4-mavzu. Moliyaviy qarorlar Moliyaviy qaror. Uning o‘ziga xos xususiyatlari. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar va ularning asosiy tiplari: pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar, Investitsion qarorlar, moliyalashtirish xususidagi qarorlar,riskiy boshqaruv haqidagi qarorlar. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar. Firmaning ta’rifi va unga xos bo‘lgan xususiyatlar. Korxonalar moliyasi va korporativ moliya. Jismoniy (tabiiy) va moliyaviy kapital. Strategik rejalashtirish va strategik maqsadlar. Investitsiyalarni rejalashtirish. Investitsion loyiha. Asosiy va aylanma kapitalni boshqarish sifati. Firma moliyasini umumiy boshqarish. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar. Firmaning moliyaviy siyosati.
5-mavzu. Moliyaviy siyosat Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanishi. Moliyaviy siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanishi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati ekanligi. Uning davlatning u yoki bu iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashgaqaratilganligi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari). Byudjet siyosati, soliq siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat, ijtimoiy-moliyaviy siyosat, boj siyosati. Byudjet siyosatini belgilovchi omillar, uning faqat byudjet jarayoniga tegishli emasligi.
6-mavzu. Moliyaviy boshqaruv Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati.Ta’rifi, maqsadi va vazifalari. Moliyaviy boshqaruvning boshqariladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (subyektlar) tizimlar yagonaligidan iboratligi. Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik tamoyillari, usullari va shakllari. Moliyaviy rejalashtirish, bashoratlash (prognozlashtirish), dasturlashtirish, moliyaviy tartibga solish, moliyaviy nazorat, moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish, moliyaviy resurslarni jalb qilish. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.Moliya tizimini umumiy boshqarish va uni amalga oshiruvchi organlar.