audit fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish boyicha uslubiy
KURS ISHLARINI TAYYORLASH USLUBLARI «Audit» fani bo’yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo’yicha natijalarni
umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir.
Kurs ishi «Audit» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning
rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak.
Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan
natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi
hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng
muhim bosqichi - bu qo’yilgan savollarning o’zaro nazariy va amaliy
aloqadorligini ta’minlash. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri belgilash
talabaga kurs ishining maqsadi va vazifalarini aniq qo’yish hamda ko’zlangan
natijaga erishish yo’llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini
to’g’ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va
sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo’yilgan maqsad hamda
natijalarini to’g’ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari va kurs ishini
tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi.
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan yetukligi hamda «Audit» fani bo’yicha
chuqur bilimga va amaliy ko’nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs
ishida o’rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini,
qo’yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal
etishni ko’zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida
yoziladi. Talaba kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda auditni tashkil
qilishning o’ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini
o’zimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda belgilangan
11
muammolarning yechimini topish yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi va bartaraf
qilish usullarini tavsiya etadi.