil qiladi va Yerdagi barsha hodisalarni keltirib chiqaradi.
Bu o‘zaro ta‘sirni o‘rganish tabiiy geografiyani eng asosiy vazifalaridan birini
tashkil etadi deb yozgan. Keyinshalik uning fikrlari A.A.Grigorev tomonidan
rivojlantirildi va geografik qobiq haqidagi ta‘limot vujudga keldi. Geografik
qobiqning mavjudligi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy geografiyaning
ob‘ekti ekanligini ko‘pchilik geograflar tomonidan tan olingan. Ammo uning
4
nomi, chegaralari haqida hanuzgasha munozaralar davom etmoqda. Geografik
qobiq haqidagi ta‘limotning asochisi hisoblangan A.A.Grigorev o‘zi ham uni
turlisha nom bilan atagan. Masalan, 1930 yilda «geografik muhit», 1937 yilda
―tabiiy geografik qobiq‖, 1964 yilda esa ―geografik qobiq‖ deb atagan.
Geografik qobiq haqidagi ta‘limotni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
S.V.Kalesnik ham dastlab ―geografik qobiq‖ tushunchasini ishlatgan bo‘lsa,
keyinshalik 1955, 1970 yillarda u ―landshaft qobig‘i‖ atamasidan foydalana
boshladi. Yerning tashqi qobig‘ini geografik adabiyotda ―landshaft qobig‘i‖
(Yu.K.Efremov, 1950, V.B.Soshava,. 1956), ―landshaft sferasi‖ (Yu.K.Efremov,
1959, D.L.Armand, 1975), ―epe-geosfera‖ (A.G.Isashenko, 1965, 1991),
―geosfera‖ (A.M.Ryabulnov, 1978) nomlari bilan uchraydi.
Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob‘ekti to‘g‘risidagi uchinchi tushuncha bu -
geografik komplekslar haqidagi tushunchadir. Tabiiy geografiyaning tadqiqot
ob‘ekti aynan ana shu tabiiy geografik bo‘lishi kerakligini A.G.Isashenko (1953),
N.A.Solnsev (1955), L.E.Setunskaya (1956), K.K.Markov (1970), va boshqalar
ta‘kidlab o‘tgan. Ammo bunday fikrni birinchi bo‘lib A.N.Krasnov bildirgan
(1895). Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob‘ekti haqidagi uchinchi tushuncha bu -
―tabiiy muhit‖ yoki ―geografik muhit‖ tushunchasidir. Bu tushuncha ommabop
adabiyotlarda, ba‘zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda keng ishlatiladi. Geografik muhit
bilan geografik qobiq atamalarining izohlarida o‘xshashliklar mavjud. Shuning
uchun ham K.K.Markov (1951), I.I.Zabelin (1952), I.P.Gerasimov (1956) va
boshqalar ―geografik muxit‖ atamalaridan foydalanganda albatta inson faoliyatini
va uning ta‘sirini ko‘zda tutganlar. N.A. Gvozdeskiy (1979) esa tabiiy geografiya
geografik ishlab chiqarish texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida geografik
muhitning chegaralari geografik qobiqning chegaralariga mos kelib qoldi va
Shuning uchun tabiiy geografiyaning tadqiqot ob‘ekti bittadir, u ham bo‘lsa
―geografik muhitdir‖ deb yozadi.
Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob‘ekti haqidagi to‘rtinchi tushuncha geotizimlar
tushunchasidir. Tabiiy geografiyaga birinchi bo‘lib ―geotizim‖ tushunchasini
kiritgan olim V.B.Soshava (1963) hisoblanadi. V.B.Soshavaning fikrisha
geotizimlar haqidagi ta‘limot tabiiy geografiya fanining ―o‘zagi‖ hisoblanadi.
A.G. Isashenko ham tabiiy geografiyaning ob‘ekti bo‘lib geotizimlar hisoblanadi
va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa ta‘rifidir degan fikrni bildiradi.
Geografik qobiqni tuzilishi jihatidan eng murakkab bo‘lgan qismi bu, litosfera,
gidrosfera va biosferalarning bevosita tutashib va o‘zaro ta‘sir etib turadigan
qismidir, ya‘ni quruqlik yuzasi, dunyo okeani yuza qatlami va okean tubi.
Geografik qobiq qismlarining aynan shu tutashib turgan joylarida yirik
organizmlarning eng ko‘p to‘planganligi kuzatiladi. Geografik qobiqning yuqorida
ta‘kidlangan uchta tarkibiy qismining o‘ziga xosligi xilma-xil geografik
komponentlar
yig‘indisida
namoyon
bo‘ladigan
murakkab
hududiy
differensiatsiyalanishidir.
Tabiiy geografik komponentlar deganda biz - 1) qattiq yer po‘sti massasi, 2)
gidrosfera massasi, 3) havo massalari, 4) biota-organizmlar yig‘indisi, 5) tuproqni
tushunamiz. Bundan tashqari rel‘ef va iqlim ham alohida geografik komponent deb
qaraladi.
5
Geografik qobiqning rivojlanish jarayonida uning komponentlari quruqlik yuzasida
okean va dengizlarda ular ostida qonuniy va hududiy chegaralangan
geokomplekslarni hosil qiladi.
Geosistemalarni ajratishda ularning o‘zi ham oddiy va murakkab birliklardan
tashkil topishini hisobga olish kerak. Geosistemalar uchta asosiy darajaga bo‘lib
o‘rganiladi, ya‘ni, 1.Global; 2.Regional; 3.Kichik(lokal).
Global darajadagi geosistemaga Yer yuzasida faqatgina geografik qobiq kiradi.
Regional geosistemalarga geografik qobiqning tuzilishi jihatidan murakkab
qismlari bo‘lgan landshaft zonalari, spektrlar, o‘lkalar, provinsiyalar kiradi.
Kichik yoki mahalliy geosistemalarga regional geosistemalarni hosil qiluvchi,
nisbatan oddiy geosistemalar urochisha, fatsiya, joy tipi va boshqalar kiradi.
Regional va mahalliy geosistemalar yoki tabiiy hududiy komplekslar landshaft
tadqiqotlarining ob‘ekti hisoblanadi.
Shunday qilib, landshaftshunoslik fani geokomplekslarni, ularning tuzilishi,
rivojlanishi
va
joylashishini
o‘rganadi.
Boshqasha
qilib
aytganda,
landshaftshunoslik tabiiy geografiyaning ajralmas qismi bo‘lib, geografik
qobiqning hududiy bo‘laklanishini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Rus olimi Yu.X.Efremov geografik qobiq tushunchasini landshaft qobig‘i
tushunchasiga almashtirishni taklif etgan bo‘lib, geografiya fani ob‘ekti geografik
qobiq bo‘ladigan bo‘lsa, bu hamma narsani mohiyatini ochib bera olmaydi deb
ta‘kidlaydi. Ammo uning bu fikri tan olinmaydi. Shunki landshaft qobig‘i tabiiy
geografiyadan fan predmetini aniqlashda geografik qobiqqa nisbatan qo‘shimcha
ma‘lumotlarni talab etadi. Shunday bo‘lsada, geografik qobiq ichida landshaft
sferasi ajratiladi. Bu sfera atmosfera, litosfera, gidrosferalarning bevosita
to‘qnashishi va o‘zaro ta‘sirida vujudga keladi. Landshaft sferasida yirik
organizmlarning 99% i joylashgan. Shuning uchun ham u er geografik qobiqning
biologik fokusi deb ataladi.
Landshaft sferasi, bu quruqlik va okeanlarni qamrab olgan landshaft komplekslari
yig‘indisida landshaft sferasi tarkibiga nurash po‘sti, tuproq, o‘simlik, hayvonot
dunyosi va havoning yer yuziga tegib turgan qismi kiradi.
Yerning geografik qobig‘i va uning tarkibiga kiruvchi landshaft sferasi uzluksiz
rivojlanishda bo‘ladi. Bu rivojlanishning asosiy sababi geografik qobiq
komponentlari orasidagi modda va energiya almashinuvidir.
Geografik qobiq va landshaft sferasi taraqqiyotida asosan uchta bosqich ajratiladi:
1. Abiogen 2. Biogen 3. Antropogen.
Dostları ilə paylaş: |