Xo‘jalik hisobining turlari
Operativ hisob
Statistik hisob
Buxgalteriya hisobi
21
Tezkor hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda
buxgalteriya yoki statistika hisobida qayta ishlanadi.
Statistik hisob.Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy–
iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu
turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini
o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir
iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin.
Statistik hisobda o‘rganayotgan obyekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab
natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlarni olish
uchun operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va yo‘riqnomalar
bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya Vazirligi, Davlat
Statistika Qo‘mitasi, tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Bu hisobning o‘ziga hos xususiyati shundaki, birinchidan bir turli ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, kuzatish va tahlil qilishda ko‘p qo‘llaniladi,
ikkinchidan, boshlanish va tugallash muddatlari belgilanadi. Statistik hisobni
operativ hisobdan farqi birinchidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘liq sodir
etilgandan keyingina olib boriladi, ikkinchi farqi o‘tkazilgan kuzatish natijalari
belgilangan hisobot shakllarida yaxlit va umumlashtirilgan holda ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobi – har qandaymulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik
faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea–
hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga
asoslangan holda moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchilarga
taqdim qilish tizimidir.
“Buxgalter”atamasi nemis tilidan tarjima qilganda, buck–kitob, halter–
tutish so‘zlarining birikmasi bo‘lib, kitob tutuvchi degan ma’noni anglatadi. Ingliz
tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi “accounting” deb
yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha tegishli
tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar
tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qilib, bu hisobning
predmeti va metodlari shakllangan bo‘lib, xo‘jalik faoliyati davomida qonunda
belgilangan moddalar bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya
hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.
22
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biznes reja
ko‘rsatkichlarini
bajarilishini
nazorat
qilishdir.
O‘z
navbatida
ichki
imkoniyatlardan unumli foydalanishni ta’minlashdir.
Dostları ilə paylaş: |