O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Buyuk nemis faylasuflari Immanuel Kant, 
Zigmund  Freyd  o‘z  tadqiqotlarida  jinsiy  hayotni  tartibga  solish,  oilaning 
paydo  bo‘lishi  (ya’ni  madaniyatning  paydo  bo‘lishi)  insonning  hayvonot 
olamidan ajralib chiqishi va kishilik jamiyatining vujudga kelishida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatgan edilar. Boshqacha qilib aytganda, sovet 
madaniyatshunosligida ta’kidlanganidek, inson faqat mehnat tufayli madaniyat 
yaratgan emas, balki, aksincha, madaniyat tufayli inson o‘z xatti-harakatini 
tartibga solish, oila va jamoa bo‘lib yashash, mehnat qilish ko‘nikmasiga ega 
bo‘lgan. Insonga xos fazilat va sifatlarning shakllanishi axloqiy madaniyatning 
rivojlanishi bilan, jamiyat inqirozi esa madaniyatning umumiy tanazzuli bilan 
uzviy bog‘liq ravishda ro‘y beradi.
Madaniyat ravnaqi va ijtimoiy munosabatlarning takomillashib borishi bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Shu o‘rinda madaniy va ijtimoiy 
taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga 
muvofiqdir.
Ilgari ta’kidlab kelinganidek, madaniyat namunalari keng xalq ommasi 
tomonidan mexanik tarzda emas, balki ijtimoiy hayotning turli sohalarida 
faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or kishilar, ziyolilar, ilm-fan ahllari tomonidan 
yaratiladi,  jamiyatning  asosiy  ko‘pchilik  qismi  esa  madaniyatning  ilg‘or 
namunalarini  o‘zlashtirish  va  sotsiallashtirish  jarayoniga  tortiladilar. 
Madaniyatdagi umumiy inqiroz madaniyatning ilg‘or namunalarini yaratuvchi 
elita — sara toifa bilan keng ommaning ma’naviy salohiyati o‘rtasidagi tafovut 
va ziddiyat bilan bog‘liq ravishda ro‘y beradi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda, ilmiy va 
badiiy ijodda shaxs erkinligining tobora ortib borishi madaniy rivojlanishning 
mezoni hisoblanadi.
Shaxs  erkinligi  strukturasida,  shubhasiz,  siyosiy  erkinlik  juda  muhim 
o‘rin  egallaydi.  Insoniyat  o‘zining  madaniy  taraqqiyot  jarayonida  siyosiy 
boshqarishni  takomillashtirish,  davlat  va  nodavlat  tashkilotlari  tizimini 
yaratishda muayyan tajriba va bilimlar orttirdi. Davlat va uning tarixiy shakllari 
insoniyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti, shaxs erkinligi darajasining ortib 
borish tendensiyasining qonuniy natijasi sifatida vujudga keldi. Jamiyatda 
siyosiy boshqarishning qanday shakli (monarxiya, aristokratiya, demokratiya)
ning amal qilishi jamiyatdagi ilg‘or qatlamlarning madaniyatiga bevosita 
bog‘liqdir. «Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bo‘lishda 
aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda, — deb yozadi I. A. 
Karimov. — Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning 
barcha afzalliklarini qadrlay olishini va, aksincha, bilimi kam, omi odamlar 
avtoritarizmni va totalitar tuzumni ma’qul ko‘rishini hayotning o‘zi ishonarli 
tarzda isbotlamoqda»

.
Jahondagi  ko‘plab  xalqlarning  madaniy  rivojlanish  tarixi  gomogen 


42
madaniyatshunOslik asOslaRi
madaniyatning  geterogen  madaniyatga  o‘tib  borishidan  dalolat  beradi. 
O‘zbekiston xalqlarining keyingi ikki asr davomida Yevropa xalqlari, xususan, 
Rossiya madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirishi, shubhasiz, ijtimoiy-
siyosiy hayotda muhim ijobiy o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Ilg‘or o‘zbek 
ma’rifatparvarlari, ziyolilari, jadidlar rus madaniya tining ilg‘or namunalarini 
har tomonlama chuqur o‘rganishga da’vat etish orqali o‘lkaning ijtimoiy-
siyosiy hayotida tub o‘zgarishlar qilishga umid bog‘laganlar. Milliy mustaqillik 
yillarida ijtimoiy-siyosiy hayo timizda tub islohotlarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish,  Prezident  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek,  ilg‘or  mamlakatlar 
xalqlarining madaniy yutuqlarini keng targ‘ib etadigan ijodkor ziyolilarning 
shaklanishiga bog‘liqdir. «Milliy tafakkur o‘z taraqqiyotida madaniy qurilish 
vazifa lariga dunyo miqyosida yondashishi, boshqa xalqlarning taqdiri, ularning 
o‘zaro munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran 
nuqtalarigacha kirib borishi, milliy manfaatlarni hisobga olishi kerak»
2
.
Madaniyatning jamiyat hayotidagi ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirish 
ham, uning ahamiyatini kamsitish ham birday xatodir. XVIII asrdayoq mashhur 
fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo madaniyatning ahamiyatini haddan tashqari 
bo‘rttirishga qarshi tabiiy insonning axloqiy ustunligi g‘oyasi va tabiatga qaytish 
shiorini ilgari surgan edi.
XX  asr  boshlarida  taniqli  nemis  faylasufi  Fridrix  Nitsshe  madaniyat 
strukturasida fan va texnika yetakchi mavqeni egallab, hayotning rivojiga 
imkon bermayotganligini keskin tanqid qilgan edi. Zigmund Freydning fikricha, 
madaniyat o‘zining axloqiy me’yorlari, talab va qadriyatlari bilan dastavval 
kishilik jamiyatining paydo bo‘lishida muayyan ijobiy rol o‘ynagan bo‘lsa, 
keyinchalik o‘zining taqiqlovchi talablari, qat’iy me’yorlari bilan kishilik jamiyati 
rivojiga xalaqit bera boshlagan.
O‘tgan asrning 60—70 yillarida qator g‘arb mamlakatlarida madaniyatga 
qarshi kurash harakati keng quloch yozdi. Bu harakat o‘z atrofiga Russo, Nitsshe, 
Freyd g‘oyalarining tarafdorlarini, talaba-yoshlarni birlashtirdi. Ular «ommaviy 
madaniyat» qadriyatlarining keng yoyili shiga, fan va texnika fetishizmiga 
qarshi kurash boshladilar. Madaniyatni tanqid qilish uning jamiyat hayotidagi 
ahamiyatini butunlay inkor etish emas, balki uning ahamiyatini yana ham 
chuqurroq idrok etish, uning inson yaratuvchanlik funksiyasini kuchaytirish 
demakdir. Madaniyat uchun ayni bir vaqtda ham statika (barqarorlik), ham 
dinamika (rivoj lanish, o‘sish) jarayonlari xosdir.
Muayyan  me’yorlar,  andozalar,  bilim  va  qadriyatlar  majmuasi  sifatida 
madaniyat  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikni  ta’minlashga  yaqindan  yordam 
1
  I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari. — T.: «O‘zbekiston», 1997, 116-b.


43

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin