19
ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy
mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga
rahbarlik qilish
murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan iqtisodiyot
hisobi ahamiyati oshgan, jamiyatni hamma sohalarida mulklarni hisobga olish
borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan.
Xo‘jalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik
jarayonlarini kuzatib
borish;
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
c) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini
maxsus hujjatlarda qayd etish;
d) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va
guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir
etish.
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi
funksiyalari ayrim korxona, muassasa,
tashkilot va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va
kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini
ustidan nazorat olib
borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalarni
o‘zgarishiga olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini
beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarishni o‘sib borishi tovar ayirboshlashni kuchayishiga olib keladi.
Iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganishda, mulkiy
munosabatlarni tartibga
solishda hisobning o‘rni alohida bo‘lib, uning yordamida korxona mablag‘larini
to‘liqligi, boshqaruv tizimini takomillashtirishda hisob ko‘rsatkichlaridan to‘g‘ri
foydalanish,
korxona
xarajatlarini
kamaytirish,
mablag‘lardan
samarali
foydalanishga olib keladi.
Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi
o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham
hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi.
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda
amalga oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi.
Xo‘jalik hisobining turlarini quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin: