(A. Ikramov)
24.
|
Ichki ishlar vazirligining Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyatini quyidagi choralarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish:
maxsus va kinologiya bo‘linmalari faoliyatiga mos ravishda, amaliy mashg‘ulotlarni keskin ko‘paytirgan holda o‘quv dasturlari va rejalarini qayta ko‘rib chiqish;
pedagogik faoliyatni tanqidiy ko‘rib chiqib, uni instruktorlik xususiyatlariga moslashtirish hamda o‘quv jarayonida ortiqcha hujjatlashtirish talablarini kamaytirish;
instruktorlar tarkibini maxsus bo‘linmalarda xizmat qilgan yoki jangovar va jismoniy tayyorgarlik sohasida yuqori natijalarga erishgan xodimlar orasidan shakllantirish;
respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish uchun maxsus bo‘linmalar o‘rtasida ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash jarayoni, moddiy-texnika va o‘quv bazasini tashkil etish;
o‘quv jarayonida foydalanish uchun maxsus bo‘linmalar tomonidan qo‘llanadigan zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(Sh. Sabirov,
A. Abidjanov)
|
25.
|
Ichki ishlar vazirligi Ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. Jumladan:
maktab-internatning ustavini tasdiqlash;
o‘quvchilar sonini ikki baravarga ko‘paytirish;
O‘zbekiston tarixi, chet tillari va matematika fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish;
maktab-internatning ma’muriy binosi hududida 500 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quvchilar yotoqxonasini qurish;
o‘quvchilarga mo‘ljallangan sport majmuasini qurish uchun maktab-internatga tutash hududdagi 16 sotix yer maydonini Ichki ishlar vazirligi balansiga o‘tkazish choralarini ko‘rish.
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
|
2023-yil may
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),
Toshkent shahri hokimligi
(B. Raxmonov)
|
26.
|
Ichki ishlar organlarida xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
hududiy bo‘linmalarda sportning yakka kurash turlari bo‘yicha terma jamoalar va seksiyalarni tashkil etish;
jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sport ustalari, murabbiylar va harbiy pensionerlarni shartnoma asosida jalb etish;
jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik tayyorgarligini tashkillashtirish mexanizmi va tartibini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;
shaxsiy tarkibining jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha KPI tizimini joriy etish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikromov)
|
27.
|
Ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining xususiyatidan kelib chiqib, xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini tashkil etishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish;
jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha professional mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, xodimlarning oila a’zolarini sportga jalb etish;
ichki ishlar organlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish obyektlari va infratuzilmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ichki ishlar organlari xodimlarining respublika hamda xalqaro sport musobaqalari, shuningdek, xalqaro politsiya o‘yinlari bellashuvlarida munosib ishtirokini ta’minlash;
xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchi xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilash.
|
Qo‘shma qaror
|
2023-yil aprel
|
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov,
A. Ikramov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikromov)
|
28.
|
2023 — 2027-yillarda ichki ishlar organlarida jismoniy va jangovar tayyorgarlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. Bunda quyidagilar moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil may
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
A. Abidjanov)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(A. Xaydarov)
|
29.
|
Tizimda professional darajadagi jismoniy, jangovar va kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini joriy etish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
har o‘quv yili yakuni bo‘yicha eng yaxshi safdor, serjant va ofitser xodimlarni aniqlash bo‘yicha “Kasbiy olimpiada o‘yinlari”ni o‘tkazish hamda sovrindor xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;
“Kasb a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish hamda ushbu nishonni “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan xodimlarga berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
respublika bosqichida sovrindor bo‘lgan o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega safdor va serjant xodimlarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga sirtqi ta’lim shakliga tanlovlarsiz o‘qishga qabul qilish.
|
Idoraviy normativ hujjat
|
2023-yil mart
|
Ichki ishlar vazirligi
(A. Ikramov,
R. Xatamov)
|
30.
|
Hududiy ichki ishlar organlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda “E-XID” — “Xodimbay ishlash daftari” elektron axborot tizimin� joriy qilish.
Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
shaxsiy tarkib bilan tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni individual tartibda elektron shaklda qayd etish hamda xodimlarning “ijtimoiy portreti”ni shakllantirish imkoniyatini beruvchi dastur yaratish;
|