O`zbekiston respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi



Yüklə 25,06 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2022
ölçüsü25,06 Kb.
#74765
1   2   3   4   5   6
birinchidan, Prezident bo‘lib saylangan shaxsning dasturi umumxalq saylovlari orqali qo‘llab - quvvatlangani uchun u ijro hokimiyat organlarini tuzishda ma’lum vakolatlarga ega bo‘lishi kerak. Chunki uning dasturini bajarish asosan, ijro hokimiyati organlari zimmasiga tushadi, ularni tuzishda Prezidentning vakolatlari juda muhim o‘rin tutadi;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslaridan biri bo‘lmish hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatining biror organi faqat bir hokimiyat tarmog‘i tomonidan tuzilishini istisno qiladi. Shuning uchun davlat hokimiyatining markaziy organlarini tuzishga ham Prezident, ham Oliy Majlis jalb qilingan. Bunga quyidagi ikki yo‘l bilan erishiladi: Prezident muayyan mansabdor shaxslarni tayinlaydi, Oliy Majlis esa ma’qullaydi, yoxud Oliy Majlis tayinlaydi, nomzodni esa Prezident taklif qiladi.
Ijro hokimiyati organlarini tashkil qilishda Prezidentning vakolatlari juda keng. Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi. Bosh vazirning taqdimiga binoan Prezident O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi. Bundan tashqari Prezident ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi hamda shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oliy Majlis palatalar tasdig‘iga kiritadi. Prezident Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchilik bu masalalarni Oliy Majlis Senatining tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, Prezident viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritadi. Prezident o‘z qarori bilan Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr - qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti - harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalaga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati taqdimiga kiritadi.
6. Sud hokimiyati organlariga kelganda, shuni aytish mumkinki, Prezident Oliy Majlis Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari , Oliy xo‘jalik sud raisi va sudyalari nomzodlarni taqdim etadi. Ularni Oliy Majlis Senati saylaydi.
Shuningdek, Prezident viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sudi sudyalarini tayinlaydi va lavozimlardan ozod qiladi. Prezidentning taqdimiga binoan, Oliy Majlis Senati Markaziy Bank boshqaruvi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Faqat ijro hokimiyati organlarini tuzishgina emas, balki ularning faoliyati bilan bog‘liq sohada ham Prezidentga katta vakolatlar berilgan. Konstitutsiyaga muvofiq Prezident ijro hokimiyatining boshlig‘i hisoblanadi. Bosh vazir taqdimiga binoan hukumat a’zolarini tasdiqlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi.
Agar respublika boshqaruv organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlari Konstitutsiya va qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga zid bo‘lsa yoki ular inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol qilsa, ushbu masala tegishli sudda hal qilinmagunicha Prezident bu hujjatlarni to‘xtatish yoki bekor qilishga haqli.

Yüklə 25,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin