O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Milliy mustaqillik xalqimizning umummilliy madaniyati rivojida yangi davrni 
boshlab berdi. Mustabid sovet tuzumi davrida xalq xo‘jaligining ekstensiv yo‘l 
bilan rivojlantirilishi, qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga zo‘r berilishi, mo‘l 
hosil yetishtirish uchun yer, tuproq, suv va havoning zaharlanishi singari salbiy 
holatlarni bartaraf etish, Orol dengizini halokatdan saqlab qolish davlatimiz 
siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezident I. A. Karimovning qator 
asarlarida, nutq va maqo lalarida ekologik xavf-xatarlarni bartaraf etishning 
asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
Milliy  xavfsizligimizga  jiddiy  tahdid  solayotgan  ekologik  inqirozlarni 
oqilona bartaraf etishda xalqimizning ekologik madaniyatini yuksaltirish, 
ayniqsa, muhimdir. «Tabiatga qo‘pol va takabburlarcha munosabatda bo‘lishga 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, — deb yozadi I. A. Karimov. — Biz bu borada achchiq 
tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechir maydi. Inson — tabiatning 
xo‘jayini, degan soxta sotsialistik mafkuraviy da’vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo 
mintaqasida ko‘plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun 
fojiaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondning yo‘q bo‘lib ketishi yoqasiga 
keltirib qo‘ydi»
1
.
Xullas, madaniyat va tabiat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir: madaniyat rivoji 
tabiat taraqqiyotini tezlashtiradi, tabiat esa, o‘z navbatida, mada niyatning 
ravnaqi uchun moddiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tabiatga bo‘lgan munosabat 
insoniyat madaniy taraqqiyotining o‘ziga xos mezoni hisoblanadi. Turli tarixiy 
davrlarda  madaniyatning  tabiatga  ta’siri  turlicha  mazmun  va  xarakterga 
ega  bo‘lgan.  Ijtimoiy  mulkchilik  munosabatlari  hukm  surgan  sotsialistik 
jamiyatda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, uni talon-taroj qilish odatiy holga 
aylandi. Xususiy mulkchilik, tadbirkorlikning rivojlanishi, milliy mustaqillikni 
mustahkamlash sharoitida tabiatga insonlarcha madaniy munosabatda bo‘lish, 
uning ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik madaniyatni rivojlantirish 
milliy taraqqiyot asosi bo‘lib qoldi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin