O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
beradi.  Madaniyatning  barqarorlikni  saqlash  funksiyasi  konservatizm 
xavfining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Madaniyat jarayon sifatida bir 
joyda  uzoq  vaqt  to‘xtab  turolmaydi:  jamiyatning  ilg‘or  ziyolilari,  ijodkor 
qatlami uning yuksakroq namunalarini yaratadilar; natijada, madaniyatga xos 
an’anaviylik novatorlik bilan uyg‘unlashadi. Yangilik bilan eskilik, progressivlik 
va konservatorlik, milliylik va umuminsoniylik o‘rtasidagi tafovut va ziddiyat 
jarayonida madaniyat faol rivojlanadi va ta’sirchan kuch sifatida namoyon 
bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida paydo bo‘lgan muammolarning tez va 
oqilona hal etilishi keng xalq ommasi madaniy darajasining yuksalishiga, 
ilg‘or shaxslar tomonidan yaratilgan madaniyat namunalarining qanchalar tez 
o‘zlashtirilishiga bog‘liqdir. Keng xalq ommasining ma’naviyatini yuksaltirish 
milliy madaniyatning rivojlanishida, ijtimoiy muammolarni oqilona hal etishda 
muhim ahamiyatga egadir.
Demokratik  jamiyat  turli  millat  va  xalqlar,  sotsial  guruhlar  va  sinflar 
o‘rtasidagi hamkorlik, o‘zaro ta’sir munosabatlari asosida rivojlanadi. har bir 
xalq, millat va sotsial guruhning turmushi, hayot sharoitlari, fikrlash tarziga 
mos ravishda o‘ziga xos madaniyat vujudga keladi. Turli xalqlar o‘rtasida 
turlicha  madaniyatning  vujudga  kelishida  tabiiy-geografik  sharoit,  iqlim, 
mehnatni tashkil etish usullari muhim rol o‘ynaydi. Milliy madaniyatdagi 
individuallik, o‘ziga xoslikka haddan tashqari ko‘p urg‘u berish oxir-oqibatda 
milliy mahdudlikka, jahon sivilizatsiyasidan uzilib qolishga, va nihoyat, turli 
milliy madaniyatlar o‘rtasida ixtiloflar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Mulkchilikka bo‘lgan munosabatlarning xilma-xilligi turli sotsial guruhlar, 
sinflar madaniyatida o‘ziga xos tafovutlarni keltirib chiqaradi. Shahar va qishloq 
madaniyati, ziyolilar va omma madaniyatining bir-biridan farqlanishi aslo bejiz 
emasdir. Bunday tafovutlar mehnatni tashkil etish usullari, mulkchilikka turli 
munosabatning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu tafovutlarni sun’iy ravishda 
kuchaytirish ham, ularni zudlik bilan yo‘qotish ham jamiyat uchun noxush 
oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Sotsial  mobillik  (ijtimoiy  sinf  va  guruhlarning  harakatchanligi  yoki 
moslashuvchanligi)  bozor  munosabatlari  sharoitida  obyektiv  ravishda 
amal qiladigan muhim qonuniyat bo‘lib, kishilarning bir sotsial guruhdan 
boshqasiga o‘tishi va yangicha munosabatlarga moslashishi sotsial guruh 
yoki sinf madaniyatini qanchalar o‘zlashtirishiga bog‘liqdir. Boshqacha qilib 
aytganda, kasb etikasi ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishda 
qanchalar muhim ahamiyatga ega bo‘lgani singari turli sinflar, sotsial guruhlar 
madaniyatining o‘ziga xosligini bilish, idrok etish ham jamiyatdagi turli ijtimoiy 
qatlamlarning integrallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. emil Dyurkgeym 
ta’kidlaganidek, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat a’zolari o‘rtasidagi 
ijtimoiy birdamlikning yanada mustahkamlanishi uchun puxta zamin yaratadi, 
yangidan-yangi kasb va mutaxassisliklarning paydo bo‘lishi ijtimoiy guruh va 


44
madaniyatshunOslik asOslaRi
qatlamlar o‘rtasidagi aloqadorlikni yanada kuchaytiradi.
Sobiq sovet jamiyatida milliy madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni zudlik bilan 
yo‘qotishga urinish noxush oqibatlarni keltirib chiqargani singari turli sotsial 
guruhlar va sinflar madaniyati o‘rtasidagi o‘ziga xoslikni nazar-pisand qilmaslik 
ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan oz sonli xalq va 
millatlarning milliy madaniyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratishga, milliy markazlar tashkil etishga alohida e’tibor berila boshlandi. 
Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «har qanday millat, u naqadar kichik 
bo‘lmasin — insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, 
madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va 
genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi»
1
.
har bir milliy madaniyat insoniyat madaniyatidan ajralgan holda rivojlana 
olmaydi.  Milliy  madaniyatlar  bir-biriga  ta’sir  ko‘rsatadi,  bir-birini  boyitadi 
va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni yanada takomillash tirishda muhim omil 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  har  bir  xalq  o‘zining  noyob,  betakror  va  o‘ziga  xos 
milliy madaniyati bilan insoniyat madaniyati tarkibida munosib o‘rin tutadi. 
Mamlakatimizda  demokratik  o‘zgarish larning  yanada  chuqurlashishi  va 
fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga 
qo‘shilib borishi jamiyatimizning madaniy taraqqiyoti yo‘lida paydo bo‘lgan 
muammo larni  oqilona  hal  etishni, Yer  yuzidagi  ilg‘or  xalqlar  madaniyati 
yutuqlarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbekistonning qator Yevropa 
mamlakatlari bilan iqtisod, siyosat, madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorligi, 
iqtidorli yoshlarimizning xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rishi, ilg‘or 
xalqlar  bilan  madaniy  muloqotda  bo‘lishi,  shubhasiz,  yurtimizda  amalga 
oshirilayotgan islohotlarning muhim tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Xullas, hozirgi zamon madaniyatshunosligida madaniyat va jamiyatning 
o‘zaro ta’siri va munosabatini ilmiy asosda tadqiq etish g‘oyatda dolzarb 
masaladir. Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, yangilikka intilish, ma’naviy 
yangilanish, yaratish, yaxshilik va ezgulikni avaylab-asrash, qo‘llab-quvvatlash 
bilan uzviy bog‘liq ekan, jamiyat hayotini madaniyatsiz, madaniyat rivojini esa 
sog‘lom ijtimoiy munosabatlar tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Madaniyat 
o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliylik va umuminsoniylikning uzviy birligi 
sifatida namoyon bo‘lar ekan, har bir yangi avlodga uzoq ajdodlarimizning 
bilimi, tajribasi, qadriyatlari, ko‘nikma va malakalaridan bahramand bo‘lish 
imkonini berish, xalqlarni bir-biri bilan yaqinlashtirish, ijtimoiy totuvlik va 
barqarorlikni  ta’minlash  buyuk  gumanistik  vazifadir.  Jamiyat  va  insonga 
madaniy hodisa sifatida qarash madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi 
ahamiyatini  teranroq  anglashga  yordam  beradi.  Zero  G‘arbiy Yevropa 


45

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin