BMI natijalarining joriy qilinishi:
BMI ning nazariy xulosalari va materiallaridan o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi, akademik litseylarda hamda mazkur o‟quv yurtida tillar samaradorligini oshirish, shu bilan birga ta`lim jaroyoni uchun muhim bo`lgan o`quv dasturlari va darslik va qo`llanmalar yaratish bo‟yicha tavsiyalar ko‟lamini kengaytirishda foydalanish imkoniyati mavjud.
BMI ning tuzilishi va hajmi:
BMI kirish, asosiy qism, hulosa va adabiyotlar ro‟yxatidan iborat bo‟lib 14 kattalikda yozilgan 51 sahifali matndan iborat.
BOB CHET TIL O`QITISH METODIKASI TIL TA`LIMI NAZARIYASIDIR
Chet tillarini samarali o‟rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Til o‟rgatish kishilik jamiyatida muhum sohalardan biri hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda chet tillarini o‟rganish, ko‟p tillilik ulkan ahamiyatga ega.
O‟zbekiston respublikasi hududida tahsil oladigan o‟quvchi va talabalar odatda uch tilni o‟rganadilar. “Iqtidorli yoshlarimizning ko‟pchiligi uch til egasidir”. Ushbu tillar ta‟lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi. Ona tili, ikkinchi til, va chet til.
Chet til – bu xorijiy mamlakatlar tili. Respublikamizda G‟arbiy ovro‟po tillari, ingliz, ispan, nemis, fransuz tillari va Sharq tillari, arab, turk, urdu, fors xitoy, hind kabilar o‟qitilmoqda. Ta‟lim muassasalarining o‟quv rejalaridan o‟rin olgan.
Chet tili muallimi metodika fani yutuqlarini o‟zlashtirishi orqali o‟quvchining to‟plagan til tajribasi meyorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi.
Hozirgi paytda chet tili o‟qitish metodikasi, boshqa o‟quv predmetlari singari, pedagogik fanlaridan biri ekanligiga hech kim shubxalanmaydi. G‟arbda, hozirgi davrda ham, metodika fan emas, degan fikr juda keng tarqalgan. Masalan, Penlosh yomon va yaxshi metodistlar yo‟q, yomon va yaxshi o‟qituvchilar bor deb yozgan edi. P.Politser lingvistikaning tilni o‟qitishga munosabati haqidagi maqolasida “chet tilini o‟qitish metodikasi fan sifatida mavjudmi” degan savolga salbiy javob beradi.
Turli avtorlar metodikaning fan ekanligini aniqlab, uning mohiyatini turlicha bayon etadilar. Metodik va pedagogik adabiyotlarda uzoq vaqtlar davomida metodika amaliy tilshunoslik sifatida qarab kelingan.
Fan sifatida metodikaning xarakteriga doir turli nuqtai nazarlarning paydo bo‟lishi bejiz emas. Gap shundaki, metodikaning tadqiq etish obyektini ilgari to‟plangan materialga suyanib aniq belgilaydigan maxsus ishlar shu paytgacha mavjud emas.
Pedagogik o‟sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta‟limining ijtimoiy jarayonini bir butun holda o‟rganadi, metodika esa o‟sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o‟qitish masalalaribilan mazkur o‟quv predmetning vositalari asosida shug‟ullanadi.
Bu aytilganlarni misol bilan tushuntiramiz. Studentlar uchun tafsiya etilgan metodikaga doir qo‟llanmalarning barchasida metodika fani oldida tadqiq etilishi lozim bo‟lgan uch masalaning turishi ko‟rsatiladi:
chet tili o‟qitishning maqsad va vazifalari.
o‟qitishning mazmuni
o‟qitishning prinsiplari, usullari, metodlari
Masalaning keltirilgan ro‟yxati asosan o‟qituvchi faoliyati va u foydalanadigan materialni aniqlash bilan bog‟liq bo‟ladigan masalalar o‟rganilishini ko‟rsatadi. Tadqiq etiladigan masalalar doirasining bunday cheklanishi shunga olib boradiki, tarbiya va o‟qitish obyektining o‟zi o‟quvchi o‟quvchi etiboridan chiqib qoladi va metodika “befarzand bo‟lib” qoladi.
Aytilganlarga muofiq chet tili o‟qitish metodikasining fan sifatida oldida turgan masalalarini quyidagicha belgilash to‟g‟ri bo‟lsa kerak.
chet tili o‟quv predmeti sifatida belgilash
o‟qituvchinifaoliyatini o‟rganish yani o‟qitishning tashkiliy formalarini, metodlari va pryomlarini ishlab chiqish.
o‟quvchining faoliyatini o‟rganish, pryomlardan qaysi birining samarali ekanligini, bolaning o‟sishi va shu kabilar bilan bog‟liq bo‟lgan tadqiqotlar.
shunday qilib chet tillarini o‟qitish metodikasi o‟ziga xos tadqiq qilish mavzuyiga ega, bu mavzu o‟z xususiyatlari bilan faqat chet tili predmeti uchun xos bo‟lgan chet tili vositasida o‟quvchilarni o‟qitish va tarbiyalash bilan bog‟liq barcha pedagogika xodisalarining majmuyidir.
Chet tilida so‟zlovchining ongida xam til vositalarining tarkib topgan sistemasi bo‟ladi, bu sistemasiz til orqali aloqa, nutq bo‟lmaydi. Chet tilini o‟rganishda til vositalari sistemasi turli yo‟llar bilan, yani ona tilini o‟rganish jarayoni singari uzoq amaliy ishlar qilish yoki praktika bilan nazariyani birga qo‟shgan xolda ishlash natijasida tarkib topadi. Lekin bu masalaning mohiyatini o‟zgartirmaydi.
Aytilganlardan ko‟rinib turibdiki, nutq faoliyati jarayonida ona tili xam, chet tilida xam til sistemasi tarkib topadi. Shu boisdan bu qonuniyatni o‟qitish metodikasi uchun xos deb bo‟lmaydi.
O‟sib kelayotgan yosh avlodni chet til vositalari bilan o‟qitish va tarbiyalash jarayonida obyektif mavjud qonuniyatlar xaqida aytilganlarning barchasi nazariy metodikaning bu qismi xali ishlanmagan, deb xulosa chiqarishga imkon beradi.
Demak chet tillarini o‟qitish metodikasining fan sifatida tadqiqot predmeti bor
o‟sib kelayotgan avlodga chet tillarini o‟qitish va bu predmet vositalari bilan uni tarbiyalash jarayonini o‟rganishdan iborat
Chet tili o‟qitish metodikasi maqsadi. Chet tili o‟qitish metodikasi maqsadi ikki xil – O‟rganilayotgan tildan fikr almashish vositasi sifatida foydalanish ko‟nikmasini shakllantirish xamda umumiy malumot berish va o‟quvchilarni tarbiyalash maqsadlari ilgari suriladi. Turli mamlakatlarning turli maktablarida chet tillarni o‟qitishning maqsadlarini ilgari surish masalasiga tarixiy nuqtai nazaridan qarasak bu maqsadlarni aniq amalga oshirishda xam g‟oyat xilma xillik mavjud. Turli metodik asarlarda mutlaqo xilma-xil tafsiyalar beriladi. “Xaqiqatdan xam xech qanday umimiy ta‟lim predmetning vazivasida chet tillarni o‟qitish vazifasidek bunchalik noaniqlik mavjud emas“, deb yozadi E.M.Ritning fikriga qo‟shilish mumkin.
Maqsadning ta‟riflanishidagi bunchalik ko‟p xilma xilliklar, shuningdek, mazkur masaladagi bahslar bizning nazarimizda ikki sababga: birinchidan, predmetning o‟zining xususiyatini aniqlashdagi noaniqlikka, ikkinchidan, chet tillarni o‟qitish maqsadlari boshqa predmetlarni o‟qitish maqsadlariga qaraganda ko‟proq jamiyatning ijtimoiy talabi, xukmron sinf siyosati tomonidan aniqlanishini yetarli xisobga olmaslikka bog‟liqdir.
Fan asoslarini o‟rganishdagi jamiyatning ijtimoiy talabi, xukmron sinflarning siyosati avvalo, faktlarni, qonuniyatlarni tanlashadi. Ularni sharxlashda avvalo ayrim xollardagina xalq maktablarining o‟quv planlaridan predmetni chiqarib tashlashda namoyon bo‟ladi. Xaqiqatdan xam matematika o‟qitilmaydigan maktabni deyarli tasavvur etib bo‟lmaydi. Chet tillar esa ko‟p vaqtgacha xukmron sinflar uchun imtiyoz tug‟dirgan, xalq ommasining bularga erisha olmasligi esa xalqdan chiqqan kishilarning oliy maktabga kirish, davlat idoralarida masuliyatli lavozimlarni egallashlariga xalal berish vositasi bo‟lgan,
O‟quvchilar muayyan guruhning chet tilni bilib olishlariga to‟sqinlik qilib, xalq ommasining Universitetlarga kirishiga yo‟l qo‟ymaslik an‟anasi Yevropaning ko‟pgina mamlakatlarida xozir xam saqlangan. Bu mamlakatlarda xamma bolalar xam chet tilni o‟rganavermaydi. Misol uchun Germaniya Federativ Respublikasining xalq maktablarida bolalar sinf raxbari va maktab direktorlarining ijozatidan keyingina chet tilni o‟rganishlari mumkin, o‟quvchilarning muayyan guruhi uchun chet tilni o‟rganish taqiqlab qo‟yilishi xam mumkin.
Har xil turdagi maktablarda ilgari surilgan umumiy ta‟lim vazifalarining taxlili bu vazifalar xam xukmron sinfning siyosatiga bog‟liq ravishda maktabning muayyan turiga nisbatan ilgari surishini ko‟rsatadi. Germaniya Federativ Respublikasining imtiyozli oliy o‟quv yurtlari -- gimnaziyalarning programmalari shaxsning shakllanishida chet tilini o‟rganishning umumiy ta‟lim axamiyatini tan olib komunikativ maqsadlarni xal qilish jarayonida amalga oshirilishi kerak bo‟lgan umumiy ta‟lim maqsadlarini yetarli darajada mufassal tariflaydi. Shu bilan birga, xalq maktablari uchun top komunikativ maqsadlar belgilanadi.
Bizning mamlakatimiz boshqa mamlakatlar bilan xalqaro aloqalarni yil sayin delegatsiyalar, fan, texnika va madaniyatning turli turli sohalaridagi yutuqlari xaqida axborot almashishlar kabi formalarda kengaytirib bormoqda.
Komunikativ maqsadni to‟g‟ri belgilash uchun “tilni amaliy egallash” tushunchasini mohiyatini aniqlash kerak.
Chet til o‟qitishning mazmuni. Bazi avtorlar o‟qitishning mazmuni deganda o‟quvchilarni o‟qitishga xizmat qiladigan materialni tushunishnigina nazarda tutadilar.
Boshqalarni o‟qitishning mazmuniga materialdan tashqari, malakalar va ko‟nikmalar xam kiradi deyishadi.
Turli fikrlarni paydo bo‟lishiga sabab, hanuzgacha didaktikaning bu savolga aniq va to‟liq javob bermaganligidadir. Masalan, Didaktika mutahasislari o‟qitishning mazmuniga turli darsda beriladigan xamda ongli xarakatga asos bo‟ladigan o‟quv materialini kiritganlar.
Boshqacha qilib aytganda didaktika malumot mazmuninig predmetlarning bir guruhini – fan asoslarinigina xisobga olib aniqlagan.
Tilni bilishda asosiy ro‟lni muayyan so‟z yoki grammatik xodisalarni bilish emas, balki og‟zaki nutqn, o‟qish va yozuv ko‟nikma xamda malakalarni oshganlik darajasi o‟ynaydi. Ko‟nikma va malakalarni oshganlik darajasi bu predmetni o‟qitish jarayonida go‟yo asos vasifasini o‟taydi.
Shunday qilib, chet tilini o‟qitish mazmuning birinchi tarkibiy qismi aniq til materialini: leksika, grammatika, fonetika, orfografiyani bilishdan iboratdir.
Chet tili o‟qitish mazmuninig ikkinchi tarkibiy qismi malaka va ko‟nikmalardir. Chet tilini o‟qitishning amaliy maqsadi og‟zaki nutq, o‟qish va yozuvni o‟stirishni nazarda tutgani uchun xam o‟qitishning mazmuniga aniqlashda, og‟zaki nutq, o‟qish va yozuv malakalari va ko‟nikmalari kiradi.
Metodik adabiyotda “o‟qitish mazmuni” tushunchasiga aniq tarif berilgan.
Biroq chet tillarni o‟qitish mazmunini tanlash muammosi metodika fanining eng qadimiy muammolaridan biridir.bu muammoni eng qadim zamonda xam ilgari surilishi bejiz emas. Xar qaysi tilda xam ko‟plab til belgilari mavjud. Eng to‟la ingliz lug‟atlaridan Webster‟s New International Dictionatu da qariyb yarim million so‟z borligini aytib o‟tishning o‟zi o‟rganilayotgan til leksikasining barchasini bilib ololmaydilar, albatta. Shuning uchun xam o‟qitish mazmunini tanlash masalasi azaldan chet tillar o‟qitishi kerak bo‟lgan barcha kishilarni o‟ziga jalb etgan.
Chet tillarni o‟qitish mazmunini tanlash bilan bog‟liq bo‟lgan navbatdagi muammo o‟qitish mazmunining o‟qitish maqsadi va shart sharoiti bilan bog‟liqligi muammosidir.
Shunday qilib o‟qitishning mazmunini aniqlashda tubandagi umumiy ikkita talabning: birinchidan, qo‟yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun tanlangan o‟qitish mazmunining yetarliligini; Ikkinchidan, muayyan shart sharoitda to‟plangan o‟qitish mazmunining o‟quvchilarning o‟zlashtira olishlarining o‟zaro bog‟liqligi xisobga olinishi lozim.
Yuqoridagilarni barchasini umumlashtirib quyidagilarni takidlash mumkin.
Chet tillarni o‟qitish mazmuni leksik, grammatik va fonetik materialni; og‟zaki nutq, o‟qish va yozuv malaka va ko‟nikmalarini ovoz va yozilgan nutq namunalari tarzidagi tekstlarni; og‟zaki nutq va o‟qish olib boriladigan temani shuningdek, ona tilida bo‟lmagan til tushunchalarini o‟z ichiga oladi.
Pedagogik muloqotda tez-tez uchrab turadigan “metodika” atamasining uchta manosi bor.
O‟quv predmetini bildiradi. (Mas.ertaga birinchi dars-metodika).
Ta‟limning metodik usullari yig‟indisini (Mas.o‟qituvchimizning metodikasi menga yoqadi).
Ta‟lim nazariyasi va maxsus fan (Mas. bu qo‟llanmada metodika yaxshi yoritilibdi) ni ifodalaydi.
Chet tili o‟qitish metodikasi, prof. Mихаил Васильевич Ляховицкий tariflashicha, ta‟limning maqsadlari, mazmuni, vositalari, shuningdek, chet tili yordamida ta‟lim tarbiya berish usullarini tadqiq etuvchi fandir.
Metodika fani asosan uch yirik mavzuni o‟rgatadi. Chet tili o‟rganishning nazariy masalalari, nutq faoliyati turlarini o‟rgatish va chet tili o‟rganishning tashkiliy masalalari.
Boshqacha qilib aytganda, metodika chet tili o‟rgatish ilmi bo‟lib, chet tilni o‟quv predmeti sifatida belgilaydi, Muallim va o‟quvchi faoliyatini o‟rganadi va boshqa fanlar yutuqlarini o‟zlashtirish va o‟z qonuniyatlarini ishlab chiqish yo‟llarini tadqiq etadi.
Metod - (yunoncha methodos tadqiqot) – maqsadga erishish yoki vazifani o‟tash usuli; didaktikada/metodikada/fanda metod; ta‟lim (-o‟qitish) metodi, tarixiy metodlar, jarayon metodlari ,tarjima, to‟g‟ri, aralash, zamonaviy metodlar chet tili o‟qitishda yo‟nalishlardir; zamonaviy chet tili o‟qitish metodlari; xorijiy mamlakatlarda audiolingval, aydiovizual,intensiv, komunikativ, interaktiv metodlar kabilardir.
Metod – Ta‟limshunoslik o‟qitishning umumiy nazariyasi sifatida ushbu atamalar keng qo‟llanadigan fandir. Didaktlar (Ta‟limshunoslar) “Metod” atamasini bilim, malaka, ko‟nikmani egallash, o‟quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo‟lidagi muallim va talabaning ish usuli manosida izohlaydilar. Mazkur ta‟limiy tushunchaning sonsiz sanoqsiz ta‟rif-tafsiflarga egaligi mutaxasislarga ma‟lum fan asoslarini o‟rgatadigan o‟quv predmetlari uchun mo‟ljallangan ta‟limning umumiy metodlari ishlab chiqilgan. O‟quv predmetining xususiyatlari xisobga olinib metodikada chet til o‟qitish metodlari yaratilgan.
Chet til o‟qitish metodikasida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan.
Chet tili o‟qitish metodikasida “metod” atamasi asosan uch manoni bildiradi.
Metod tarixdagi butun bir yo‟nalish (tarjima metodi, to‟g‟ri metod, qiyosiy metod, aralash metod):
Yuqoridagi yo‟nalish tarkibiga kiruvchi o‟qitish sistemasi (Mas. Fransua Guen metodi, Xarold Palmer metodi, Maykl Uest metodi va boshqalar);
Muallim va o‟quvchining o‟zaro bog‟langan faoliyati usuli (tanishish, mashq qilish va qo‟llash metodlari).
Chet til o‟qitish tarixida birinchi ikkinchi metodlar “tarixiy” metodlar nomi bilan, uchinchisi esa “chet til o‟qitish jarayonida metodlar” atamasi bilan yuritilgan.
Metodikada odatda tarixiy metodlar prinsiplardan tashkil topadi, prinsiplar yig‟indisi muayyan metodni xosil qiladi. Jarayon metodlari esa o‟qitish yo‟llari orqali yuzaga chiqadi,binobarin, o‟qitish metodlari va o‟qitish prinsiplari aloxida muxokama etiladi.
Dostları ilə paylaş: |