O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
din kabilar ana shunday faoliyat natijasidir. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan 
paydo  bo‘lmaydi,  balki  tarixiy  taraqqiyotning  ma’lum  bosqichida  turgan 
va o‘zaro munosabatlarga kirishgan kishilar tomonidan yaratiladi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, ma’naviy madaniyat ma’naviy faoliyat natijasi sifatida kelib 
chiqayotgan hodisalarnigina emas, balki ularning yaratilishi jarayonida kishilar 
o‘rtasida  yuzaga  keladigan  munosabatlarni  ifodalash  uchun  ham  xizmat 
qiladi.
Moddiy va ma’naviy madaniyatga mansub ash’yolar, hodisalarning turli 
maqsadlarga xizmat qilishi, demakki, ularning vazifalari, funksiya laridagi farqlar 
yuqoridagi misollardan ham ko‘rinib turibdi. Lekin bu farqlar nisbiy bo‘lib, 
ularni aslo mutlaqlashtirib bo‘lmaydi.
Birinchidan,  unisi  ham,  bunisi  ham  madaniyat  ekanligini  unutmaslik 
kerak. Ikkinchidan, inson faoliyatining mahsuli bo‘lgan ko‘pgina hodisalar 
ham aqliy, ma’naviy, ham jismoniy mehnatning natijasi sifatida yuzaga keladi. 
Boshqacha aytganda, moddiy madaniyat insonning ma’lum bir g‘oyalari, 
bilimlari,  maqsadlarining  namoyon  bo‘lishidir.  Ayni  paytda,  har  qanday 
ma’naviy madaniyat mahsuli ham obyektiv lashuvi, o‘zining moddiy ifodasini 
(yozuv, nutq, rasm, haykal kabilarda) topmog‘i lozim. Bunday obyektivlashuv 
jismoniy  harakatni,  kuch-quvvatni  talab  qiladi.  Ba’zi  hollarda,  masalan, 
haykaltaroshlik san’atidagi kabi, bunday jismoniy harakat anchayin katta o‘rin 
tutishi mumkin.
har bir avlod madaniy rivojlanishni bo‘sh joydan emas, balki ajdodlari 
yaratgan  qadriyatlarni  o‘zlashtirishdan  boshlaydi.  Boshqa  tomondan,  bu 
o‘zlashtirish o‘ziga xos bir «xomashyo», yangi qadriyatlar yaratish, madaniyatni 
yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida tayanch vazifasini o‘taydi. Agar mana shu 
ikki jarayon bo‘lmas ekan, madaniyatning rivojlanishi haqida gap ham bo‘lishi 
mumkin emas. Ikki jarayon — eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi obyektiv zaruriy 
bog‘liqlik vorislik deb ataladi.
Madaniyatda vorislik haqida gap ketganda, taraqqiyotga xizmat qiladigan 
(progressiv) va rivojlanishga to‘siq bo‘ladigan (reaksion) vorislikni bir-biridan 
farqlash lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, ma’lum bir davrdagina ijtimoiy 
taraqqiyotga xizmat qilib, keyingi davrda jamiyat taraqqiyotiga zid bo‘lgan 
hodisalar ham uchraydi. Shuningdek, madaniyatda (ijobiy-pozitiv va salbiy-
negativ) vorislik ham kuzatiladi.
Madaniyat  o‘z  rivojlanishining  har  bir  bosqichida  davr  natijalariga 
tayanadi.  Agar  madaniyat  rivojlanishining  keyingi  bosqichlarida  oldingi 
davr natijalari saqlanib qolsa, bunday vorislik ijobiy vorislik deyiladi. Oldingi 
davr natijalariga tayanish faqat ijobiy natijalarnigina saqlab qolish degani 
emas. Madaniyat tarixida ko‘p asrlar davomida to‘g‘ri deb hisoblanib kelinib, 
keyin noto‘g‘riligi tasdiqlangan hodisalar ham ma’lum. Masalan, qadimgi 
2— Zakaz  23


18
madaniyatshunOslik asOslaRi
yunon olimi Demokritning «atomlar olamning eng mayda, bo‘linmas, oxirgi 
g‘ishtchalaridir» degan qarashlarini olib ko‘raylik. XX asr bo‘sag‘asida ilm-fan 
rivojlanishi bilan atomlar eng so‘nggi g‘ishtchalar emasligi, balki ular o‘z 
navbatida yanada murakkkabroq tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Lekin bu 
Demokrit qarashlari ilm-fan, kengroq aytganda, madaniyat rivojlanishida hech 
qanday rol o‘ynamadi, deyishga asos bo‘la oladimi? Aslo! Chunki atomlarning 
mavjudligi, ularning «olamning oxirgi g‘ishtchalari» ekanligi haqidagi fikr bu 
«g‘ishtcha»larni topishga va, ayni paytda, ularning «oxirgi» marra emasligini 
isbotlashga olib keldi. Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, noto‘g‘ri 
tasavvurlarni tanqidiy o‘zlashtirish, to‘g‘ri langan holda qabul qilish madaniy 
rivojlanishning muhim xususiyatidir.
Madaniyat  rivojlanishidagi  vorislik  oldin  erishilgan  natijalarni  saqlab 
qolish va ijodiy rivojlantirishning dialektik birligi sifatida yuzaga chiqadi. Ana 
shu jarayon natijasi o‘laroq madaniyatning barqaror, konservativ elementlari 
yuzaga  keladiki,  odatda  ularni  ifodalashda  an’analarning  roli  beqiyosdir. 
Madaniy an’analar tufayli kishilarning tajribasi to‘planib, avloddan-avlodga 
o‘tib boradi.
Madaniy an’analar kishilar birligining muayyanligini, o‘zligini saqlab qolish 
imkonini beradi. An’analarsiz madaniyat bo‘lishi mumkin emas. Madaniy 
an’analar  deganda,  ko‘pincha  marosimlar  va  urf-odatlarni  tushunishadi. 
Bu unchalik to‘g‘ri emas. Birinchidan, kishilik jamiyati rivojlanishi davomida 
yuzaga  kelgan  har  qanday  marosim,  urf-odat  ham  uzoq  yashamasligi, 
demakki, an’anaga aylanmasligi ham mumkin. Ikkinchidan, madaniy an’analar 
tushunchasi marosimlar, urf-odatlar kabi hodisalarni ham o‘z ichiga olgan 
holda ularga nisbatan kengroq mazmun kasb etadi. Chunki madaniy an’analar 
ulardan tashqari avloddan-avlodga o‘tib, tarixan qaror topgan va ijtimoiy 
ongning tarkibiy qismiga aylangan g‘oyalar va bilimlar, qadriyatlar, qarashlar 
va tasav vurlar, xulq va did me’yorlari kabi jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, madaniyatning har bir sohasida an’ana 
o‘ziga  xos  ko‘rinishga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  ishlab  chiqarish,  fan,  san’at 
sohalaridagi an’analar o‘zining takrorlanmas jihatlari bilan bir-biridan ajralib 
turadi.
Agar madaniyat faqat o‘tmish natijalarini o‘zlashtirish va takrorlashdan 
nariga o‘tmaganda edi, madaniy rivojlanish haqida gap bo‘lishi mumkin emas 
edi. har bir avlod o‘zidan oldingi natijalarga tayanib, ularni ijodiy rivojlantiradi, 
boyitadi, yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘ta radi.
Madaniy merosga nisbatan mensimasdan qarash chuqur salbiy oqibatlarga, 
fojiaviy hollarga sabab bo‘lishi, muhim madaniy yutuqlarning yo‘qolishiga olib 
kelishi mumkin. Boshqa tomondan, an’analarga ko‘r-ko‘rona sajda qilish esa 
madaniyatda turg‘unlikni keltirib chiqaradi.


19

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin