O'zbekiston Respublikasi Prezidentining


O‘QUV FANNING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O‘RNI



Yüklə 74,75 Kb.
səhifə2/23
tarix20.09.2023
ölçüsü74,75 Kb.
#146296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
O\'zbekiston Respublikasi Prezidentining-hozir.org

O‘QUV FANNING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O‘RNI

Ushbu fan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishishda ulardan samarali foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimi amal qilish qonuniyatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Mamlakat moliya tizimi rivojlanish qonuniyatlarini bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Moliya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2,3,4-kurslarda o’qitilishi rejalashtirilgan. “Moliya” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va barcha iqtisodiy bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida ham o’qitiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil qiluvchi pul, bank ishi, kredit, investitsiyalar, aktivlar, majburiyatlar hamda moliyaviy instrumentlarni boshqarish, yaratish va o’rganishni tasvirlab beradi.

  1. O’QUV FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI

“Moliya” fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, moliyaviy nazoratni tashkilasoslari, sug‘urta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Talaba:
  • moliyaning mohiyati va vazifalari;


  • moliya tizimi;


  • moliyaviy qarorlar;


  • moliyaviy siyosat;


  • uy xo‘jaliklar moliyasi;


  • moliya va kapitalning tarkibiy tuzilmasi;


  • moliyaviy boshqaruv haqida tasavvurga ega bo‘lishi;


  • moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish;


  • moliyaviy nazorat;


  • moliyaviyrisklar;


  • kichikbiznesmoliyasi;


  • startaplarni moliyalashtirish;


  • moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari;


  • xalqaro moliya munosabatlari;


  • moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini bilishi va ulardan foydalana olishi;


  • sug‘urta munosabatlari;


  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari;


  • asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari;


  • moliyaviy nazoratni tashkil etish asoslari;


  • moliyavi risklar nazariyasi;


  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.




  1. Yüklə 74,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin