2.2. Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq
hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
28
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining asosiy
vazifalarideb quyidagilarni belgilash mumkin:
–
korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir
bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib borish;
–
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda
ifodalash;
–
korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan
jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;
–
korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz
nazorat olib borish va unga ta’sir etish;
–
buxgalteriya hisobi chyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy
huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq
ma’lumotlarni shakllantirish;
–
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish;
–
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni
va operatsiyalarini o‘z vaqtida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda
buxgalteriya hisobida aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
2-chizma.
Buxgalteriya hisobining funksiyalari
Axborot funksiyasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona
faoliyati haqida o‘z vaqtida, ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyoji va unga bo‘lgan
talabi ham oshib bormoqda.
Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari uchun asosiy
axborot manbai hisoblanadi. Ular asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul
qilinadi. Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining
70%idan oshig‘i buxgalteriya axborotlari ulushiga to‘g‘ri keladi.
Axborotfunksiyasi
Hisob funksiyasi
Nazorat funksiyasi
Tahliliy funksiya
Mulkning saqlanishinita’minlash
Buxgalteriya hisobiningfunksiyalari
29
Aynan buxgalteriya hisobi tizimi korxona mablag‘lari va ularni
manbalarining ahvoli va harakati, xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida korxona
moliyaviy natijalari to‘g‘risida umumlashgan (sintetik) va batafsil (analitik)
axborotlarni aks ettiradi va to‘playdi.
Buxgalteriya axborotlari operativ va statistik hisobda, rejalashtirishda,
istiqbolni belgilash(prognozlash)da, korxona faoliyati taktikasi va strategiyasini
ishlab chiqishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish
manbalaridagi o‘zgarishlar, ularning harakati, xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy
natijalari alohida va umumlashgan holda namoyon bo‘ladi hamda boshlang‘ich
hujjatlarda aks ettiriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti
ishonchli, xolisona, o‘z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste’molchilar uchun
samarali bo‘lish talabi qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy
holati ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan foydalanuvchi
bo‘linmalar, boshqariladigan obyekt darajasiga ko‘ra hisob va tahliliy axborotlarni
ularning eng yuqori va eng past qismlariga bo‘lish zarur. Har bir axborot turini
boshqaruv obyektlari va berish muddatlari bo‘yicha tabaqalashtirish kerak.
Axborotlarning davriyligi ham turlicha bo‘lishi mumkin: smena, sutka,
hafta, dekada, oy, chorak va boshqalar.
Nazorat funksiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar
huquqining kengayishida buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasini kuchaytirish
talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni
doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat – bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi.
Belgilangan rejadagi ko‘rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko‘rsatkichlar bilan
solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning
uchta turi yuritiladi: dastlabki – xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgungacha; joriy –
xo‘jalik muomalasini amalga oshirish; keyingi – muomala sodir bo‘lganidan
so‘ngi.
Nazorat qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
–
ishlab chiqarilgan, jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hajmi
bo‘yicha reja va shartnomalarning bajarilishi;
–
korxona mulklarining saqlanishini ta’minlash;
–
moddiy
xomashyo,
yoqilg‘i-energetika,
mehnat
va
moliyaviy
resurslardan oqilona va samarali foydalanish;
30
–
asosiy vositalar, amortizatsiya fondi va boshqa fondlardan foydalanish;
–
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni
shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan
xizmatlar) tannarxini hisoblash;
–
realizatsiya qilingan mahsulot(ish va xizmat)larning to‘la tannaxini
shakllantirish;
–
turli xarajat smetalarining bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat
va reklama xarajatlari);
–
korxonaning turli ichki xo‘jalik bo‘linmalari faoliyati: ishlab chiqarish
bo‘limlari, uchastkalari, oila (jamoa) pudratlari va sh.k.;
–
moliya bozorida ishtirok etish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha
(aksiyalar, obligatsiyalar va sh.o‘.);
–
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va soliqqa
tortiladigan bazani, hamda taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)ni aniqlash;
–
mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni
kamaytirish;
–
shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni yaratish
hamda ularning ishlatilishi;
–
korxonaning moliyaviy ahvoli, hamda raqobatchi korxonalar to‘g‘risida
ma’lumot to‘plash;
–
moliyaviy hisobot va boshqa turdagi hisobotlarni tuzish.
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga olishdan tortib,
to zarur bo‘lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkichlarini olish bilan
yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik
vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat
funksiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Korxona mablag‘larining butun doiraviy aylanishi, ularning vujudga kelish
manbalari va xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Sifatli hisob
axborotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat o‘rnatish, zarur
bo‘lganda korxona va uning bo‘linmalari faoliyatining butun tafsilotini nazorat
qilish, uni tahlil qilish va ushbu axborotlar asosida boshqaruvning barcha
pog‘onalarida tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishga
imkoniyat yaratadi.
Mulkning butligini ta’minlash. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini
takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas
bog‘liq. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mulkning butligini ta’minlash,
turli xildagi yo‘qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning
uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-
o‘lchash asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. Iqtisodiy islohotlarning
31
chuqurlashtiriluvi va bozor munosabatlarining erkinlashtirilishuvi, mulkdorlar
sonining ko‘payishi, tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi sharoitida
buxgalteriya hisobining ushbu funktsiyasi yanada rivojlanmoqda. Buxgalteriya
hisobining xalqaro va milliy standartlari negizida, ilmiy asoslangan holda tashkil
etilgan hisob tizimi nafaqat kamomad va o‘girliklarni aniqlash, balkim uyushgan
jinoyatlarni ochib tashlash va ularning oldini olishga ham imkon yaratadi.
Ushbu funksiyani amalga oshirishning asosiy omili bo‘lib, o‘z vaqtida va
belgilangan tartibida inventarizatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya
hisobida aks ettirish hisoblanadi.
Tahliliy funksiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan
qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni o‘rganish hamda u orqali
natijalarni yanada yaxshilash maqsadida ichki–tashqi omillarni izlash jarayonidir.
Hisob funksiyasi bu korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlari asosidagi yalpi,
uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir.
Buxgalteriya hisobiga bir nechta talablar qo‘yiladi, ular quyidagilardan
iborat:
- hisobning sodda va tushunarli bo‘lishi. Sodda va hamma uchun tushunarli
hisobni tashkil etishdan asosiy maqsad uni murakkablashuviga yo‘l qo‘ymaslik,
hamda hisob ma’lumotlaridan keng xalq ommasi foydalana olishini ta’minlashdan
iborat.
- hisobningrejaliligi. Bu talab yuqorida aytib o‘tilgan soddalik talabi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Hisobda albatta zaruriy ma’lumot va ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lgan holda, hisob yuritish xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim.
- hisobning aniq va to‘g‘riligi. Bu talab negizida xo‘jalik faoliyatlaridagi
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni hujjatlarda aniq va to‘g‘ri qayd etish
tushuniladi.
- hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ya’ni hisob ishlariga taalluqli
har qanday hodisa sodir bo‘lganda, albatta o‘z vaqtida hujjatlarda aks ettirmoq
zarur.
- hisob ko‘rsatkichlari bilan reja ko‘rsatkichlari birligi. Korxona, muassasa,
tashkilotlarda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar o‘z oldiga joriy va kelgusi reja
ko‘rsatkichlarini tuzib oladi. Xuddi shu ko‘rsatkichlar bilan hisob ko‘rsatkichlari
birligi katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |