fatsiyalar (mikrolandshaft yoki elementar landshaft) dan tuzilganligi, ularning
o‘zaro aloqadorligi, ya‘ni landshaftlarning morfologik tuzilishi haqidagi tushuncha
shakllana boshlandi.
A.G.Isashenkoni fikrisha (1991) hozirgi zamon geografiyasidagi asosiy g‘oya
planetamizni tashqi sferalarini hosil qiluvchi tabiiy komponentlarning o‘zaro
bog‘liqligi va aloqadorligi g‘oyasidir. Bu g‘oyaning ildizlari A.Gumbold va
V.V.Dokuchaevlarga borib taqaladi. Geografik qobiqning o‘zi ham eng katta tabiiy
geografik kompleks deb e‘tirof etiladi.
XX asr 40-yillarning ikkinchi yarmida landshaftlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish
yanada kuchaydi. Bu vaqtga kelib tabiiy geografik komplekslar, landshaftlar ham
tabiiy komponentlarning o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan tizimi ekanligi va ular
turli taksonomik qiymatga ega ekanligi haqida tushunchalar mavjud bo‘lib,
geografik adabiyotda lanshaftshunoslikka oid muammoli ilmiy - nazariy masalalar
tez-tez muhokama qilina boshlandi. Turli hududlarda turli masshtabdagi landshaft
izlanishlari o‘tkazila boshlandi va to‘plangan aniq ma‘lumotlar asosida
landshaftlarni tadqiq qilish uslublari ishlab chiqila boshlandi. Ammo, hali ko‘pgina
kamchiliklar mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi landshaft haqidagi ta‘limotning
umumiy nazariyasi ishlab chiqilmagan edi. Landshaft izlanishlarining amaliyot
bilan bog‘lanishi ham hali sust borayotgan edi. Landshaftshunoslikning nazariy
asoslarini yaratish va uni xalq xo‘jaligida foydalanishda landshaftlarni xaritaga
tushirish ishlarining ahamiyati hammaga ayon bo‘lib qolgan edi.
1948-49 yillarda N.A.Solnsevning bir qator ilmiy mulohazalari e‘lon qilinishi
ladshaftshunoslikning keyingi taraqqiyotiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. Shunki
bu vaqtga kelib tabiiy geografik kompleks landshaftning tabiiy komponentlari
o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan bir butunni tashkil qilishi, uning turlisha
taksonomik qiymatga ega ekanligi haqidagi fikrlar aytilgan bo‘lsa ham, qaysi
qiymatdagi tabiiy geografik komplekslarni landshaft deb atash mumkin, bu
ladnshaft boshqa landshaftlar bilan qanday nisbatda bo‘ladi, landshaftni belgilab
beruvchi asosiy xususiyatlari qaysilar, ular qanday hosil bo‘ladi va qanday
rivojlanadi degan savollarga hali javob berilmgan edi. N.A.Solnsevning ilmiy
maqolalari ana shu masalalarni yoritib berishga qaratilgan edi. U o‘zining «Tabiiy
geografik landshaftlar morfologiyasi haqida»(1949) nomli maqolasida landshaft
tushunchasiga yanada to‘laroq ta‘rif berishga harakat qilib «tabiiy geografik
landshaft deganda shunday bir genetik hudud tushuniladiki, unda hududning
geologik tuzilishi, rel‘ef shakllari, yer usti va yer osti suvlari, mikro iqlimi, tuproq
xillari, fito va zoosenozlarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yig‘indisining qonuniy va
tipik qaytalanishi kuzatiladi» deb yozadi. Shu bilan birga landshaft boshqa tabiiy
hosilalar singari, o‘z rivojlanishida dialektik qonuniyatlarga bo‘ysunadi, ya‘ni hosil
bo‘lgunisha uzluksiz rivojlanadi va o‘zgaradi. Bu rivojlanishni harakatlantiruvchi
asosiy kuchlar esa uning o‘zida hosil bo‘ladigan kichik qarma-qarshiliklardir deb
ta‘kidlab o‘tadi.
10
1953-yilda A.G.Isashenkoning «Tabiiy geografiyaning asosiy masalalari» nomli
kitobining bosilib chiqishi landshaftshunoslik va tabiiy geografiyaning taraqqiyoti
tarixida katta voqea bo‘ldi. Bu kitobda tabiiy geografiya va landshaftshunoslikka
oid bo‘lgan munozarali muammolar ma‘lum ma‘noda tanqidiy baholandi. Ushbu
asar o‘z vaqtida dolzarb bo‘lib turgan uchta yirik masala, ya‘ni, 1) lanshaft
haqidagi ta‘limot, uning rivojlanishi va holati, 2)landshaftning asosiy qonuniyatlari
hamda 3) geografiyada miqdor ko‘rsatkishlardan foydalanish masalalari
ko‘rsatilgan hamda ularni ilmiy tahlil qilishga bag‘ishlangan edi. A.G.Isashenko
landshaft haqidagi ta‘limotning tahliliga yakun yasar ekan, «geografik landshaft
geografiyaning asosiy birligi, rayonlashtirishning birligidir, ya‘ni elementar tabiiy
geografik kompleksning o‘zginasi ekanligini e‘tirof etmoqda deb hisoblash kerak.
Landshaft va geografik rayon mohiyatan sinonimlardir. Undan kattaroq tabiiy
geografik rayonlar (oblast, provinsiya, o‘lkalar, zonalar va h.k.) landshaft (tabiiy
geografik) rayonlashtirishning taksonomik birliklari deb qaralmog‘i lozim» deb
yozadi.
Lanshaftshunoslik fanining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli
olimlardan yana biri F.N.Milkovdir. U, qariyb 40-45 yili mobaynida
landshaftshunoslikda o‘ziga xos «landshaft-umumiy tushunchadir» degan g‘oyaga
asoslangan yangi yo‘nalishning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan va keng
targ‘ibot qilgan tabiiy geograflardandir. F.N.Milkovning fikrisha landshaft
tushunchasi iqlim, tuproq, o‘simlik yoki rel‘ef kabi umumiy tushunchadir va bu
hududning katta yoki kichikligidan qat‘iy nazar tadbiq qilinishi mumkin. Masalan,
o‘rmon landshaftlari, tog‘ landshaftlari, qum landshaftlari, botqoqlik landshafti
kabi. U o‘zining landshaft haqidagi ta‘limot va geografik zonallik masalalariga
bag‘ishlangan monografiyasida landshaft tushunchasiga shunday ta‘rif beradi,
ya‘ni «Tabiiy geografik landshaft, tabiiy elementlarning murakkab tabiiy geografik
jarayoni tufayli o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan majmuidan iboratdir va ko‘z
o‘ngimizda tarixan shakllangan, uzluksiz rivojlanishda va kishilik jamiyati
ta‘sirida bo‘lgan u yoki bu qiyofadagi hududiy guruhlashmalar ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi». Uningsha, landshaftshunoslik katta-kichikligi jihatidan
sheklanmagan va yer yuzasida ob‘ektiv mavjud bo‘lgan barsha landshaftlarni,
jumladan yerning landshaft sferasini ham o‘rganadigan fandir.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda landshaftshunoslikka bo‘lgan qiziqish,
landshaftlarni o‘rganishga bo‘lgan e‘tiborni kuchayishi 1960-70 yillarga to‘g‘ri
keladi. Bu vaqtda landshaftshunoslikka oid ilmiy ishlar, kitoblar, to‘plamlar
ko‘plab nashrdan chiqarila boshlandi. Landshaftshunoslik masalalari geografiya
jamiyati anjumanlarida va landshaftshunoslik muammolariga bag‘ishlangan ilmiy
konferensiyalarda keng muhokama qilina boshlandi. Muhokamalarga olib
chiqilgan masalalarning aksariyati, landshaftshunoslikning nazariy masalalari,
landshaft tadqiqotlar uslublariga va amaliy landshaftshunoslik mavzulariga
bag‘ishlangan edi.
1960-yillarning o‘rtalaridan boshlab kishilik jamiyatining atrof-muhitga bo‘lgan
ta‘siri ortib ketganligi tabiiy boyliklardan foydalanishdagi xo‘jasizlik, katta
maydonlarda o‘rmonlarning qirqilib ketishi, unumli yerlardan, suvdan oqilona
foydalanmaslik, suv havzalari, tuproq, havoning jadal su‘ratlar bilan ifloslanishi
11
orqali tezda sezila boshladi, ba‘zan o‘zining salbiy oqibatlari bilan e‘tiborni jalb
qila boshladi. Endi u yoki bu hayvon yoki o‘simlik turini saqlab qolishgina emas,
balki insonning o‘zi yashab turgan muhiti hisoblangan landshaftlarni bir butun
holida muhofaza qilish, tiklash va yaxshilash muammosi dolzarb bo‘lib qoldi. Ana
shunday murakkab hamda ko‘p mehnat va mablag‘ talab qiladigan muammoni hal
etishning ilmiy asoslarini yaratishda landshaftshunoslikning ahamiyati katta
ekanligi ma‘lum bo‘lib qolgan edi. Natijada landshaftshunoslar oldida faqat
landshaftlarni aniqlash emas, balki xaritaga tushirish va ularni ta‘riflab berish
hamda ularni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rifojlantirish nuqtai nazardan
baholash, landshaftlarni keyingi rivojlanishi insonning xalq xo‘jaligidagi faoliyati
ta‘sirida qaysi yo‘nalishda borishini va o‘zgarishini oldindan aytib berish
(bashoratlash) zaruriyati tug‘ildi. Bunday masalalarni ijobiy hal etish uchun
landshaftshunoslik o‘zining an‘anaviy uslublardan tashqari geokimyoviy,
geofizikaviy va ekologik usullardan foydalanishga majbur bo‘la boshladi.
Landshaftshunoslarni landshaftlarda ro‘y beradigan modda va energiya
almashinuvi landshaftlar imkoniyatlarini o‘rganishni yanada qiziqtira boshladi.
Bunday masalalarni o‘rganish landshaftlarni bevosita joyida, tabiiy geografik yoki
landshaft stasionarlari tashkil qilib o‘rganishni taqozo etadi. Shunki
landshaftlardagi biomassa va uning mahsuldorligi, moddaning biologik aylanishi
va biogeosiklni, suvning harakati va aylanishini, modda va energiyaning landshaft
komponentlari orasida, landshaftning morfologik qismlari orasida, hamda bir
landshaft bilan qo‘shni landshaftlar orasida ko‘chib yurishi va taqsimlanishi kabi
masalalarni o‘rganish shunday stasionarlar tashkil qilish zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
Tabiiy geografik va landshaft stasionarlarida to‘plangan aniq ma‘lumotlar tahlili
natijasida anshagina nazariy xulosalar yuzaga keladi. Ulardan eng asosiysi
landshaft yoki boshqa tabiiy geografik komplekslar, jumladan geografik qobiqni
ham geotizim deb qarash bo‘ldi. Shu bilan birga landshaftshunoslikda funksional-
dinamik landshaftshunoslik shakllana boshladi.
Landshaftshunoslik
yoki
tabiiy
geografiyaning
rivojlanish
tarixi
bilan
shug‘ullangan tadqiqotchilarni ko‘pchiligi fanning taraqqiyot tarixini ma‘lum
bosqichlarga yoki davrlarga bo‘lib o‘rganishga harakat qilganlar. Jumladan, rus
geografiyasida tabiiy-hududiy komplekslar haqida tushunchalarni rivojlanishi
Mavzuida maxsus izlanishlar olib borgan N.G.Suxova (1981) to‘rtta davrni
ajratadi, ya‘ni:
I. XIX-asrning 80-yillaridan XX-asrning 10-yillarigasha bo‘lgan davr. Bu tabiiy
geografik kompleks g‘oyasini tug‘ilish davridir.
II. 20-30 yillar davri. Bu davr landshaft tabiiy geografik kompleks ekanligi
haqidagi tushunchaning ommalashuv davridir.
III. 40-yillardan 60-yillarning boshigasha bo‘lgan davr. Bu landshaft haqida
ta‘limotning nazariy asoslari ishlab chiqilgan davr hisoblanadi.
IV. 60-yillar boshidan 80-yillargasha bo‘lgan davr, ya‘ni tabiiy geografik
komplekslar geotizimlar ekanligi haqida tushunchaning ishlab chiqilishi, tarqalishi
davri.
12
1950-yillarnig oxirida Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy
Universiteti) tabiiy geografiya kafedrasini olimlari L.N.Babushkin va N.A.Kogay
tomonidan O‘zbekiston xududini qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabiiy geografik
rayonlashtirish Mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarining boshlab yuborishi ham
O‘zbekistonda landshaftshunoslikning taraqqiyot tarixidagi muhim voqealardan
edi. Shunki shu Mavzuda o‘tkazilgan bir qator ilmiy anjumanlarida tabiiy
geografik rayonlashtirishning asosiy uslubi tipologik birliklarni tahlil qilish
natijasida tabiiy geografik rayonlarni aniqlash ekanligini ta‘kidlab o‘tilgan edi.
Natijada, tarixda birinchi marotaba O‘zbekistonning landshaft xaritasi yaratildi va
1964-yilda nashrdan chiqdi. Xuddi shu yili ushbu mualliflarning «O‘zbekistonning
tabiiy geografik rayonlashtirish» degan monografiyasi ham bosilib chiqib, unda
landshaftlarning qisqasha tavsifi ham berilgan edi. Shu yerda yana bir narsani
ta‘kidlab o‘tmoqchimizki L.N.Babushkin bilan N.A.Kogayning ilmiy hamkorligi
15 yildan ortiq vaqt davom etib nihoyatda samarali bo‘ldi. Ular mualliflikda juda
ko‘p ilmiy maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalari yaratdilar.
O‘zbekistonlik geograflar orasida landshaftshunoslik masalalariga bo‘lgan qiziqish
1960-70 yillarda yanada avj oldi. Bu vaqtda bir qator yosh hamyurtlarimiz
Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Voronej, Lvov, Qozon kabi shaharlarga borib
aspiranturada tahsil oldilar, dissertasiya yozib himoya qilib qaytdilar. P.G‘ulomov,
M.Umarov, Yu.Sultonov, A.Saidov, S.Nishonov, A.Abdulqosimov, L.Alibekov,
T.Allaberganov, T.Jumaboev, A.Rafiqov, M.Qo‘ziboev, Sh.Ergashovlar shular
jumlasidandir. Ularning ilmiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston landshafshunosligiga
qo‘shgan xissalari Yu.Sultonovning (1974) kitobidan umumiy tasavvurga ega
bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotchilarning ko‘pchiligi hududiy landshaftshunoslik
yo‘nalishida ish olib borganliklarini O‘zbekistondagi geografiya hamda ekologiya
tarixi bilan shug‘ullangan R.U.Raximbekov (1995) ham ta‘kidlab o‘tgan.
Qo‘shimsha tarzda shuni eslatib o‘tish mumkinki, yuqorida nomlari sanab o‘tilgan
tabiiy geograflarimiz landshaft tushunchasini izohlashda yakdil emaslar. Buning
sababi ularning turli ilmiy maktablar namoyondalari rahbarligida tahsil
olganliklaridandir.
Dostları ilə paylaş: |