O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
balki o‘z-o‘zini ham o‘zgartiradi, qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Mehnat 
mashaqqatining shakllanishi insonning, avvalo, mehnat predmetiga, mehnat 
qurollariga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Taniqli 
nemis olimi Maks Veberning ta’kidlashicha, protestant etikasi tadbirkorlik va 
ishbilarmonlikning rivojlanishida, kapitalistik ruhning shakllanishida muhim 
omil bo‘lib xizmat qilgan. Diniy rivoyatlarga ko‘ra, inson tabiatan gunohkor 
ekan, uning istak va ehtiyojlari real imkoniyatlaridan ilgarilab borar ekan, u 
halol va ijodiy mehnati bilangina Xudo oldidagi gunohlaridan ozod bo‘lishi 
mumkin. Mehnat mahsuli insonning xudoga qilgan eng yaxshi tuhfasidir.
O‘rta asrlar madaniyatining tabiatga bo‘lgan munosabati ko‘proq diniy-
asketik mazmunga ega edi. Bu davrda madaniyat sohibi bo‘lgan insonning 
tabiatga munosabati asosan ilohiyotchilarning diniy ta’limot lariga asoslangan. 
Xudoni butun tabiatning ijodkori, yaratuvchisi sifatida talqin etish — bu davr 
sxolastik falsafasiga xos muhim xususiyat edi.
Sharq mamlakatlarida keng yoyilgan tasavvuf ta’limotining shakl lanishi 
insonning tabiiy ehtiyojlarini cheklash orqali ma’naviy-axloqiy rivojlanishni 
ta’minlash bilan uzviy bog‘liq edi. Tasavvuf o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra 
moddiy ishlab chiqarishni, tadbirkorlikni qo‘llab–quvvatlamas, dunyoviy ilm-
fanni rivojlantirishni ma’qullamas edi.
Musulmon Sharqi madaniyatining tabiatga bo‘lgan munosabati ulug‘ 
mutasavvuf Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni «diling 
xudoda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiorida o‘z ifodasini topgan edi.
O‘rta  asrlar  madaniyatida  din  yetakchi  mavqega  ega  bo‘ldi.  Bu  davr-
ning  ulug‘  mutafakkirlari  tabiatni  Xudoning  buyuk  marhamati  sifatida 
tushuntirishga, Xudoning mavjudligini mantiqiy dalillar orqali isbotlashga 
harakat qildilar. Bu davr madaniyati uchun tabiatni ilohiylashtirish xos bo‘lib, 
uni ilmiy bilishga imkon bermas edi.
Yevropa  Uyg‘onish  davri  madaniyati  tabiat  taraqqiyotining  mahsuli 
bo‘lgan  hazrati  insonni  ulug‘lashga,  gumanizm  g‘oyalarini  keng  tar g‘ib 
etishga asoslangan edi. Bu davrning ulug‘ mutafakkirlari qadimgi dunyo 
madaniyatining ilg‘or yutuqlarini chuqur o‘rganishga, inson aql-zakovati va 
yaratuvchanlik qobiliyatini tarbiyalashga, tabiat va inson mohiyatini chuqurroq 
bilishga imkon beradigan ilm-fanni rivojlantirishga puxta zamin yaratdilar.
Uyg‘onish davri madaniyatida hurfikrlilik, badiiy ijod, shaxs erkinligini 
qo‘llab-quvvatlash yetakchi o‘rinni egalladi. Bu davrning Petrarka, Alisher 
Navoiy, Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi singari buyuk san’atkorlari 
badiiy ijod bilangina shug‘ullanib qolmay, qomusiy bilimga ega bo‘lgan, 
dunyoviy ilm-fan, hurfikrlilik rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk madaniyat 
arboblari ham edilar.
Uyg‘onish davri madaniyati tabiatga bo‘lgan munosabatlarda butunlay 


38
madaniyatshunOslik asOslaRi
yangicha  tamoyillarga  asoslandi:  hazrati  insonni  har  tomonlama  kamol 
toptirish, uning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, insonni baxtli qilish uchun 
ilm-fan, ma’rifatni rivojlantirish, tabiatni bilish zarur edi.
Uyg‘onish davri insoniyat tarixiga ko‘p asrlar davomida diniy aqidalar 
qobig‘ida mudragan Aqlning tom ma’noda uyg‘onishi, uning insonga munosib 
farovon hayot sharoitlarini yaratishga imkon beradigan ilm-fan va texnikaning 
taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochish davri sifatida kirdi.
Yangi zamon madaniyati tizimida fan va texnika yetakchi o‘rin egalladi. 
Shaxs erkinligini oliy qadriyat deb e’lon qilgan burjua davlati tabiat va jamiyat 
to‘g‘risidagi fanlarni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor bera boshladi. Bu 
davrda madaniyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini ilmiy asosda tadqiq etish, 
madaniyatning mohiyatini o‘rganish muhim ahamiyat kasb eta boshladi. 
Ilm-fan va texnikaning jadal rivojlanishi bilan inson tabiatni to‘la o‘zlashtirish, 
tabiat  kuchlarini o‘z  irodasiga  bo‘ysundirish  va,  hatto  tabiiy taraqqiyotni 
jadallashtirish, o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ldi.
XX asr o‘rtalarida fan-texnika sohasida ro‘y bergan inqilobiy o‘zgarishlar 
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. 
Tabiatshunoslik  sohasida  erishilgan  buyuk  yutuqlar,  biotexnologiya  va 
geninjeneriyaning rivojlanishi inson hayotini yaxshilash uchun qator qulayliklar 
yaratibgina qolmay, murakkab muammolarni ham keltirib chiqardi: qudratli 
texnika yordamida tabiatning jadal o‘zlashtirilishi ekologik inqiroz vujudga 
kelishiga, tabiiy energetika manbalarining keskin kamayishiga, atmosferaning 
zaharlanishiga, juda ko‘plab noyob o‘simlik va hayvonlar turining qirilib ketishiga 
olib keldi. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda tadqiq etish, 
ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarning ekologik 
xavfsizligini ta’minlash, har bir ilmiy kashfiyotning oqibati uchun olimning 
shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, fan etikasi kabi omillar jiddiy hayotiy muhim 
ahamiyat kasb eta boshladi.
XX asr boshlarida N. Berdyayev, O. Shpengler singari buyuk mutafakkirlar 
fan-texnika inqilobining xatarli oqibatlari Yevropa madaniya tining umumiy 
inqirozi  bilan  bog‘liq  ekanligini  alohida  ta’kidlagan  edilar.  Fan-texnika 
ravnaqi inson va tabiat o‘rtasida yangicha munosabatlarni shakllantirishni, 
ekologik madaniyatni rivojlantirishni talab eta boshladi. Oliy o‘quv yurtlarida 
ekolog-mutaxassislar  tayyorlash,  ta’lim  muassasalarida  ekologik  tarbiya 
sifati va samaradorligini oshirish, ulug‘ ajdodlarimizning yer, suv, o‘simlik va 
hayvonot olamini avaylab-asrashga da’vat etuvchi ma’naviy qadriyatlarini 
tiklash — ekologik madaniyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridir. 
Qator rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun faol 
kurashayotgan «yashillar partiyasi» tajribasini o‘rganish, ekologik toza hududlar 
vujudga keltirish, ayniqsa, muhimdir.


39

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin