12-mavzu. Moliyaviy yangiliklar Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko‘rinmas qo‘li”. Moliyaviy yangiliklarning ayrim tadbirkorlar va firmalarning xarakatlari natijasida yuzaga kelishi. O‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individning uning maqsadiga kirmaydigan natijaga “ko‘rinmas qo‘l” tomonidan yo‘naltirilishi. Innovatsiyalar va texnologiyalarning rivojlanishi.
13-mavzu. Moliyaviy bozorlar Moliyaviy bozorlar. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishlari: pul bozori, kapital bozori, fond bozori, valyuta bozori. Pul bozoriga xos xarakterli xususiyatlar. Qarz instrumentlarini muomalaga chiqaruvchilar. Moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlarning sotilishi va sotib olinishi. Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari: qarz majburiyatlari, aksiyalar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar. Qisqa va uzoq muddatli qarz majburiyatlari. Opsionlar va forvard shartnomalari. Moliya bozori stavkalari. Moliya bozori stavkalarini shakllanishi. Fond bozori elementlari. Davlat qimmat qog‘ozlarini fond bozorida joylashuvi.
14-mavzu. Moliyaviy bozor stavkalari Foiz stavkalari va ularning turlari. Foiz stavkasining darajasiga ta’sir etuvchi omillar: hisob-kitob pul birligi; to‘lov muddati; kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski yoki defolt riski.
Riskli aktivlarning daromadlik stavkalari va ularning o‘lchash tartibi. Kapitalga daromadning manbalari: dividentlar; aktsiya bozor kursining o‘sishi. Bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi. Qo‘yilgan kapitalning umumiy daromadliligi.
Bozoriy indekslar va indekslashtirish strategiyasi. Fond indekslari. Indeksatsiyalash. Investorning xarajatlar darajasi nuqtai nazaridan indekslashtirish strategiyasining ustunligi (afzalligi).
Inflyatsiya va real foiz stavkalari. Nominal va real narx (baho). Foiz stavkalarini tenglashtirish. Daromadlik stavkasi darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
15-mavzu. Moliyaviy vositachilar Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi. Banklar. Ularning asosiy funksiyalari. Banklarning turlari. Universal banklar va tijorat banklari. Ixtisoslashtirilgan banklar. Boshqa depozit-jamg‘arma tashkilotlari. Jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyalari va kredit uyushmalari. Sug‘urta kompaniyalari. Ularning asosiy funksiyalari. Sug‘urta polislari. Sug‘urta turlari. Sug‘urta mukofotlari. Pensiya fondlari. Pensiyani rejalashtirish dasturlari. Pensiya dasturlarining turlari. O‘zaro fondlar. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zaro fondlarning ikki asosiy turi. Investitsion banklar va ularning asosiy vazifalari. Anderrayting va qimmatli qog‘ozlarga obuna bo‘lish. Venchur kompaniyalarga kapital tikadigan firmalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Aktivlarni boshqaruvchi firmalar. Axborot xizmatlarinitaqdim etuvchi firmalar.