O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


MADANIYATShUNOSLIKNING BAhS



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

MADANIYATShUNOSLIKNING BAhS 
MAVZUI VA VAZIFALARI


5
har  bir  fan  o‘zi  ilmiy  tadqiq  etadigan  muammolar  sohasiga  egadir, 
binobarin, fan mavzuini aniqlash u o‘rganadigan faoliyat doiralarini, uning 
o‘ziga xos tomonlarini belgilab olish demakdir. Shunday ekan, fan o‘z maqsadi, 
muammolari, manfaatlari sohasini, tajribasi, tekshirish usullari, asosiy nazariy 
va amaliy masalalarini aniq belgilab olib, shular asosida olam, uning hodisalari, 
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarni qarab chiqadi, ularni o‘zining 
bahs mavzui va tekshirishlari doirasiga olib kiradi.
Madaniyatshunoslik jamiyat ma’naviy taraqqiyotining umumiy qonunlari, 
ularni harakatga keltiruvchi kuchlar, insonning madaniy-tarixiy jarayonda hamda 
madaniyat sohasida tutgan o‘rni haqidagi fandir. Madaniyatshunoslikning bahs 
mavzui (predmeti) quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
— madaniyatning mohiyati, mazmuni, tuzilishi, asosiy funksiyalari; 
— madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik jarayonlari, 
madaniy merosdan foydalanish tamoyillari
—  madaniyatning  milliy-etnik  o‘ziga  xosligi,  millatlar  va  mintaqalar 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda, uyg‘unlashtirishda madaniy 
aloqalar hamda umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati; 
—  shaxsning  ma’naviy  shakllanishi  va  kamol  topishida,  insoniy 
munosabatlarni oliyjanoblashtirishda madaniyatning o‘rni.
har bir fanga izoh berilganda, odatda, unga bilimlar tizimi ekan ligidan 
kelib chiqib yondashiladi. Fan haqiqatlar, dalillar, kuzatishlar, g‘oyalarning 
oddiy yig‘indisi emas, balki jamiyat va insoniyat amaliy faoliyati jarayonida 
to‘plangan, sinovdan o‘tgan bilimlar tizimidir.
Shu  nuqtai  nazardan,  madaniyatshunoslikni  quyidagicha  tavsiflash 
mumkin:
— birinchidan, madaniyatshunoslikda har bir masala boshqa ma’naviy va 
moddiy ahamiyatga molik muammolar bilan mantiqan bog‘lanib, bir butun 
tizimning tarkibiy qismi sifatida olib qaraladi
—  ikkinchidan,  madaniyatshunoslik  ma’naviy  hodisalarning  umumiy 
jihatlarini nazariy xulosalaydi, ilmiy konsepsiyalar yaratadi, shu negizda konkret 
hodisalarga yondashadi; 
— uchinchidan, madaniyatshunoslik tizim sifatida butunni tashkil etadigan 
bo‘laklar yaxlitligidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, madaniyatshunoslik 
madaniyatni o‘rganganda uni jamiyat hayotining boshqa sohalari doirasida 
olib tekshiradi
— to‘rtinchidan, madaniyatshunoslik muayyan monizm, ya’ni yaxlit bir 
nazariy  asosga  suyanadi  va  shu  nuqtai  nazardan  madaniyat  hodisalarini 
tekshiradi. Madaniyatni qadriyat deb hisoblash va shu yo‘l bilan fikr yuritish 
madaniyatshunoslikdagi monizmning bir ko‘rinishidir. Buni boshqa fanlar 
sohasida ham ko‘rsa bo‘ladi. Chunonchi, D. I. Mendeleyev ana shu tartibdagi 


6
madaniyatshunOslik asOslaRi
monizmga suyanib turib, o‘ziga qadar bo‘lgan bilimlarni bir tizimga solganligi 
ma’lum.
— beshinchidan, insonning olamni ma’naviy o‘zlashtirishi, madaniy faoliyat 
ko‘rsatishi  rang-barang  va  cheksizdir.  Shunga  ko‘ra,  madaniyatshunoslik 
muntazam tarzda yangidan-yangi dalillarni, voqea-hodisalarni tahlil etadi. 
Binobarin,  ma’naviy-madaniy  taraqqiyot  sari  insoniyat  tomonidan  olg‘a 
qo‘yilgan har bir qadam ayni madaniyatshunoslik uchun ham kashfiyotdir.
Fan  uchun  dalil  havodek  zarur  bo‘lganidek,  fikr  ham  uning  qanoti 
hisoblanadi. Bu sohada samaraga erishmoq uchun, bir tomondan, dalillarni 
obyektiv  tarzda  idrok  etish  lozim,  bu  esa  madaniyatshunoslikda  konkret 
va umumiy tasavvurlar hosil qilishga imkon beradi. Boshqa tomondan, bu 
hodisalar to‘g‘risida ayni nazariy, mavhum fikr yuritish ham talab qilinadi. 
Madaniyatshunoslik fan sifatida qonunlar, kategoriyalar, umumiy tushunchalar 
tizimidir.
Madaniyatshunoslik  falsafiy  yo‘sindagi  fan  bo‘lganligi  bois  muayyan 
g‘oyaviy asosga tayanib ish ko‘radi, bunday yondashuv ijtimoiy fikrlar tarixida 
turlicha qarashlarning mohiyatini belgilashda muhim rol o‘ynagan. Olamning 
madaniy manzarasi haqida fikr yuritganda madaniyat to‘g‘risida vujudga kelgan 
qarashlarning bir qismida u, ya’ni, «madaniyat» «olam ruhi», «ilohiyotning zuhur 
etilishi», yoinki, «shaxsiy kechinma natijasi», deb talqin etilgan. Madaniyat 
mutlaq ruh taraqqiyoti, yoinki, madaniyat hodisalarini yaratadigan subyekt — 
ijodkorning sof ma’naviy olamidan boshqa narsa emas, deb baholanadi.
Moddiy reallikni asos qilib oladigan dunyoqarash esa insonning tashqi 
olamga, tabiatga bo‘ladigan ma’naviy-amaliy faoliyati obyektiv zaruriyat, 
yuzaga  keladigan  qadriyat  esa  kishilarning  real  ehtiyojlarini  qondirishga 
xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi. Bunday dunyoqarash madaniy faoliyat 
ko‘rsatishning obyekti — rang-barang olamdir, degan tushun tirish usuliga 
suyanadi. Insoniyat taraqqiyoti uchun ahamiyatli hodisa larni e’tirof etish 
madaniyatshunoslik  sohasidagi  ilmiy  konsepsiyaning  asosiy  mazmunini 
tashkil etadi.
Madaniyatshunoslik fanida uning ilmiy tushunchalari — kategoriya lari 
to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin tutadi. Binobarin, har bir fan o‘zi tadqiq 
etadigan obyektni ilmiy-mantiqiy jihatdan asoslashda muayyan kategoriya va 
tushunchalarni ishlab chiqadi va ularga suyanib ish ko‘radi. Madaniyatshunoslik 
fan sifatida shakllanar ekan, falsafa va boshqa fanlarning «madaniyat», «ijodiy 
faoliyat», «san’at» singari kategoriya laridan samarali foydalanib keladi. Ayni 
vaqtda, uning o‘ziga xos kategoriyalari ham tarkib topgan. Ular sirasiga keng 
ma’noda «madaniy qadriyat», «madaniy-tarixiy jarayon», «ma’naviy ne’matlar 
ishlab chiqarish», «ma’naviy ravnaq», «madaniyat subyekti va obyekti», «mada-
niy dalil», «madaniy meros», «madaniylik darajasi», «madaniy vorislik» va 
boshqalarni kiritish mumkin.
Madaniyatshunoslik kategoriyalari va tushunchalari mazmunan inson 


7
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
tomonidan  madaniyat  mahsulotlarini  yaratish,  ayirboshlash,  taqsimlash 
va iste’mol qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Ular tarixan turli davrlarda amalga 
oshirilgan faoliyatning asosiy xususiyatlarini, shuningdek, har bir ijtimoiy 
tuzumda bu sohada yuzaga kelgan yangiliklarni, o‘zgarishlarni o‘zida ifoda 
etadi.
Madaniyatshunoslik  ilmiy  uslub  (metod)lardan  keng  foydalanadi. 
Madaniyatshunoslikning ilmiy uslubi shu sohada erishilgan bilimlar bo‘lib, 
fan rivojlanishi jarayonida ularning yangi ko‘rsatma, yondashuv, yo‘l-yo‘riq va 
tamoyillarga aylangan majmuidir.
Bu uslubning birinchi jihati shundaki, madaniyatshunoslik sohasida olib 
boriladigan tadqiqotlar, avvalambor, insonparvarlik g‘oyalariga suyanishi 
kerak. Bunda o‘rganilayotgan davr (madaniyat)ning o‘ziga xosligi, turli ijtimoiy 
aloqalar, kishilar xulqi, tafakkuriga xos ziddiyatlarni ko‘rsatish nazarda tutiladi. 
Bularning barchasi madaniyat to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlar doirasida olib 
qaraladi, tadqiq etiladi.
Madaniyatshunoslik uslubining ikkinchi jihati o‘rganilayotgan madaniyat 
va uning tushunchalarini boshqa madaniyatlar bilan qiyoslashni taqozo qiladi. 
Tekshirilayotgan madaniyat kelib chiqishi jihatidan o‘tmish yoki hozirgi kunga 
tegishli bo‘lishi mumkin. Chunonchi, antik madaniyatni hozirgi zamon bilan, 
o‘rta asr madaniyati bilan; Renessans madaniyatini antik, o‘rta asr va hozirgi 
zamon bilan taqqoslash; Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixini Yaqin va 
O‘rta Sharq yoki ellinizmga solishtirish. Bunday usul qo‘llanilganda, falsafa, 
mantiq, sotsiologiya, tilshunoslik, psixologiya, tarix va boshqa fan sohalaridagi 
qarashlardan, ularning «makon», «borliq», «belgi», «shakl», «nusxa», «tizim», 
«ijtimoiy munosabat» kabi tushunchalaridan ijodiy foydalaniladi.
Madaniyatshunoslik uslubining uchinchi jihati madaniyatning ijtimoiy 
barqarorligi, uning yashovchanligini ta’minlaydigan asosiy qatlamlar, ularning 
tuzilishi, xususiyatlari va tabiatini tadqiq etadi. Chunonchi, Markaziy Osiyo 
Uyg‘onish davri madaniyati o‘rganilganda unda tasavvuf, diniy va dunyoviy 
jihatlar,  xalq  madaniyati  taraqqiyotiga  xos  ziddiyatlar,  ellin  yoki  arab 
madaniyatiga munosabat kabi masalalar yoritiladi. Yoki o‘rta asrlar Yevropa 
madaniyati tahlil etilganda, xristian dunyoqarashi; antik, majusiylik va xristianlik 
an’analari, urf-odatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar, o‘zaro ta’sirlar; yozma va og‘zaki 
madaniyat o‘rtasidagi aloqadorlik; antik kolonial va xristian davlatchiligiga xos 
o‘zaro aloqadorlik, qarama-qarshilik kabi asosiy jihatlar belgilab olinadi. Bunda 
yetakchi madaniy namunalarni aniqlash qiyoslash hamda umumlashtirishning 
asosiy sharti qilib olinadi.
Madaniyatshunoslik uslubining to‘rtinchi qatlami tashqi g‘oyaviy-mafkuraviy 
yo‘nalish va hodisalarning uning strukturasi, shuningdek, madaniy jarayonga 
ta’sirini tushuntirib berishni ko‘zda tutadi. Darhaqiqat, bid’at, boshboshdoqlik, 


8
madaniyatshunOslik asOslaRi
siyosiy zo‘ravonlik, mafkuraviy biqiqlik, milliy mahdudlik, millatparastlik kabi 
salbiy hodisalar madaniyatga o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi, holbuki, ziddiyatli 
omillarsiz  madaniyat  rivojlanmaydi.  Shuning  uchun  madaniyat,  madaniy 
jarayonlarni o‘rganishda masalaning bu jihatini e’tibordan soqit qilish aslo 
mumkin emas.
Madaniyatshunoslik fanining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa ijtimoiy-
gumanitar  fanlar  bilan  uni  qiyoslash  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Gap 
shundaki, madaniyat muammolari falsafa, etika, estetika, tarix, sotsiologiya, 
etnografiya, san’atshunoslik, psixologiya kabi o‘nlab fanlar tekshiradigan 
sohalarning ham ma’lum bir qismini tashkil etadi. Shunday ekan, madaniyatni 
tadqiq etishda ular o‘rtasidagi o‘ziga xos tomonlar nimadan iboratligini bilib 
olish,  shuningdek,  ular  bilan  madaniyat shunoslik  o‘rtasidagi  aloqadorlik 
masalasini ko‘rib chiqish muhimdir.
Madaniyatshunoslik va falsafa. Falsafa madaniyatni o‘rganganda, umuman, 
madaniy-tarixiy jarayonning mazmuni, muammoning dunyoqarash sohasi, 
ijtimoiy taraqqiyotda uning tutgan o‘rnini ochishga asosiy e’tiborni qaratadi.
Falsafada inson o‘zining madaniy mohiyati bilan namoyon bo‘ladi, falsafa 
uchun madaniyat inson faoliyati mahsuli va natijasidir. Falsafa voqelikning 
qaysi bir sohasiga murojaat etmasin, unda hamma vaqt insoniy ma’no va 
mazmunni ko‘radi, uni madaniyat sohasiga olib kiradi. Falsafa hatto tabiatga 
murojaat  etganda  ham  uni  kimyoviy,  biologik  yoki  fizikaviy  emas,  balki 
insoniylik  mazmuni,  muayyan  madaniy  qadriyat  ekanligi  jihatidan  olib 
tekshiradi. Shuning uchun madaniyat falsafiy jihatdan o‘zida insoniy kuch va 
munosabatlarni gavdalantiradigan predmetli voqelik tarzida namoyon bo‘ladi. 
Bu haqda keyingi sahifalarda keng ma’lumot beriladi.
Madaniyatshunoslik va sotsiologiya. Sotsiologiya madaniyatni ijtimoiy 
borliqning bir bo‘lagi tarzida olib o‘rganadi, jamiyatda madaniyat obyektlarini 
yaratish, o‘zlashtirish, taqsimlash, ularni boshqalarga yetkazishning konkret 
shakllari hamda usullari; madaniy hayotning barqaror hamda o‘zgaruvchan 
jarayonlari, ularning mohiyati va tabiatini belgilaydigan mexanizmlar hamda 
omillar;  konkret  ijtimoiy  birlik  yoki  tizimning  madaniyat  taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi, ular tomonidan madaniyatni o‘zlashtirganlik darajasi kabi 
muammolarni tadqiq etadi.
Sotsiologiyada madaniyat taraqqiyotining umumijtimoiy qonuniyatlari, 
jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida turli tabaqalar va sotsial guruhlar 
madaniy holatining o‘ziga xosligi qarab chiqiladi. Bunda, tabiiyki, quyidagilarga 
e’tibor beriladi: yaratilgan va foydalanadigan predmetlar, g‘oyalar, tasavvurlar, 
ustuvor qadriyatlar; jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 
solib turadigan ijtimoiy-madaniy me’yorlar; shu tartibdagi munosabatlarni 
tashkil etish, yashash qoidalari, usullari va h. k.


9
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
Madaniyatshunoslik va adabiyotshunoslik. Ma’lumki, adabiyotshunoslik 
badiiy  adabiyotni  ma’naviy  madaniyatning  konkret  ko‘rinishi  sifatidagi 
taraqqiyot  qonunlarini  tadqiq  etadigan  ilm  sohasidir.  Shunday  ekan, 
adabiyotshunoslik bilan madaniyatshunoslik o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning 
bo‘lishi tabiiy bir holdir. Madaniyatshunoslikda adabiy asarlar, tasviriy san’at, 
haykaltaroshlik, badiiy adabiyot asarlari, shu ningdek, falsafa, fan kabi yaxlit 
ko‘rinishdagi qadriyatlar deb e’tirof etiladi. Madaniyatshunoslik muayyan 
madaniyatning boshqasidan tafovuti, birining boshqasi bilan almashinishi, 
qaysi struktura ijtimoiy tizim va madaniyatning tabiatini belgilashi, madaniyat 
barqarormi,  madaniyat  qanday  qilib  va  qay  darajada  shakllanadi,  degan 
masalalar bilan qiziqadi. To‘g‘ri, bu muammolar bilan adabiyotshunoslik ham 
shug‘ullanishi mumkin, lekin adabiyotshunoslik doirasida ular yordamchi 
masalalar  tarzida  qarab  chiqiladi.  Adabiyotshunoslik  madaniyatni  o‘ziga 
xos tavsiflaydi, ayni paytda, undan farqli o‘laroq, o‘ziga tegishli metodlarga 
suyanib ish ko‘rishga ham ehtiyoj sezadi. Bunday holda adabiyotshunoslikda 
jamiyatdagi sotsial struktura ham, kishilar psixologiyasi ham, til va simvolika 
xususiyatlari ham o‘z tavsifini topishi mumkin.
Adabiyotshunoslik madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan fikr yuritganda 
voqelikning boshqa gumanitar fanlar qayd etadigan jihatlariga ham e’tibor 
beradi.  Adabiyotshunoslarning  vaqti-vaqti  bilan  sotsiologiya  (qadimgi 
auditoriya  va  kommunikatsiya  vositalari)ga,  psixologiya  (san’atni  idrok 
etuvchilarning ruhiyatini tahlil qilish)ga, tilshunoslik va semiotika (adabiy 
til, leksika, ma’no tahlili)ga, dinshunoslik (badiiy asarning g‘oyaviy asoslarini 
aniqlash)ga murojaat etishlarining boisi shunda.
Bunday tadqiqotlarda asosiy yo‘nalish madaniyatshunoslik yo‘sinida bo‘lib, 
ilmning boshqa ko‘rinishlariga aloqador tadqiqotlarni bir madaniy muammo 
atrofida  birlashtirib  muhokama  etish  imkoni  vujudga  keladi.  Chunonchi, 
Markaziy Osiyo uyg‘onish harakatlari davri yoki ma’rifatparvarlik g‘oyalari 
shakllanishi sharoitida faoliyat ko‘rsatgan kishilarning ruhiyatini, ularning badiiy 
in’ikosini muayyan diniy yoki dunyoviy madaniyatni yaxlit holda olib tahlil 
qilmasdan turib aniqlab bo‘lmaydi. Adabiy asarlarning hayoti juda murakkab 
va ko‘p qirrali bo‘lib, unda ham madaniyat, ham inson ruhiyati, ham uning tili 
o‘zaro qorishib ketadi. Bu esa madaniyatshunoslik bilan adabiyotshunoslik 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning barqarorligidan dalolat beradi.
Madaniyatni ilmiy o‘rganish masalalari bilan tarix fani keng shug‘ullanadi, 
lekin uni tarix xronologik izchillikda, ya’ni paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonida 
olib  tekshiradi,  jamiyat  tarixining  boshqa  sohalari  —  iqtisodiy  turmush, 
siyosiy muhit bilan birgalikda o‘rganadi, madaniy hayotning mavqeini tarixan 
izohlaydi. estetika esa ma’naviy va madaniy borliqni badiiy jarayonlar va estetik 
ong doirasida olib tahlil etadi.


10
madaniyatshunOslik asOslaRi
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  madaniyatshunoslik  bilan  boshqa 
ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘rtasidagi aloqalarni bir yoqlama tushunish, faqat 
madaniyatshunoslikning ularga ta’sirinigina e’tirof etib, ular o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlik va hamkorlikni e’tibordan soqit qilish ilmiy jihatdan noto‘g‘ri 
xulosalarga olib kelishi mumkin. holbuki, madaniyatshunoslik fani madaniyat 
to‘g‘risidagi konkret fanlar — adabiyotshunoslik, kinoshunoslik, tasviriy san’at 
nazariyasi, fanshunoslik, teatrshunoslik kabi o‘nlab ilmiy sohalar to‘plagan 
tajribalarga  suyanadi,  ular  negizida  mazmunan  boyib  boradi.  Albatta, 
madaniyatshunoslik  mazkur  fanlar  tomonidan  erishilgan  yutuqlarning 
shunchaki, oddiy yig‘indisi emas, balki umummadaniy taraqqiyotning nazariy 
va falsafiy umumlashmasidir.
Anglashiladiki, falsafa, sotsiologiya, adabiyotshunoslik va boshqa ijtimoiy-
gumanitar  fanlar  madaniyatni  yaxlit,  bir  butun  tizim  sifatida  emas,  balki 
faqat o‘z mavzui va vazifalari doirasida olib tekshirish bilan chegaralanadi. 
Madaniyatshunoslik, ulardan farqli o‘laroq, madaniyatni yaxlit va har tomonlama 
o‘rganadi, uni asosiy tekshirish obyekti qilib oladi, tarixiy reallik sifatida qayd 
etadi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabat larning ta’sir etish qonuniyatlari negizida 
uni qarab chiqadi.
hozirgi  sharoitda  madaniyatni  ma’naviy  amaliyot  yig‘indisi  sifatida 
iqtisodiy tajriba va ijtimoiy-tarixiy jarayon bilan bog‘lab o‘rganishga katta 
ehtiyoj sezilmoqda. Ayniqsa, uning mohiyatini bilish, ichki tuzilishi, yashab 
turishi, mavjudlik shakllari, jamiyat hayotining boshqa sohalari rivojlanishiga 
ta’siri, ayni vaqtda, ularga bog‘liqligi masalalari keng o‘rganilmoqda. O‘zbek 
madaniyatshunoslik ilmida madaniy meros, ma’naviy qadriyatlarning jamiyat 
hayotidagi o‘rni, mustaqillikning ma’naviy-axloqiy asoslarini ta’minlashda bu 
omillarning mavqeini ilmiy tahlil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, 
yaqin o‘tmishda partiyaviylik, sinfiylik, kommunistik mafkuraviylik, shaklan 
milliy, mazmunan sotsialistik kabi g‘ayriilmiy tamoyillar ta’sirida bir yoqlama 
o‘rganilgan milliy madaniyatimizni xolisona tahlil etish, milliy istiqlol g‘oyasi 
nuqtai nazaridan qarab chiqish o‘ta dolzarb masaladir.
Madaniyatshunoslik  fan  sifatida  bilimlar  tizimidan  iborat  bo‘lib,  o‘z 
tuzilishiga ko‘ra madaniyat tarixi va madaniyat nazariyasi tarixini o‘z ichiga 
oladi.
Madaniyat  tarixi  madaniyatshunoslikning  tarkibiy  qismi  sifatida 
madaniyatning paydo bo‘lishi va uning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini maxsus 
o‘rganadigan sohadir. U ayni tarix fani bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, muayyan 
xalq tarixini o‘rganishda uni xronologik hamda jamiyat turmushining boshqa 
sohalari bilan bog‘liq holda tahlil etishga asoslanadi. Madaniyat tarixi asosiy 
e’tiborni madaniyatning kelib chiqishi va uning tarixiy rivoj topish qonuniyatlari 
to‘g‘risida konkret xulosalar chiqarishga qaratadi. Bunda madaniyat tarixi 


11
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
tabiiy-tarixiy jarayon sifatida, har bir jamiyatning konkret madaniyati esa 
inson faoliyati usullari va natijalarining tarixan shartlanganlik mahsuli tarzida 
olib qaraladi.
Madaniyat nazariyasi tarixi madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar, qarash va 
konsepsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi xususida fikr yuritadi. Shubha 
yo‘qki, madaniyat to‘g‘risidagi fikrlar juda qadimda paydo bo‘lgan, davrlar 
o‘tishi bilan o‘zgarishlarga duch kelgan, madaniyatning umumiy va asosiy 
xususiyatlari  haqidagi  qarashlar  yangi  tajriba  va  hodisalarni  tadqiq  etish 
negizida yanada boyib borgan.
Ma’lumki,  madaniyat  deyilganda,  dastavval,  insonning  tabiatga 
ko‘rsatadigan ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan. 
Tarbiya faqat mavjud qonun-qoida va urf-odatlarga ko‘r-ko‘rona rioya qilish 
qobiliyatini rivojlantirishdangina iborat bo‘lib qolmasdan, balki shu bilan 
birga, ularga rioya qilish istagini rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga olishi kerak, 
deb e’tirof etilgan. Madaniyatni ikki yoqlama bunday tushunish har qanday 
jamiyatga xos xususiyat hisoblanadi. Chunonchi, qadimgi yunonlar «tarbiya 
ko‘rgan («paydey»)liklari» bilan «madaniyatsiz» varvarlardan o‘zlarini ustun 
qo‘yganlar, Qadimgi Rimda esa «madaniyat» tushunchasi shahar turmush 
tarzini bildirgan.
Antik  zamon  mutafakkirlari  fikricha,  madaniyat  inson  faoliyati  bilan 
bog‘langan. Madaniyat eng umumiy malakalar, layoqatlar, bilimlarning ifodasi, 
shaxsning yuksak ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi uning madaniyatni egallash 
darajasini bildiradi, degan mulohazalar tarqalgan. Qadimgi yunon mutafakkiri 
Demokritning fikricha, inson madaniyatning ijodkori bo‘lib, uni o‘z ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida va tabiatga taqlid qilib yuzaga keltirgan

. O‘rta asr Sharq 
ijtimoiy tafakkurining yirik namoyandalari — Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va 
boshqalar ham madaniyat to‘g‘risida o‘zlarning chuqur fikr-mulohazalarini 
meros qilib qoldirganlar. Forobiyning fikricha, har bir inson yetuklik sari intiladi, 
bunday fazilatga esa faqat shahar jamoasi orqali erishishi mumkin. «Madaniy 
jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, — deydi u, 
— shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, 
hamma bab-barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi 
istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi 
bilan ozod bo‘ladilar»

.
Alisher Navoiy yetuk axloq va adolatli jamiyat, jamoa masalalarini qayd 
etish bilan birga, insonparvarlik ideallariga muvofiqlashish orqali ma’naviy 
va madaniy yuksaklikka erishish mumkinligini, bu narsa insoniylik mezoni 
ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Yevropa ma’rifatparvarlik davri ingliz faylasufi F. Bekon ham shunday fikrni 
ilgari surib, madaniyat inson faoliyatining erkinligidir, degan edi. Uning fikricha, 
kimki o‘z ishining ustasi bo‘lsa, erkinlik bilan o‘z maqsadlariga erisha oladi, har 


12
madaniyatshunOslik asOslaRi
bir omilkor usta — o‘z ijodining shohidir
3
.
Demak, har bir tarixiy davrda ma’naviy ehtiyojlarni qondirish zaruriyatidan 
madaniyat to‘g‘risidagi qarashlar kelib chiqqan, madaniyat turlicha talqin 
qilingan. Nima bo‘lganda ham, madaniyatni turli-tuman tarzda tavsiflash 
hamma zamonda amal qilgan, oqibat-natijada, rang-barang konsepsiya va 
nazariyalar yuzaga kelgan.
Shunday qilib, madaniyatshunoslik madaniyatning mohiyat-mazmuni, 
shakllari, o‘zgarishlari va rivojlanishi, insoniyat ma’naviyatining o‘ziga xosligi, 
madaniyatning falsafiy-tarixiy tahlili, madaniy jarayonlar va ma’naviy oqimlar 
taraqqiyoti qonunlarini o‘rganish bilan shug‘ul lanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, madaniyatshunoslik fanining mazmun-
mohiyati va vazifalarini belgilab olish mumkin. Madaniyat shunoslik mazmunan 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:
— madaniyatning nazariy-metodologik muammolari
— jahon madaniyati taraqqiyotining asosiy bosqichlari; 
— Vatan madaniyatining tarixiy taraqqiyoti.
Madaniyatshunoslikning  mazmun-mohiyati  shunday  tartibda  qarab 
chiqilganda, uning nazariy-falsafiy masalalari ham, umuminsoniy va milliy 
qadriyatlar o‘rtasidagi umumiy va xususiy jihatlari ham o‘zaro bog‘lanadi, 
jahon va Vatan madaniyati taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlarini yoritish 
ilmiy-falsafiy jihatdan o‘zini oqlaydi.
Bunday  yondashuv,  ayni  vaqtda,  O‘zbekistonda  jamiyatni  yangilash 
va  rivojlantirishning  o‘ziga  xos  ma’naviy-axloqiy  asoslaridan  bo‘lmish  — 
vatanparvarlik,  umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqlik,  madaniy  merosni 
mustahkamlash va rivojlantirish singari xislatlarni, shuningdek, insonning 
o‘z ijodiy imkoniyatlarini erkin namoyon qilish hamda yuksaltirish vazifalarini 
to‘la aks ettiradi.
Ilmiy-falsafiy  hamda  nazariy  muammolarni  yoritish  jarayonida 
madaniyatshunoslikning asosiy funksiyalari namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, mazkur fan madaniyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini 
ilmiy jihatdan yorita borib, gnoseologik funksiyani bajaradi. Bunda madaniyat 
to‘g‘risida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy qarashlar, 
konsepsiyalar,  yangidan-yangi  adabiyotlar,  yangi  yo‘nalishlar  aniqlanadi, 
ularning  mohiyati  asoslanadi.  Shu  bilan  madaniyatga,  madaniy  faoliyat 
masalasiga turlicha qarashlarning xususiyatlari, mafkuraviy-g‘oyaviy negizlari 
aniqlanadi va ularni o‘rganishning yangicha usullari vujudga keladi.

Qaralsin:  Ââåäåíèå  â  êóëüòóðîëîãèþ.  —  Ì.:  «Âëàäîñ»,  1996,  Ñ.  6 
       2 
Abu  Nasr  Forobiy.  Fozil  odamlar  shahri.  — T.:  «Xalq  merosi»,  1993,  190-b. 
       3 
Yangi va eng yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi. — T.: «Sharq», 2002, 12-b.


13
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
Ikkinchidan, madaniyatshunoslik tarbiyaviy funksiyani bajaradi. Odatda, 
«madaniyatli  kishi»  to‘g‘risidagi  tasavvurlarimiz  insonga  xos  turmush  va 
kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, an’analarni o‘zlashtirish, san’at 
va  adabiyotning  mohiyatini  tushunish,  uning  axloqiy-estetik  salohiyatini 
chuqur  idrok  etish  kabi  sifatlar  bilan  izohlanadi.  O‘z  xalqining  va  o‘zga 
xalqlarning madaniy qadriyatlarini bilish, o‘zlashtirish, hurmatlash qobiliyatini 
tarbiyalash  ham  kishilarning  madaniyat  to‘g‘risidagi  tushunchalari  bilan 
uzviy bog‘langanligi ma’lum. Madaniyatshunoslikning tarbiyaviy funksiyasi 
bu sohadagi muayyan bilimlarning yolg‘iz o‘zi bilan emas, shu bilan birga 
egallangan nazariy-falsafiy qarashlar, axloqiy-estetik qadriyatlar kishilarning 
amaliy, kundalik faoliyatida reallikka aylanishini ham nazarda tutadi. Binobarin, 
madaniyat qoidalarning oddiy yig‘indisi emas, balki faoliyat usuli, moddiy va 
ma’naviy ne’matlarni vujudga keltirish hamda ularni, o‘zlashtirishgina emas, 
ayni paytda, ularni yangidan-yangi qadriyatlar bilan yanada boyitish, ularni 
taqsimlash, avloddan-avlodga etkazish kabi murakkab jarayon hamdir.
Uchinchidan,  madaniyatshunoslik  har  bir  insonda  ijodiy  qobiliyatni 
rivojlantirishni taqozo etadi. Madaniyatshunoslik bu sohada yangi dalillarni, 
hodisalarni tavsiflash yoki izohlash bilan cheklanmaydi, ayni vaqtda, ularning 
mohiyatini aniqlashga, chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Madaniyatni 
o‘zlashtirish jarayonida insonning ijodkorlik mayllari, qobiliyatlari, ishtiyoqlari 
tarkib topadi, uning mohiyatli kuchlari rivojlanadi. Bunday ma’naviy salohiyat va 
imkoniyat jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida faollik va yaratuvchanlik 
muhitini vujudga keltiradi.
Mustaqil  respublikamizda  ta’lim  va  madaniyatni  isloh  qilish  hamda 
rivojlantirish,  aqliy  va  ma’naviy  salohiyatni  mustahkamlashga  ustuvor 
yo‘nalishlar sifatida alohida e’tibor berilayotganligi bejiz emas. Bino barin, 
«ma’naviy potensialni ildam rivojlantirmay turib, respublikaning chinakam 
mustaqilligini va ravnaq topishini ta’minlab bo‘lmaydi»
1
.
Demak, madaniyatshunoslik madaniy-tarixiy jarayonning turli bosqichlarini, 
madaniyatning  ichki  taraqqiyot  qonunlari  va  tashqi  omillarini  ilmiy 
tushunchalar va kategoriyalar orqali yoritib beradi, ayni vaqtda, madaniy hodisa 
sifatida uning o‘zi ham muntazam ravishda boyib boradi, madaniyat haqidagi 
bilimlarni egallash esa insonning mohiyatli kuchlarini bilish, rivojlantirish, 
takomillashtirish  imkonini  beradi.  Uning ma’rifiy  ahamiyati  milliy  istiqlol 
g‘oyasining mohiyati va mazmunini tushuntirishdagi muhim nazariy va amaliy 
funksiyalarida o‘z aksini topadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin