4
3. KURS ISHINING MAZMUNI
«Audit” fani bo’yicha kurs ishi mazmuni uning mavzusidan kelib chiqib
yoziladi. Kurs ishi 3 qismdan, ya’ni kirish, asosiy qism hamda xulosa va
takliflardan iborat buladi.
Kurs ishi rejasi rahbar tomonidan ko’rib beriladi
va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi (
3-ilovada keltirilgan).
Kirish qismida tanlangan kurs ishi
mavzusining dolzarbligi va
iqtisodiyotdagi ahamiyati, aniq sharoitlarda bu masalaning qo’yilishi va
yechimining o’ziga xos jihatlari asoslab beriladi. SHunindek,
kirishda kurs
ishining maqsad va vazifalari aniq ko’rsatiladi.
Kurs ishining asosiy qismida o’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy
jihatlari ochib beriladi, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatini hisobga olish va tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari,
vazifalari, tanlangan mavzuning umumnazariy masalalari ko’rib chiqiladi. Kurs
ishida amaliy ma’lumotlardan foydalanilgan xolda auditga iqtisodiy tavsifnoma
beriladi, tanlangan mavzuga oid barcha nazariy bilimlardan, iqtisodiy
jarayonlarni o’rganish usullaridan foydalaniladi.
Moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar ro’yxati,
tahlil qilish shakllari va
jadvallari, chizmalar rahbar bilan kelishiladi va kurs ishida ketma-ket ravishda
raqamlanib hamda ma’lumotlar olingan manbalari yozma ravishda ko’rsatiladi.
Jadvallarning barcha materiallari auditni tashkil kilishdagi kamchiliklarni
ochib ko’rsatishga va samarasiz foydalanilayotgan
moliyaviy resurslarni
ko’rsatib berishga, auditni samarali tashkil kilishga imkon beruvchi xulosalar
bilan tugallanishi lozim.
Asosiy
qism
o’rganilgan mavzudagi tashkiliy-moliyaviy
ishlarni
takomillashtirish va xarajatlarni samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar bilan
tugallanadi.
Xulosa va takliflarda o’tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib,
tanlangan kurs ishi mavzusi yo’nalishlariga muvofiq holda moliyaviy hisobni
tashkil etish, xo’jalik faoliyati
hisobini shakllantirish, hamda ularning
samaradorligini oshirish bo’yicha aniq takliflar bayon etiladi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil holda mantiqiy jihatdan savodli
uslubda yozilgan bo’lishi kerak. Ko’p so’zli bayonnomalarga, shunindek o’quv
qo’llanmalar va iqtisodiy adabiyotlardan to’g’ridan to’g’ri ko’chirib
yozishga
ruxsat etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: