6
1-davr.
Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning
eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan
belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan
xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonni
yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan.
2-davr.
Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar
bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi). Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muomala
vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik jarayonlari
naturada o‘lchangan bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham
baholashga o‘tildi. Qiymat ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida
patrimonal va kameral hisobni shakllantirdi. Patrimonal hisobda mulkka egalik
birinchi o‘ringa qo‘yilsa, kameral hisobda uning kirimga olinishi yoki hisobdan
chiqarilishi xarakterlangan.
Pul patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, komeral hisobda
to‘lov vositasi sifatida qaraladigan bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: