O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Sivilizatsiya  taraqqiyotida  uch  davrni  bir-biridan  farqlaydilar:  1.  agrar 
bosqich (o‘rta asrlar uchun xos); 2. industrial bosqich (kapitalizm uchun xos); 
3. postindustrial bosqich (XX asrning 50 yillaridan boshlandi; fan-texnika 
revolyutsiyasi, informatsion jamiyat bilan bog‘liq).
Sivilizatsiyalar  o‘z  miqyosiga  ko‘ra:  jahon  sivilizatsiyasi,  mintaqa 
sivilizatsiyasi va milliy sivilizatsiyaga bo‘linishi ham mumkin. Jahon sivilizatsiyasi 
mintaqaviy va milliy sivilizatsiyalarning o‘zaro ta’siri va uyg‘unlashuvi jarayonida 
shakllanadi.
Milliy sivilizatsiyalar (xitoy, hind, fransuz, mayya, nemis, rus va boshqalar) 
buyuk xalqlarning uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllanadi; 
bunda u yoki bu din, hayot falsafasi, milliy tafakkur va madaniyat muhim rol 
o‘ynaydi.
Madaniyat va sivilizatsiyaning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini belgilashda 
madaniyat va sivilizatsiyaning muhim elementlarini ajratish muhimdir.
Madaniyatning eng muhim elementlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin:
1) bilim, tushuncha, tasavvur, qarashlar va ilmiy nazariyalar
2)  mazkur  bilim,  tasavvur,  qarashlar,  nazariyalarning  predmetlashuvi, 
ro‘yobga chiqishi
3) ana shu jarayonda inson shaxsining shakllanishi va takomil lashuvi.
Madaniyat elementlarining har biri o‘zaro bog‘liq bo‘lib, inson shaxsining 
shakllanishi jarayonida madaniyatning insonparvarlik va taraqqiyparvarlik 
mohiyati to‘laroq namoyon bo‘ladi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda moddiy va ma’naviy madaniyatni bir-biridan 
farqlash va hatto ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish hollari mavjuddir. 
Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiyani moddiy madaniyat (texnika, texnologiya) 
bilan bog‘laydilar. Bizningcha, sivilizatsiyani madaniyatning faqat bir jihati 
bilangina  bog‘lash  ancha  munozarali  va  istiqbolga  ega  emasdir.  Zero, 
madaniyatshunoslikda madaniyatga yaxlit va bir butun ijtimoiy-tarixiy hodisa 
sifatida qaraladi.
Ilk sivilizatsiyaga xos eng muhim belgilarga quyidagilar kiradi: davlatning 
paydo bo‘lishi; yozuvning vujudga kelishi; dehqonchilikning hunarmanchilikdan 
ajralib chiqishi; jamiyatning sinflarga bo‘linishi; shaharlarning paydo bo‘lishi.
hozirgi zamon sivilizatsiyasiga xos muhim belgilar sifatida quyida gilarni 
ko‘rsatish mumkin: huquqiy davlatning mavjudligi; davlatlar, xalqlar, ijtimoiy 
sinflar o‘rtasidagi konfliktlarni umumiy konsensus asosida hal etishga intilish; 
butun  jahon  miqyosida  ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  rivojlanganligi; 
kommunikatsiya tizimining mavjudligi; planetar ong, planetar axloqning 
shakllanganligi.
1
  I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida... 73—74-b.


48
madaniyatshunOslik asOslaRi
Sivilizatsiya  turli  tarixiy  davr  va  xalqlar  madaniyatining  o‘zaro  ta’siri, 
madaniy-tarixiy  jarayondagi  vorisiylik  sifatida  vujudga  keladi.  Madaniyat 
sivilizatsiyaga  nisbatan  zamon  va  zaruriyat  nuqtai  nazaridan  birlamchi, 
yetakchi va ahamiyatlidir. Sivilizatsiyali taraqqiyotga erishish madaniy-tarixiy 
rivojlanishning bosh maqsadidir.
Madaniyat sivilizatsiyaga hayot beradigan, uning taraqqiyoti va qismatini 
belgilaydigan eng muhim omildir. Sivilizatsiyaning yashov chanligi, barqarorligi 
yoki o‘zgaruvchanligi madaniyatning konkret  tarixiy davr sinovlariga qay 
darajada chidamli bo‘lishiga, davr chaqi riqlariga qanday javob bera olishiga 
bog‘liqdir.
Turli sivilizatsiyalar bir-biri bilan uchrashgan, bir-biriga zid kelgan davrlarda 
milliy madaniyat o‘zga madaniyat yutuqlarini zo‘r berib o‘zlashtirishga qodir 
bo‘lsagina, milliy sivilizatsiya rivojlanishda davom etadi, aks holda inqirozga yuz 
tutishi mumkin. Bunga Kolumb tomonidan kashf etilgunga qadar (1492) yuksak 
darajada rivojlangan mayya sivilizatsiyasining yevropaliklar sivilizatsiyasi kirib 
kelgandan so‘ng, ya’ni XVI asrdan boshlab inqirozga yuz tutganligini misol 
qilib ko‘rsatish mumkin.
Din insoniyat madaniyatining muhim tarkibiy qismidir. A. Toynbining 
fikricha,  har  qanday  sivilizatsiya  biron-bir  dinga  tayanadi.  Sivilizatsiyalar 
o‘rtasidagi muhim tafovut va o‘ziga xosliklar, taniqli rus madaniyatshunosi V. 
L. Sheynisning fikricha, quyidagi uch mezon bilan belgilanadi: 1) individning 
guruh va jamiyatdagi holati (shaxsning individuallik darajasi yoki ijtimoiy 
guruhga qo‘shilganligi); 2) hukmron dunyoqarashda dunyoviy yoki diniy 
yo‘nalishning ustuvorligi; 3) an’ana va novatorlikka munosabat.
Sharq sivilizatsiyasi individ va jamoaning uzviy birligiga, inson va tabiatning 
yaxlitligiga asoslanganligi bois sharqlik o‘zini jamoadan, tabiatdan ajrata 
olmas edi. U tabiatga ona sifatida qarar edi: sharqda tabiatning saxovati 
keng va cheksiz edi. Sharqlik jamoa fikrini qadrlash, hurmat qilish ruhida 
tarbiyalanar edi: tabiat ne’matlarini faqat o‘zaro hamkorlikda o‘zlashtirish 
mumkin edi. Sharq sivilizatsiyasi asosini tashkil etgan hinduizm, buddizm, 
islom dinlari inson bilan tabiat, inson bilan jamoa o‘rtasidagi munosabatlarni 
yanada takomillashtirishga xizmat qilar, xristian dini singari jiddiy islohotlar 
(Reformatsiya)ga duch kelmagan edi.
Sharq sivilizatsiyasi o‘zining uch ming yillik tarixi davomida inqirozlar 
nimaligini bilmas, barqaror va osoyishta edi. Chunki unda diniy dunyoqarash 
ilmiy dunyoqarashga nisbatan yetakchi mavqeini egallar edi.  ehtimol, shu 
boisdan ham Sharq sivilizatsiyasida dunyoviy ilm-fan va ilmiy falsafa emas, 
balki din va diniy falsafa kuchliroq rivojlangan edi.
Yevropa  sivilizatsiyasi  shaxsning  individualligi,  uning  tadbirkorligi, 
ijodkorligi, noyob iste’dodiga asoslanar, har bir yevropalik bolalikdan «men» 
va «men emas»ni farqlash ruhida tarbiyalanar edi. Yevropa sivilizatsiyasi ilm-


49

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin