Buxgalteriya hisobining metodlari T/r Uslublar Mazmuni 1.
Hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va
uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan
dastlabki aks ettirish
2.
Inventarizatsiya
Korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan
ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish
3.
Baholash
Xo‘jalik
mablag‘lari,
majburiyatlar
va
xo‘jalik
jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish
4.
Kalkulyatsiya
Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat)lar birligi tannarxini
aniqlash
5.
Schyotlar tizimi
Mablag‘lar tarkibi va joylashtirilishi, ularning manbalari
bo‘yicha aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat
qilish
6.
Ikkiyoqlama
yozuv
Har bir xo‘jalik muomalasining summasi ikki marotaba:
bir schyot debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq boshqa
schyotning kreditida aks ettirish
7.
Buxgalteriya
balansi
Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning
manbalari to‘g‘risidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish
hamda pul bahosida umumlashtirish
8.
Hisobot
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlash-
tirilgan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi
Ikkinchi ma’noda – alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida -
qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi hisobning metodologiya (uslubi)ni tashkil etadi.
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar hamda
ularni yechish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan
belgilanadi.
Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga
qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi
usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.