32
xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya
hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi.
Analitik hisobni yuritish
tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga binoan, buxgalteriya hisobining
subyektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston
Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston
Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida joylashgan shu’ba korxonalari,
filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.
Yuridik
shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya
(moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-sonli “Kichik tadbirkorlik
subyektlari tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotini tuzish
tartibi to‘g‘risida” deb nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida
buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.
2.4. Xo‘jalik mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi
funksional roli bo‘yicha turkumlanishi
Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. Shuning
uchun ham, ishlab chiqarish
korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar,
materiallar, pul mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga
ega bo‘ladi. Korxona mablag‘larining manbaalari - davlat fondidan aksiyalarini
chiqarish va sotish, muassislarning badallaridan, banklarning
kreditlari hisobidan,
boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va
boshqalardan tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning
qanday mablag‘larga egaligini, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar
manbaalarini, maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi:
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga qarab,
ikkinchidan, tashkil topish
manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab.
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga olish
korxonaning muayyan mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar, material va
mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni vujudga kelish manbalari va
tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish esa, bu mablag‘larning
xususiy mulk
hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va
xo‘jalik mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash
imkonini beradi.
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxona xo‘jalik
faoliyatining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi
33
navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun korxonaning mablag‘i
bo‘lishi kerak. Undan tashqari u muomala jarayonining ikki - ta’minot va
realizatsiya bosqichida ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda
korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish
sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi.
Shunday qilib, korxona mablag‘lari
o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ishlab
chiqarish vositalari; muomala sohasidagi mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi
mablag‘lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini
o‘tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish
qurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) yetakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab
chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarini tashqi ko‘rinishini
o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar.
Mehnat vositalariga shuningdek,
imoratlar, inshootlar, transport vositalari va
xo‘jalik inventarlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga
oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
3-chizma.
Dostları ilə paylaş: