O’MROV SUYAGINING SINISHI
O’mrov suyagining sinishi tayanch-xarakat apparatining boshqa sinishlari orasida taxminan 15-18% ni tashkil kdladi. O’mrov suyagi, ko’pincha, unga to’ridan-to’ri zarbtushganda sinadi (bevosita), birok o’mrov bilvosita shikast mexanizmida, ya’ni o’mrov o’ki tomon tazyik bo’lganda sinadi.
Shikastning bevosita mexanizmida — elka bo’imining tashki yuzasiga, cho’zilgan xolatdagi qo’lga yiqilishda, elka bo’imlari yon tomonlaridan bosilganda — kuch oirligi 5-simon buqilgan o’mrov bo’ylab tarqaladi. Uni keskin bukish eng nozik qismi - o’rta va tashki uchdan bir qismi o’rtasidagi chegarada sinishiga olib keladi. Bevosita shikast mexanizmida sinish parchalangan, ko’ndalang, kiyshik-ko’ndalang bo’ladi. Shikastning bilvosita mexanizmida ko’pincha kiyshik va kiyshik-ko’ndalang sinishlar uchraydi. Siniqlarining tipik surilishi kiyshik va kiyshik-ko’ndalang sinishlarda ro’y beradi. O’rtadagi markaziy singan bo’lak to’sh-o’mrov-so’rshcheimon mushakning qisqarishi natijasida tepaga va orqa tomonga ko’chadi. O’mrovning tashki (periferik) bo’lagi qo’lning massasi ta’siri ostida pastga va oldinga tomon ko’chadi. Bolalarda suyak ustki pardasi ostidagi sinishlarda, ko’pincha, burchagi pastga ochiq bo’lgan deformastiya vujudga keladi. O’mrovning tashki cheti singanda periferik parcha kurakning akromial va tumshuksimon o’simtalar bilan bolangan xrdda qolishi, o’mrovning yuqoriga siljigan markaziy bo’lagi esa o’mrovning akromial cheti chiqishiga o’xshab ketishi mumkin.
Ayrim xollarda siljigan bo’laklarning kirralaridan plevra, tomir-nerv tutami, yopiq sinishdan ochiq sinishga o’tadigan teri krplamlari shikastlanishi mumkin.
T a sh x i s. O’mrov sinishiga tashxis qo’yish qiyinchilik tugdirmaydi. Singan joyda oriq,, aktiv xarakatlarningcheklanishi, ayniqsa, oriq.tufayli qo’lni yozish va tepaga ko’tarishning qiyinli-giga shikoyatlar bo’ladi. Bemor qo’lini elkaga ko’yib tirsagi bilan ko’krakka yaqinlashtiradi. Singan joy ko’zdan kechirilganda nisbatan ko’pincha deformastiya borligi (shish, kon kuyilishi, suyak bo’laklarining turtib chiqishi) aniqlanadi. Qo’l elka bo’imi bilan birga ichkariga yo’nalgan, pastga va oldinga tushirilgan. Elka tepasi shikastlangan tomonda qisqa tortilgan, o’mrov usti chukurchasi.
tekislashgan. Kurakning medial cheti va uning pastki burchagi teri osti kletchatkasidan ko’rinib turadi. Suyak o’simtalaridan kurakning medial chetigacha bo’lgan maso-fa solom tomondagiga nisbatan bir-muncha katta.
Bemorni tekshirish shikastlan-gantomondaga nervlar, tomirlarni tekshirish va rentgenografiya bilan yakunlanadi.
D a v o l a sh. O’mrov sinishlarini davolash usuli asosan sinish xarakteriga boliq.. Suyak ustki pardasi ostidan sinishlarni «yashil novda» tipi bo’yicha va suyak bo’laklari surilmagan sinishlarni fiksastiya qiladigan bolamlar bilan o’tkaziladi. Bolalarda
immobilizastiya muddati 2 dan 3 \aftagacha, kattalarda 4 xaftagacha. Bog-lam ko’yshstdan oldin singanjoy 10-15 ml 1-2% novokain eritmasi bilan oriqsizlantiriladi. Bo’laklari surilgan o’mrov sinishlarida singan joyni 15-20 ml 1-2% eritma bilan oriqsizlantirilgandan keyin bo’laklar joyiga kuyiladi. Buning uchun bemorni kursiga boshini shikastlangan tomonga engashtiib o’tkaziladi. Assistent tizzasi bilan kurak orasiga yoki burchagiga tiralib, ikkala qo’lini elkaning tepasiga ko’yadi va elka bo’imini orqaga-tepaga va oz-moz yuqoriga suradi (111 -rasm). Jarroh shu holatda siniqlarni joyiga soladi. Odatda bu qiyinchilik tugdirmaydi, birok fiksastiyaning 250 dan ortik taklif qilingan usuli borligiga karamay bo’laklarni kerakli xolatda ushlab turish goyat qiyin (112-rasm).
112-rasmda keltirilgan fiksastiya usullari eng keng tarqalgan.
Burchak deformastiyasi bilan o’tadigan o’mrov sinishlarini davolashda Chijin ramkasi yaxshi yordam beradi. Kuzminskiy shinasi (112-rasm, g) o’mrov sinishlarini konservativ davolash uchun juda kulay xisoblanadi, u elka kamarini ko’tarib, eng yuqori holatda ushlab turadi.
Uzoq, vakt o’rinda yotishni talab kiladigan oir jarohatla-nishlarda bemorni qattiq to’shakli yotok chetiga yotkiziladi yoki kuragi orqasiga va kuraklararo bo’shliq.ka kattik yostik ko’yiladi, kz'l yotokdan pastga va orka tomonga osilib turadi. Bir kun o’tgach, tirsak bo’imi tagiga bolishchasi bo’lgan kursi qo’yiladi. Bemor shu vaziyatda 2-3 xrfta yotadi.
O’mrovni jarroeushk yo’li bilan davolash muayyan ko’rsatmalarga ega, ular mutlak va nisbiy turlarga bo’linadi. Mutlak ko’rsatmalar kuyidagilar:
ochiq sinish;
o’mrovning tomir-nerv dastasi shikastlanishi bilan
asoratlangan yopiq sinishi;
nerv chigalining bosilishi;
bo’laklari suyakka tik joylashgan va tomir-nerv dastasining
shikastlanish xavfi bo’lgan bo’laksimon sinish;
bo’lakning o’tkir uchidan teri perforastiyasining yuz berish
xavfi;
interpozistiyaning xar xil turlari (suyak suyak ustki pardasi)
kiradi.
Nisbiy ko’rsatmalarga bo’laklarni bolam yoki shina bilan joyiga solingan xolatda ushlab turib bo’lmasligi kiradi.
Ko’pincha, o’mrovning retrograd usul bilan intramedullyar osteosintezi o’tkaziladi. Operastiyadan keyingi davrda qo’lni 4-5 xaftaga StITO shinasi yoki torakobroxial bolam bilan fiksastiya qilinadi. Mexnat qilish krbiliyati 1,5-2 oy o’tgach tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: |