Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash va o‘qitish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yo‘lga qo‘yish:
Akademiyaning umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya)kadrlarini qabul qilish, tayyorlash va bitiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilash;
xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya)kadrlari vaqtincha yashashi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish masalalarini hal qilish;
xorijiy mamlakatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash va o‘qitish tizimini moliyalashtirish choralarini (belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq beg‘araz, imtiyozli hamda to‘lov asosida) belgilash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi
|
2023-yil may
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov,
A. Ikramov,
R. Xatamov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
|
21.
|
Quyidagilarni nazarda tutgan holda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari bo‘linmalari xodimlarini “Fuqarolar bilan ishlash moduli” asosida o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish:
xodimlarni ularning sohaviy xizmatda ishlash layoqatini aniqlash maqsadida har uch yilda bir marotaba alohida o‘quv dasturi asosida o‘qitish;
o‘quv kurslari yakunida umumiy va maxsus modullar bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga sertifikat berish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov)
|
22.
|
2023-yil yakuniga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilar tarkibi faoliyatini “Smart reyting” avtomatlashtirilgan elektron reyting axborot tizimi orqali baholash tartibini joriy etish. Mazkur tizimning natijalarini quyidagi jarayonlarda inobatga olish:
professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, ularga individual ustamalarni belgilashda;
yuqori lavozimga tayinlashda;
malaka toifalar darajalarini belgilashda;
maxsus unvonlarni berishda.
Tizim orqali tuzilgan reyting natijalari bo‘yicha oxirgi o‘nta o‘rinni egallagan professor-o‘qituvchi har yili iyul oyida navbatdan tashqari attestatsiyaga qo‘yilib, pedagogik faoliyatini davom ettirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
N. Turaxodjayev)
|
23.
|
Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalariga o‘qishga yuborish uchun tanlab olingan nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlariga xizmatiga qabul qilish hamda ularning tahsil olish tizimini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish:
o‘qishga qabul qilingan tinglovchilarning tantanali xizmat qasamyodini qabul qilish tartibini yo‘lga qo‘yish;
tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy bilimlarini mustahkamlash, respublika va tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha “ma’naviyat-ma’rifat darslarini” tashkil qilish;
o‘quv ta’tiliga kelgan tinglovchilardan semestr yakuni bo‘yicha komissiya tartibida o‘quv hisoboti va sinovlarni qabul qilish;
har yili yozgi o‘quv ta’tili vaqtida tinglovchilar bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bir haftalik maxsus o‘quv kursi tashkil e�ish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
|