98
qilinadi.
Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010–
“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab
chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:
-ishlab chiqarish haqiqiy hajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan
mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega
bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan
barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga
kiritilgan xarajatlar
xaqidagi
ma’lumotlardan
foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi
ishchilarning mehnat haqi,
materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda
bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab
chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib,
ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot
yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidan
so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga
o‘tkaziladi.
16-jadval
Dostları ilə paylaş: