O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Jahon tarixiga murojaat qiladigan bo‘lsak, madaniy merosga munosabat 
doimo ziddiyatli bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Avvalo shuni ta’kidlamoq 
lozimki,  turli  ijtimoiy  guruhlar  paydo  bo‘lishi  bilan  madaniy  merosga 
nisbatan ularning manfaatini ifoda etuvchi munosabat shakllangan. Buning 
natijasi o‘laroq madaniy meros ma’lum bir ijtimoiy guruh, sinf manfaatlari, 
qiziqishlaridan kelib chiqib baholanadigan bo‘ldi. Bunday baholashning oqibati 
o‘laroq ko‘plab tarixiy obidalar, yodgorliklar, san’at asarlari, ilmiy manbalar 
aksariyat hollarda ijtimoiy guruhlar manfaatiga zid hodisalar sifatida yo‘q 
qilindi. Bunday fojiaviy hollar, ziddiyatlar kurashga, inqilobga aylanib ketgan 
davrlarda, ayniqsa, ko‘plab sodir bo‘ldi.
Tarixiy madaniyat merosga diniy munosabat, ya’ni diniy aqidalarga mos 
kelish-kelmasligidan kelib chiqqan holda bo‘ladigan munosabat shaklini ham 
yaratadi. Dinlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi nuqtai nazaridan madaniyat 
tarixini shartli ravishda, jahon dinlari — zardushtiylik

, buddizm, xristianlik, 
islom yuzaga kelguncha va undan keyingi davrlarga bo‘lish mumkin. Birinchi 
davrda insoniyat erishgan yutuqlar deyarli yo‘qolib ketgan. Negaki, yuqoridagi 
jahon dinlari o‘z hukmronligini o‘rnatish yo‘lida xalqlarning tarixiy va madaniy 
yodgorliklarini majusiy hodisalar sifatida yo‘q qildi. Zero, madaniy an’analari 
saqlanib qolgan xalqni bo‘ysundirish, e’tiqodini o‘zgartirish mumkin emas 
edi.
Shuningdek,  bu  jahon  dinlari  uzoq  vaqt  o‘zaro  kurash  olib  bordi.  Bu 
dinlarning hududiy barqarorligi yuzaga kelguncha bir necha yuz yillar o‘tdi 
va ko‘plab madaniyat durdonalari izsiz yo‘qolib ketdi.
Xalqimiz tarixiga murojaat etadigan bo‘lsak ham, bunday fojiali hodisalar 
ko‘plab ro‘y berganligini, mustamlakachilik siyosati, qirg‘inbarot urushlar 
oqibatida, diniy yoki sinfiy nuqtai nazardan baho lash natijasida betakror 
madaniy merosimizdan judo bo‘lganligimizni kuzatish mumkin.
Madaniyatimiz, milliy merosimizga yetkazilgan zarar haqida gap ketar 
ekan,  bir  narsaga  alohida  to‘xtalish  lozim.  Ma’lumki,  chorizm  yurtimizni 
bosib  olganidan  so‘ng  xalqimizni  tom  ma’noda  talash  yo‘lidan  bordi  va 
madaniyatimizga o‘rnini aslo va hech qachon qoplab bo‘lolmaydigan zarar 
etkazdi: ming-minglab osori-atiqalarimiz yo‘q qilindi, Rossiyaga tashib ketildi 
yoki  boshqa  mamlakatlarga  sotib  yuborildi.  Afsuski,  bu  jarayon  Oktyabr 
to‘ntarishidan  so‘ng  ham  to‘xtovsiz  davom  etdi.  Afrosiyob, Tuproqqal’a, 
Sopollitepa, Qoratepa, Zartepa, Varaxsha va boshqa yodgorliklardan topilgan, 
ba’zan ochiq, ko‘pincha yashirin ravishda yurtimizdan olib chiqib ketilgan, 
bugungi kunda Moskva, Sankt-Peterburg muzeylarining noyob eksponatlariga 
aylangan nodir qo‘lyozmalar, arxiv xujjatlari, xalqimiz turmushidan hikoya 
qiluvchi, ham tarixiy, ham madaniy qimmatga ega bo‘lgan turli xil jihozlar va 
idishlar, antik davr madaniyatiga oid haykalchalar, san’at asarlari va boshqa 


20
madaniyatshunOslik asOslaRi
shu kabi qimmatbaho topilmalar bunga misol bo‘la oladi.
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizni talon-taroj qilishga chek qo‘yildi. 
Bugungi kunda esa respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov o‘rinli ta’kidlaganidek, 
nafaqat mavjud noyob tarixiy yodgorliklarni, osori-atiqalarni asrab-avaylash, 
balki o‘zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo‘lgan san’at asarlarini izlab topish, 
ularni O‘zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo‘lagini 
tashkil etmog‘i lozim.
1
Oktyabr to‘ntarishidan keyingi davr madaniyatimiz rivojlanishi boshqa bir 
jihatdan ham g‘oyat tahlikali va fojiaviy bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Chunki bu 
davrda madaniyatga sinfiy nuqtai nazardan qarash ustuvor bo‘lib keldi. Oktyabr 
to‘ntarishidan keyin yuzaga kelgan, o‘tmish madaniyatiga tayanmagan, uni 
butunlay yo‘q qilgan holda yangi proletar madaniyatini yaratish shiori bilan 
chiqqan «Proletkult» tashkilotining faoliyati g‘oyat salbiy bo‘ldi. Garchand 
rasmiy bolshevik doiralari, ularning yo‘lboshchisi tomonidan proletkultchilik 
harakati  qoralangan  bo‘lsa-da,  madaniy  merosga  sinfiy  munosabatning 
saqlanib  qolganligi  oqibatida,  unga  «oqmi-qora»  ruhida  qarash  o‘zining 
mudhish basharasini namoyon qildi.
Buning  oqibatida,  birinchidan,  me’morchilik  majmualaridan  tortib 
noyob  qo‘lyozmalargacha  ko‘pgina  madaniyat  yodgorliklari  sinfiy  zararli 
hodisalar sifatida yo‘q qilindi. Ikkinchidan, madaniyatning ko‘plab qatlamlari 
g‘oyaviy-siyosiy «zararli» deb e’lon qilindi, ularni o‘rganish taqiqlandi. Shunisi 
achinarliki, madaniyatga bunday munosabat yaqin-yaqingacha saqlanib keldi. 
Uchinchidan, yuqoridagilar yetmaganidek, Oktyabr to‘ntarishigacha shakllanib 
ulgurgan, o‘tmish yutuqlarini kelajak avlodlar sari eltuvchi va milliy-madaniy 
rivojlanishda bog‘lovchi xalqa sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan ijodkor 
ziyolilarimizning atoqli namoyandalari Fitrat, Cho‘lpon, A. Qodiriy, Usmon 
Nosirlarning qismati g‘oyat fojiali bo‘lganligini eslash kifoyadir.
Ana shu hodisalarning natijasi o‘laroq madaniyatdagi vorislik jarayonida 
ma’lum  uzilish  sodir  bo‘ldi.  Madaniy  merosimizdan  uzilishimizga  asrlar 
davomida foydalanib kelingan, madaniy merosimizning ajoyib namunalari 
yaratilgan arab yozuvidan voz kechganligimiz, umuman imlomizning bir necha 
marta o‘zgartirilishi ham sabab bo‘ldi, albatta.
Prezidentimiz  haqli  ravishda  ta’kidlaganidek,  Markaziy  Osiyo  tarixida 
siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy 
bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom 
1
  Zardushtiylik Turon va eronda shakllangan hamda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 
tarqalgan birinchi jahon dini bo‘lib, unga e’tiqod qiluvchilarni islomga e’tiqod qilgan xalqlar 
quvg‘in ostiga oladilar va shu tariqa milodning minginchi yillariga kelib zardushtiylik deyarli 
barham topdi.


21

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin