1. Chet til o’qitish jarayonida metodlar.
Metod atamasini ifodalaydigan birinchi tushuncha – chet tili o‟qitish metodikasidagi tarihiy yo‟nalish (tarjima, tog‟ri, qiyosiy, aralash metodlar)ning muxtasar bayoni yuqorida keltirildi. Ikkinchi manodagi (o‟qitish sistemasi –Palmer, Uest, Guen metodlari) tushuncha chet til o‟qitish metodikasi tarihida yoritiladi. Muallim/o’quvchi faoliyati
Chet Tilarni O’qitish Metodlari.
Chet tillarini o‟qitish metodikasida “Metod” termini ikki xil ma`noda: o‟qitish usullaridan biri sifatida – alohida ma`noda o‟qitishning prinspial yo‟nalishi sifatida – umumiy manoda qo‟llaniladi.
Metod terminini alohida manoda tushunishda didaktika malumotlariga suyaniladi.
Didaktlar o‟qituvchilar va ular boshqaradigan o‟quvchilarning ish usullarini metodlar deb atashadi, shu usullar yordamida o‟quvchilarning bilimlarini o‟zlashtirishga, malaka va ko‟nikmalarini tarkib toptirishiga, shuningdek, ularda komunistik dunyoqarashni tarbiyalashga va ularning bilish imkoniyatlarini o‟stirishga erishiladi. Metod o‟qituvchinin maktab o‟quvchilarining o‟quv faoliyatlarini belgilovchi darsdagi faoliyatning usuli deb qaraladi. Metod tanlash didaktlarning ko‟rsatishicha, o‟rganilayotgan materialning xususiyatiga bog‟liqdir. Pedagogik adabiyotda, odatda metodlar bir-biridan quyidagicha farqlanadi: Materialni o‟qituvchi tomonidan og‟zaki bayon etish, yani so‟zlab berish, tushuntirish, maktab leksiyasi; darslik, umuman kitob bilan ishlash, o‟quvchilarni kuzatishlari, labaratoriya ishlari; mashqlar va ijodiy ishlar.
Bu sanab o‟tilgan metodlardan ko‟rinib turibdiki, o‟quvchilarga nazariy bilimlarni bayon etish usullari, o‟quvchilar tomonidan kitobdan yoki labaratoriya yoki boshqa shu kabi boshqa ishlarni bajarish jarayonida bilim olish usullari nazarda tutiladi.
O‟qituvchi chet tillarni o‟qitishda o‟quvchilar bilan ishlash usullarini aniqlash uchun shu predmetni o‟qitish jarayoniga e‟tibor bermoq lozim. Chet tilini o‟qitish
jarayonida bir biri bilan mahkam bog‟langan. Yani nutq malakasini o‟stirish va til materialini o‟zlashtirishdan iborat ikki tomon borligi yuqorida aytilgan edi. Bu xar ikki tomon uchun praxtika, trenirovka, mashq birinchi darajali ahamiyatga egadir. Mashqlar nutq malakalarini o‟stirish, til materialini o‟zlashtirish, dastlabki malakalarga ega bo‟lish va bu malakalarni ko‟nikmalarga aylantirish uchun hizmat qiladi.
Chet tillarni o‟qitish usullari praktika bilan chegaralanib qolmaydi. Praktika samarali bo‟lishi uchun o‟quvchiga nima qilish kerakligini, qanday xarakat qilish, qanday materiallardan foydalanish kerakligini ko‟rsatish lozim. Shuning uchun chet tillarni o‟qitishda ko‟rsatish yana bir usul xisoblanadi. Ko‟rsatish til materialini o‟zlashtirish uchun xam, nutq maxoratini o‟stirish uchun xam bir xilda zarurdir.
Chet tillarini o‟qitishdagi ko‟rsatish boshqa o‟quv predmetlarini o‟qitishda qo‟llaniladigan namoyish qilish metodiga o‟xshaydi. Bunda farq metodik adabiyotda to‟g‟ri ko‟rsatilganidek, shundan iboratki, chet tillarni o‟qitishda narsa va hodosalar emas, tilning tovush materiyasi ko‟rsatiladi. Shuning uchun chet tillarni o‟qitishda eshitish va eshitish xissini tasavvurini taminlovchi eshitishga doir ko‟rsatmalilikning muxim axamiyati bor.
Lekin metod usul tushunchasi bilan chegaralanishi noto‟g‟ri bo‟lardi. Chet tillarni o‟qitishda metod tushunchasi umumiy prinsipial yo‟nalish sifatida metodika tarixiga doir tadqiqotlarda to‟g‟ridir: manashu ancha umumiy bo‟lgan tushuncha asosida xar bir xususiy metodning roli va salmog‟ini asosli ravishda aniqlash mumkin.
Umumiy metod o‟qitishning maqsadlariga erishish uchun xizmat etadi, u ana shu maqsadlarga bog‟liqdir. Chet tillarini o‟qitish metodikasida umumiy metod tushunchasi yetarli darajada aniq ishlab chiqilgan, metodning tuzilishi va tanlanishiga ta‟sir etuvchi omillar, metodlar asoslanadigan prinsiplar tadqiq etilgan, chet tillarini o‟qitish metodlari tarixi o‟rganilgan.
Chet tillarni o‟qitish metodlarini biz ilgari tasvirlab berganimiz uchun xam endi metodik sistemani qisqacha tariflashga o‟tamiz.
Bu metodik sistemaning xususiyatlari chet tillarini o‟qitishning maqsadlaridan kelib chiqadi, faqat komunikativ emas, balki bilim va tarbiya berish maqsadlari xam
nazarda tutiladi. O‟quvchilar shahsini xar tomonlama taraqqiy ettirish vazifalarini pisand qilmaydigan va faqat malakalar xosil qilishga qaratilgan metodik sistema albatta mufavvaqiyatsizlikka uchragan bo‟lar edi.
Metodik sistema yaratishda yana bir obyektiv omil: chet tili va ona tilining tipologik yaqinligi muximdir. Bu omil chet tilida nutqni egallashda bo‟ladigan qiyinchiliklarni ko‟p yoki ozligini belgilaydi
Dostları ilə paylaş: |