45
borib, o‘g‘lidan xabar olish o‘rniga nega yana uyiga qaytib keldi?
(O.Y.) 14. Zindongami? Eh, u bizning o‘z xonamizku…? Yo‘lin
o‘zim xo‘p bilaman, ovora bo‘lmang! Ulug‘bek yo‘q, demak butun
shahar zindon-da! Emish-demish, emish-demish! Bay-bay-bay-bay…
(M.Sh.)
49-mashq. Gaplarni o‘qing. Undovlarni topib turlarga
ajrating. His-hayajon undovlarining ma’nolarini izohlang.
1. – Voy… – dedi Munisxon, so‘rashgani qo‘l uzatib, -shoirlik
qulluq bo‘lsin, kecha majlisga borgan ekansiz. (A.Q.) 2. – Obbo, nafsi
buzuq sira bu qilig‘ingni qo‘ymading! – dedi ranjib shogirdlardan biri.
(O.) 3. – Iya, siz ketmaysizmi, aya? (S. A.) 4. – Shu bo‘y-basting bilan
gadolik qilib yuribsanmi? – dedi, qo‘rs ovozda. -Barakallo senday
bahodirga! (O.Y.) 5. – Eh,
jon qizim, ko‘nglim notinchligini bilsang
edi… (Sh.R.) 6. – Assalom, xush kelibdilar, marhabo! – dedi otasiga
bukilib salom berib. (O.) 7. – Hoy, birodar, turing, shaharga keldik,
deb uyg‘otib, qoldi. (M.I.) 8. – Ey, muhtaram domla! … – dedi va
chetlanib yo‘l berdi. (A.Q.) 9. – «Oy
kabi yuzlar, kulib boqishlar,
cho‘chib qochishlar… Uff» (A.Qod.) 10. Rahmat! So‘zimizni yerda
qoldirmabsiz. Keling qani? Ey, attang! Shu bahona bilan tanishib
olardik. (Sh.) 11. – E, qandingni ur, azamat, o‘zimizda
bor ediku,
ovora bo‘psan-da. (Sh.R.) 12. Marhabo, ey samovotning oltin elchisi!
Necha beling shuncha bukik, charchab qoldingmi? Oh azizim, ming-
ming yillar yiroq yo‘llardan yurgan yo‘lchi tolib qolsa, taajjub emas!
(M.Sh.) 13. – Voy-bo‘-o‘, yonib ketibsiz-ku, a, cho‘milib
chiqa
qoling, dedi mehribonlik bilan. (O‘.U.) 14. – Balli, mana endi
o‘zingizga keldingiz. Mana bu yigit kishining ishi! (O.) 15. – Ofarin!,
yo‘limiz bir, to‘g‘ri gap!-qichqirdi orqadan rus tilini tuzukkina
tushunadigan bir usta. (O.)
Dostları ilə paylaş: