7
kurs
ishi qayta ishlanib, talablar darajasiga yetmagunga qadar muhokamaga
qabul qilinmaydi. Ilovalar kurs ishi hajmi hisobiga kirmaydi.
Kurs ishi orfografik va stilistik xatolarsiz yozilishi lozim.
Kurs ishi belgilangan muddatlarda "Buxgalteriya hisobi va audit"
kafedrasiga topshirilishi kerak. Kurs ishi titul varag’ini
rasmiylashtirish tartibi
ilovada keltirilgan.
A-4 o’lchamli yozuv qog’oziga kurs ishini yozish tartibi:
Kurs ishi betlarida quyidagi masofa qoldirilishi lozim:
CHap tomondan -30 mm; yuqoridan - 25 mm; o’ng tomondan - 15 mm;
pastdan - 25 mm.
Har bir qatorga 58-60 tadan belgi yoziladi.
Kurs ishi rejasidagi savollarning nomlari kurs ishining tegishli joylarida
sarlavha sifatida takrorlanishi lozim. YOzib tugallangan
kurs ishiga talaba va
ilmiy rahbar tomonidan imzo qo’yiladi.
7. KURS ISHIGA TAQRIZ YOZISH VA HIMOYA QILISH
YOzib tugallangan va rahbar tomonidan ma’qullangan, muqovalangan kurs
ishi belgilangan muddatda kafedraga topshiriladi va taqriz qilinadi.
Kurs ishi taqrizida ishning ilmiy darajasiga,
amaliy tavsiyanomalarning
asoslanganligiga va ularning ahamiyatiga baho berilishi, yo’l qo’yilgan
kamchiliklar ko’rsatilishi va talaba maxorati baholanishi lozim.
Kurs ishi himoyasigacha talaba bajarilgan mavzu mohiyati bo’yicha
qisqacha
matnini yozib olishi, so’zga chiqishi uchun zarur bo’ladigan
illyustratsiya materiallarini tayyorlashi lozim.
Kurs ishi kafedrada tashkil qilingan hay’at tomonidan himoyasi qabul
qilinadi. Himoya davomida talaba kurs ishining
qisqacha mazmunini bayon
etadi. Tanlangan mavzu bo’yicha shaxsiy fikr va mulohazalarini bayon etgandan
so’ng hay’at tomonidan berilgan savollarga javob beriladi.
Dostları ilə paylaş: