97
yuritiladi. Mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu
schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat
buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov
xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish materiallari va
o‘rnatiladigan
asbob-uskunalar,
ehtiyot
qismlar
bilan
qay
darajada
ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va
buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan
to‘la nazorat o‘rnatadi.
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar,
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol
yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot
tashkilotlariga to‘langan ustamalar, transportga yuklash va tushirish chiqimlari,
tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish
yo‘lidagi tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: