Xo‘jalik mablag‘lari tarkibi tasnifi
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab
chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari
Mablag‘lar (aktiv)
Uzoq muddatli aktivlar
Joriy (aylanma) aktivlar
Pul mablag‘lari
Kapital qo‘yilma va
boshqalar
Uzoq muddatli
investitsiyalar
Nomoddiy
aktivlar
Joriy hisob –
kitobdagi
mablag‘lar
Asosiy
vositalar
Tovar-
moddiy
zaxiralar
Qisqa muddatli moliyaviy
qo‘yilmalar
34
va xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Shu bilan bir vaqtda mehnat
vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va
xizmatlar tannarxiga va davr harajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida)
o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatini kamayishiga olib keladi.
Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar
tarkibiga kiritiladi:
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq;
b) bitta birligi(komplekti)ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida
belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan (sotib olish
vaqtida) aktivlar.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirsh, binolar, inshootlar, uzatish
moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi
transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar
kiradi.
Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5-«Asosiy vositalar» nomli
BHMSda keltirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 20 yanvar
2004 yil 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli
investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar va uzoq
muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bularning
mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Asosiy vositalar – korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom
etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat
ko‘rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni amalga oshirish
jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
№7-«Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq nomoddiy
aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan,
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk
obyektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida
aktiv deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik
bo‘lgan; ishonchli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya’ni
uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan
hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xou», savdo markalari,
tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar,
franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlang‘ich materialdan
iborat. Ularga xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va
35
tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va
yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki,
ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o‘zlarining qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi.
Xomashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik
zavodida
asosiy
materiallar
sifatida
mashinalarning
ehtiyot
qismlari
tayyorlanadigan metalning har xil turlari (po‘lat, cho‘yan va boshqalar) xizmat
qiladi. Xomashyo deganda hisob amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, qand
lavlagisi va boshqalar) tushuniladi.
Yordamchi materiallar, asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi.
Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga
qo‘shish (biriktirish) yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun
(bo‘yoqlar, laklar, yelimlar), yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun -
binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini
ta’minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun, qipiq va shu kabilar)
ishlatiladi.
Yoqilg‘i, o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir.U
yordamchi materiallar singari, mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi
(energetik yoqilg‘i) yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi (texnologik yoqilg‘i),
mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan
yoqilg‘i). Hisobda yoqilgi yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga
ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining
xususiyati shundan iboratki, u o‘zining natura shaklida yangi mahsulotning
tarkibiga
kirmaydi.
Lekin
sarflangan
yoqilg‘ining
qiymati,
yordamchi
materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay
shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulotlar bu ba’zi bir ishlov bosqichlaridano‘tgan, lekin hali
tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati
shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi (ma’lum bo‘lim yoki ma’lum
uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalaridano‘tgan bo‘lsalar ham, lekin ishlov
yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqich (navbatdagti bo‘limga, uchastkaga)
yo‘naltirishishi kerak bo‘ladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik
zavodining tayyorlovchi bo‘limi tomonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu
zavodning qayta ishlash bo‘limida ishlanishi davom etadigan detallar kiradi. Bir
bo‘limda ishlovdan o‘tgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga
topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bo‘lgan ehtiyojga qarab, navbatdagi
bo‘limga ishlov yoki yig‘ish uchun kelib tushadi.
36
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan
mehnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga
o‘xshab, ba’zibir ishlov bosqichlarini o‘tashi bilan hali tayyor mahsulotga
aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar
mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab
chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi lozim bo‘ladi.
Muomaladagi mablag‘lar bu muomala buyumlari, pul mablag‘lari, hisob -
kitobdagi mablag‘lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat.
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun
mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovar (tayyor
mahsulot)ga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni muomala buyumlariga
qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar (kassa
usulida) ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash (nachislenie)
usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab
chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki
hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini
anglatadi. Ushbu holda mazkur obyekt muomala doirasidan hisob-kitobdagi
mablag‘larga o‘tadi.
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan
har xil binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag‘larga
tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga
qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar (tarozilar,
sovituvchi qurilmalar, tokchalar, hamda shu erda joylashgan xo‘jalik
inventarlarining buyumlari - stollar, stullar, shkaflar va hokazolar) kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-
joy xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash
vositalari kiradi. Bular turar-joy binolari, kino-teatrlar, bolalar bog‘chalari va
yaslisi, bolalar oromgohi, bolalarning dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va
sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot punktlari, binolarin, shu binolarda
(korxonaga qarashli) joylashgan asbob-uskunalar va inventar hamda ulardan
foydalaniladigan (korxonaning mulkini hosil qiladigan) materiallar, dori-
darmonlardan iborat. Bu mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat
qilish hamda ularga zarur bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun
mo‘ljallangan.
Buxgalteriya hisobida kapital ikkiga ajratib hisobga olinadi: aktiv
(harakatdagi) kapital va harakatdagi aktiv kapitalning manbaini ko‘rsatuvchi passiv
kapital.
Dostları ilə paylaş: |