T/r
|
Chora-tadbirlarning nomlanishi
|
Amalga oshirish shakli
|
Ijro muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
1.
|
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuniga Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomikodeksidan kelib chiqqan holda, o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash.
|
O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi
|
2023-yil may
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov)
|
2.
|
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish (o‘qitish) choralarini ko‘rish hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha davriy ravishda sinovlar o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Mazkur Kodeksning audionusxasini tayyorlash va shaxsiy tarkibga tarqatishni tashkil etish.
|
Tashkiliy tadbirlar
|
2023-yil fevral-mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov)
|
3.
|
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichi, Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini tamomlaganda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi bo‘yicha davlat imtihonini qabul qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
R. Xatamov,
O. Axmedov)
|
4.
|
Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan “xodimbay nazorat” tizimini joriy etish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
har bir rahbar xodim uchun shaxsiy tarkib ustidan qat’iy nazorat mexanizmlarini belgilovchi “Nazorat harakatlari protokoli”ni tasdiqlash;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida xizmat olib boruvchi rahbarlar uchun metodik qo‘llanma ishlab chiqish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov)
|
5.
|
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, kasbga nisbatan sadoqat hissini shakllantirishga qaratilgan “uch avlod” tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda rivojlantirish:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i huzurida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati, Faxriylar kengashi hamda Yoshlar ittifoqining yetakchilar kengashining “Maslahat kengashi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida tartib-intizom va qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilab borish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
|